Iste’molchilik xatti-harakati qoidasi – bir tovarga sarflangan pul qiymati hisob-kitobining yuqori foydaliligi, boshqa tovarga sarflangan pul qiymatining yuqori foydaliligiga teng bo‘lsa optimumga intiladi.
Iste’molchilik muvozanati iste’molchining byudjet harajatlari tarkibi, unga xarid qilingan jami iste’mol ne’matlari to‘plamidan katta umumiy foydalilikni ta’minlovchi holatdir.
Iste’molchining yalpi nafliligini maksimallashtiruvchi tovarlar yig‘imi iste’molchining optimal nuqtasi hisoblanadi.
Ideal rasional iste’molchi – Homo economicus (tejamkor kishi) – shaxsiy afzalliklari tizimini mutlaqo aniq biladigan, barcha muqobillarni hisobga oladigan va o‘zi uchun maksimal foyda olish tamoyiliga muvofiq holda qaror qabul qiladigan kishi.
Nazorat savollari
Iste’molchilar xatti-harakatiga ta’sir etuvchi omillar?
Iste’molchilar xatti-harakatitini tahlil qilishda mavjud yondashuvlar qaysilardan iborat?
Naflilik funksiyasi nima?
Yalpi va chekli naflilikni ta’riflang.
Iste’molchining optimal tanlovi qanday bo‘ladi?
Mustaqil ta’lim uchun savol va topshiriqlar
O‘zbekiston sharoitida iste’molchilarning huquq va majburiyatlari
O‘rganilayotgan mamlakatlarda yuqori naflilikka erishishnning asosiy omillari
Iste’molchining optimal nuqtasini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari
ILOVALAR
1-ilova
Iste’molchining huquqlari
Do'stlaringiz bilan baham: |