Iqtisodiy nazariya


-MAVZU. ISHLAB CHIQARISH, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI


Download 1.31 Mb.
bet38/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1624406
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100
Bog'liq
Микроиктисод

5-MAVZU. ISHLAB CHIQARISH, TEXNOLOGIYA VA ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI
Darsning o‘quv maqsadi:
Talabalarda ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi, tex­nologiyalar, firmaning qisqa davrdagi faoliyati, uzoq muddatli ishlab chiqarish haqida tushuncha hosil qildirishdan iborat.
Аsosiy tushunchalar va tayanch iboralar
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi, mehnat, kapital, materiallar, texnologiya, ishlab chiqarish funksiyasi, doimiy resurslar, o‘zgaruvchan resurslar, qisqa muddatli davr, uzoq muddatli davr, qisqa muddatli ishlab chiqarish funksiyasi, uzoq muddatli ishlab chiqarish.
Asosiy savollar

  1. Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi, izokvantalar.

  2. Firmaning qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish davrdagi faoliyati.

  3. Bir o‘zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish

  4. Miqyos (мasshtab) samarasi

1. Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi.
Ishlab chiqarish - korxonalarining asosiy faoliyati turi bo‘lib, bu jarayon cheklangan resurslardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, ushbu tovarlarni ishlab chiqa­rish uchun sarflanadigan resurslar hajmidan va ishlab chiqarishda foy­dalanilayotgan texnologiyaning holati va darajasiga bog‘liqdir.
Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma’lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish ja­rayo­nidir. Masalan, o‘z ustaxonasiga ega bo‘lgan shaxs stol ishlab chiqarish uchun ishchi kuchidan, xom ashyo sifatida taxta, temirdan, arra va boshqa uskunalarga sarflangan kapitaldan foydalanadi.
Ishlab chiqarishning an’anaviy jihatdan uch xil ko‘rinishga ajra­tish mumkin: buyurtma asosida, ommaviy va oqim shaklida ishlab chiqarish.
Buyurtma asosida ishlab chiqarish – individual ravishda ishlab chiqarish bo‘lib, o‘z sohasida yagona bir mahsulotni yuzaga chiqaradi. Bunda nafaqat san’at asari balki, yirik samolyot, bino, elektrostan­siya­lar ham misol bo‘la oladi. Bunday ishlab chiqarish malakali muta­xassislarni va zamonaviy texnika va texnologiyalarni talab etadi.
Ommaviy ishlab chiqarishkatta yoki kichik partiyada, ko‘p turdagi, bir ko‘rinishdagi standart tovarlar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.
Oqim shaklida, ya’ni uzluksiz jarayon shaklida ishlab chiqarish – xom-ashyoni tinimsiz iste’mol qilish, materiallardan foydalanish va mahsulotlarning tinimsiz oqimi bilan izohlanadi. Bunga misol qilib, neft va gazni qayta ishlash zavodlari, kimyo sanoati, sutni qayta ishlash zavodlarini misol keltirish mumkin.
Iqtisodiy resurslarni birlashtirish orqali tovar va xizmatlarni yara­tish – ishlab chiqarish texnologiyasi deyiladi.
U yoki bu texnologiyani tanlash ishlab chiqarish samaradorligiga bog‘liq. Ishlab chiqarish samaradorligining iqtisodiy va texnologik turi mavjud.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling