Iqtisodiy nazariya


-MAVZU. IShLAB ChIQARISh XARAJATLARI


Download 1.31 Mb.
bet46/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1624406
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100
Bog'liq
Микроиктисод

6-MAVZU. IShLAB ChIQARISh XARAJATLARI


Darsning o‘quv maqsadi:
Talabalarda xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar, korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari), ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari, ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.


Аsosiy tushunchalar va tayanch iboralar
Xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlar, korporatsiya (ochiq va yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlari), umumiy va xususiy xarajtlar, buxgalterlik va iqtisodiy xarajatlar, yaqqol namoyon bo‘luvchi va namoyon bo‘lmaydigan xarajatlar, qaytariladigan va qaytarilmaydigan xarajatlar, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlar


Asosiy savollar

  1. Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari

  2. Tadbirkorlikning tashkiliy shakllari

  3. Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari

  4. Ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari



1.Tadbirkorlik faoliyatinig asoslari


Tadbirkorlik – ishlab chiqarish jarayonida uning omillari: yer, mehnat, kapitalni birlashtiruvchi, bilim va tashabbuskorlik va tavakkalchilik asosida daromadli ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishning maxsus omili.
Tadbirkorlikka quyidagilar xos: Faoliyatning usul va yo‘nalishlarini tanlashdagi iqtisodiy erkinlik; faoliyat yakuniga ko‘ra o‘z mulki bo‘yicha to‘liq moddiy javobgarlik; foyda – yuqori foyda olishni mo‘ljallash.
Tadbirkorlikning xususiyatlari: Tadbirkorlik ob’ektlari korxona (firma), daromadli ish. Tadbirkorlik subyektlari tadbirkor, ishlab chiqarish omillari mulkdorlari, menejerlar (boshqaruvchilar), aksionerlar, tovarlarni yetkazib beruvchilar (xaridorlar), davlat, kasaba uyushmalari.
Bozor iqtisodiyotining asosiy subyektlaridan biri firma hisoblanadi. Firma deganda, mustaqil xo‘jalik yuritadigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi. Mustaqil xo‘jalik faoliyati yuritadi deganda, qanday mahsulotlar ishlab chiqarish, qancha ishlab chiqarish, qaerda, kimga, qancha narxda sotish bo‘yicha firmaning mustaqil qaror qabul qilishi tushuniladi.
Firma (korxona) - bu ishlab chiarish resurslari egalarining qarorlarini va manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi institusional tuzilma hisoblanadi.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling