Mustaqil ta’lim uchun savol va topshiriqlar
Zamonaviy texnika va texnologiyalarning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdagi o‘rni va rolini tushuntiring. (O‘rganilayotgan mamlakatlar misolida).
ILOVALAR
1-ilova
Blis-so‘rovnoma
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish funksiyasi nima?
Firmaning qisqa davrdagi faoliyati qanday olib boriladi?
Uzoq muddatli ishlab chiqarish uchun nimalar talab etiladi?
2-ilova
Ishlab chiqarish tushunchasi
Ishlab chiqarish – iqtisodiy ne’matlarni yaratish jarayoni
Tor ma’nodagi ishlab chiqarish – ma’lum davr mobaynida moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish jarayoni.
Keng ma’nodagi ishlab chiqarish – mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishning uzluksiz yangilanuvchi jarayoni sifatida olingan ijtimoiy takror ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarish jarayoni – foydali tovar va xizmatlarning hajmi ortishi va qiymati oshishi jarayoni yig‘indisi. Har qanday iqtisodiy tizimda xo‘jalik yuritishning natijasi ishlab chiqarilgan mahsulot hisoblanadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning muhim ko‘rsatkichi uning samaradorligi hisoblanadi. U ishlab chiqarish natijalarining xarajatlarga nisbati orqali aniqlanadi.
Iqtisodiy faoliyat
|
Ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)
|
Ayirboshlash
|
Taqsimlash
|
Iste’mol
|
Do'stlaringiz bilan baham: |