Iqtisodiy nazariya


Download 1.31 Mb.
bet58/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1624406
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100
Bog'liq
Микроиктисод

O‘rtacha daromad - sotilgan bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan daromaddir, ya’ni:
.
Chekli daromad ( ) - bu qo‘shimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning o‘sgan qismi , ya’ni:
.


4. Raqobatli bozorning uzoq va qisqa muddatli muvozanati.

Bozor tomonidan narxlar o‘rnatiladigan sharoitda, foydani maksimallashtirishning asosiy yo‘li bu ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va bozorga chiqishni nazorat qilishdir. Bunday sharoitdan kelib chiqib, firma o‘zi uchun masimal foyda olishi mumkin bo‘lgan optimal ishlab chiqarish xajmini belgilab olishi shart.


Qisqa muddatli oraliqda firma kapitali xajmi o‘zgarmaydi, shuning uchun u foydani maksimallashtiradigan o‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillari hajmini tanlashi lozim bo‘ladi. Ma’lumki, foydani maksimallashtirish bu umumiy daromad bilan umumiy xarajatlar ayirmasini maksimallashtirish demakdir, ya’ni
.
Firmaning daromad, xarajati va foydasi



Ishlab chiqarish xajmi
Q

Narx
P

Daromad

Xarajat

Foyda
Profit

Yalpi
TR

Chekli
MR

Yalpi
TC

Chekli
MC

0

50

0

-

400

-

-400

10

50

500

50

500

10

0

20

50

1000

50

700

20

300

30

50

1500

50

1200

50

300

40

50

2000

50

1800

60

200

50

50

2500

50

2500

70

0

Shunday qilib, firmaning chekli daromadi bilan chekli xarajati bir-biriga teng bo‘lganda foyda maksimal qiymatga erishadi. foydani maksimallashtirish sharti bo‘lib, firma qaysi bozorda (raqobatlashgan, monopol, oligopol) faoliyat ko‘rsatmasin, u o‘z kuchini saqlab qoladi.


Yuqoridagi mulohazalardan shu kelib chiqadiki, agar bo‘lganda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi kerak (har bir qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy foydani oshirib boradi), agar bo‘lsa - ishlab chiqarish hajmini qisqartirish kerak bo‘ladi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling