Yalpi xarajatlar (TC - Total cost) - qisqa muddatli orliqda ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisiga teng:
TC=FC+VC(Q)
Yalpi doimiy xarajatlar (TFC – total fixed cost) – barcha doimiy ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan yalpi xarajatlar.
TFC = p1q1+p2q2+...+pnqn,
Yalpi o‘zgaruvchan xarajatlar (TVC – total variable cost) – barcha o‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan yalpi xarajatlar.
TVC = p1q1+p2q2+...+pnqn,
Chekli xarajatlar (MC - Marginal cost) – firma bir-birlik qo‘shimcha ishlab chiqarish xajmi ortirishi evaziga qiladigan xarajati.
MC = d TC/ dQ = TC’(Q)= TVC’(Q)
O‘rtacha yalpi xarajatlar (ATC - Average total cost) - yalpi xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlash mumkin:
ATC = TC/Q,
ATC = AFC+ AVC=(FC+VC)/Q
O‘rtacha doimiy xarajatlar (AFC – Average fixed cost) - yalpi doimiy xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlash mumkin:
AFC = TFC/Q
O‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar (AVC – Average variable cost) - yalpi o‘zgaruvchan xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |