Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi - bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun’iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko‘tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo‘lmagan turlarini, past texnikaviy darajasini, past sifati hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi. Monopoliyalar bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy faoliyatlar erkin hamda oqilona tanlov imkoniyatidan mahrum bo‘ladi, monopoliyalarning iqtisodiy jihatdan asoslanmagan shart-sharoit va narxlari tazyiqiga chiday olmaydi, ish faolligini pasaytirib, ba’zi hollarda xonavayron bo‘ladilar.
Daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi - bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu aholi qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi.
Narx diskriminatsiyasi (price discremination) — bunda firma bir xil tovarni xar xil narxda sotib olish imkoniyati xar xil bo‘lgan xaridorlarga sotadi.
Xaridor daromadlari bo‘yicha narxli diskriminatsiya - birinchi darajali narx diskriminatsiyasi (yoki mukammal narxli diskriminatsiya) tovarning har birligi firma tomonidan uning talab narxi bo‘yicha, ya’ni xaridor to‘lashga tayyor bo‘lgan maksimal narx bo‘yicha sotilganda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi.
Monopol raqobat – tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‘p hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum darajada hukmronlik holati hisoblanadi.
Monopol raqobat bozorining asosiy xususiyati bu - tovarlarning differensatsiyasi. Sotuvchilar sonining ko‘pligi narxni o‘zaro kelishib olish imkonini bermaydi, bozordagi narxlarga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Monopol raqobat sharoitida bozorga kirish nisbatan erkin bo‘ladi, chunki bozordagi korxonalar xajmi kichik, ularning birlamchi investisiyalari, kapitali ham past darajada.
Do'stlaringiz bilan baham: |