Iqtisodiy nazariya


Download 1.31 Mb.
bet50/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1624406
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100
Bog'liq
Микроиктисод

Yalpi xarajatlar (TC - Total cost) - qisqa muddatli oraliqda ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o‘zgarmas va o‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisiga teng:
TC=FC+VC(Q)
bu yerda FC - o‘zgarmas xarajat, VC(Q) - o‘zgaruvchan xarajat.
Yalpi doimiy xarajatlar (TFCtotal fixed cost) barcha doimiy ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan yalpi xarajatlar.


TFC = p1q1+p2q2+...+pnqn
p1,p2, pn - doimiy ishlab chiqarish omillarining narxlari,
q1, q2, qn - doimiy ishlab chiqarish omillarining soni.
Yalpi o‘zgaruvchan xarajatlar (TVCtotal variable cost) barcha o‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillariga bo‘lgan yalpi xarajatlar.


TVC = p1q1+p2q2+...+pnqn
p1,p2, pn - o‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillarining narxlari,
q1, q2, qn - o‘zgaruvchan ishlab chiqarish omillarining soni.


TC = TFC+TVC
Chekli xarajatlar (MC - Marginal cost) – firma bir-birlik qo‘shimcha ishlab chiqarish xajmi ortirishi evaziga qiladigan xarajati.


MC = d TC/ dQ = TC’(Q)= TVC’(Q)


O‘rtacha yalpi xarajatlar (ATC - Average total cost) - yalpi xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlash mumkin:


ATC = TC/Q,
ATC = AFC+ AVC=(FC+VC)/Q


O‘rtacha doimiy xarajatlar (AFC – Average fixed cost) - yalpi doimiy xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlash mumkin:
AFC = TFC/Q
O‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar (AVCAverage variable cost) - yalpi o‘zgaruvchan xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlash mumkin:


AVC = TVC/Q
Qisqa muddatli ishlab chiqarish sharoitida AVC=P bo‘lsa, firma ma’lum muddat ishlab chiqarishni davom ettirishi hamda kutilgan foydani olishi mumkin, chunki u nafaqat o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar balki hamma xarajatlarni qoplay oladi. Agar AVC>P bo‘lsa firma tarmoqdan chiqib ketishga majbur bo‘ladi, agar AVC
Nazorat savollari

  1. Tadbirkorlik faoliyatiga ta’rif bering.

  2. Biznesning tashkiliy shakllari nimalardan iborat?

  3. Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari qaysilar?

  4. Buxgalterlik va iqtisodiy xarajatlar o‘rtasidagi farqlar

  5. Ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlariga qaysi xarajatlar kiradi?

  6. Tadbirkor, tadbirkorlik, firma, ishlab chiqarish tushunchalarining o‘zaro bog‘liqligi.

  7. Korxona (firma) xarajatlarining tasnifi.



Mustaqil ta’lim uchun savol va topshiriqlar

  1. Xususiy tadbirkorlik firmasi, mas’uliyati cheklanmagan jamiyat, mas’uliyati cheklangan jamiyat, kooperativlar, korporatsiya, foyda olmaydigan tashkilotlarni tavsiflang.(O‘zbekiston va o‘rganilayotgan mamlakatlar misolida).

  2. Xarajatlarni ortib borishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar.(Jahon tajribasi asosida).


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling