Iqtisodiy o’sish modellari va ulardan makroiqtisodiy tahlilda foydalanish yo’nalishlari


Oltin eksporti to’lov balansidagi hisob kamomadini kamaytirdi


Download 304 Kb.
bet11/14
Sana04.04.2023
Hajmi304 Kb.
#1327279
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
zamonaviy iqtisodiy o\'sish modellari

Oltin eksporti to’lov balansidagi hisob kamomadini kamaytirdi
To’lov balansining joriy hisob defitsiti 2019 yilda YaIMning 5,7 foizidan 2020 yilda YaIMning 5,2 foizigacha kamaydi. Bu oltin eksportining 18 foizga o’sishi natijasida kelib chiqdi. Natijada eksport umumiy hajmining qisqarishi 15 foizgacha cheklandi. Import mashinalar, uskunalar va sanoat mollari ulushining keskin pasayishi hisobiga 17 foizga kamaydi. Tashqi qarzlarning ko’payishi to’lov balansining joriy hisob defitsitini qoplashga yordam berdi.
Davlat byudjetiga tushadigan tushumlarning pasayishi va byudjet xarajatlarining oshishi oqibatida byudjet defitsiti 2019 yildagi YaIMning 3,9 foizidan 2020 yilda YaIMning 4,4 foizigacha o’sdi. Yalpi ichki mahsulot o’sishining sekinlashishi hamda hukumat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar to’plamidagi soliqlarni kechiktirish va imtiyozlar (YaIMning 2,5 foizi atrofida) davlat byudjeti daromadlarining qisqarishiga olib keldi, shu bilan birga ushbu to’plam bo’yicha boshqa choralar byudjetning xarajatlar qismini oshirdi.
Oltinni sotishdan tushgan yuqori daromadlar, ba’zi ustuvorligi yuqori bo’lmagan davlat xarajatlarining qisqartirilishi va maqsadli kreditlash dasturlari soliq-byudjet rag’batlantirishining davlat byudjetiga ta’sirini sezilarli darajada qoplab, uning defitsiti keskin o’sishining oldini oldi.
Davlat qarzi 37,9 foizgacha oshdi
Davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun tashqi qarzlarning ko’paytirilishi davlat va hukumat tomonidan kafolatlangan tashqi qarz miqdori 2020 yilda YaIMning 37,9 foizigacha oshirdi. YaIMning 60 foiziga teng oltin-valyuta zaxiralari tashqi ta’sirlarga qarshi xavfsizlik yostig’i bo’lib xizmat qiladi.
Pandemiya davrida hukumat tomonidan tartibga solinadigan narxlarning sekinroq o’sishi oziq-ovqat mahsulotlari narxining bir oz ko’tarilishi bilan qoplandi, bu esa 2020 yil dekabrida yillik iste’mol narxlari inflyatsiyasining 11 foizgacha pasayishiga olib keldi (2019 yilda inflyatsiya 15,2 foiz edi). Natijada O’zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani 16 foizdan 14 foizgacha pasaytira oldi. Iqtisodiyotni kreditlash hajmining o’sishi real foiz stavkalarining yuqoriligi, davlat tomonidan beriladigan subsidiyalangan kredit dasturlarining qisqarishi va pandemiya ta’siri natijasida 2019 yildagi 52 foizdan 2020 yilda 34 foizgacha pasaygan.

Download 304 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling