Davlat innovatsion siyosatining mohiyati va uni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy vazifalarni tushuntirib bering?
Davlat innovatsion siyosati innovatsion faoliyatni kuchaytirish, uning samaradorligini oshirish va natijalarini mamlakatning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish maqsadida keng qo‘llashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir. U uch bosqichdan iborat:
· innovatsion faoliyat rivojlanishining ilmiy asoslangan konsepsiyalari (qarashlar tizimi) ning ishlanmasi – innovatsion salohiyat holatining tahlili asosida amalga oshiriladi;
· davlat tomonidan innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
· innovatsion faollikni oshirishga qaratilgan qo‘yilgan maqsadlarni bajarish bo‘yicha amaliy harakatlarni amalga oshirish.
Innovatsion siyosatda ikki yo‘nalishni ajratish lozim – strategik va taktik. Davlat innovatsion siyosat strategiyasi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishining uzoq muddatli konsepsiyalari asosida shakllanadi.
Innovatsion siyosat strategiyasini tanlash davlat tomonidan innovatsion faoliyatni tartibga solishning asosiy yo‘nalishlarni belgilashni va ilmiy salohiyatni qo‘llashni, innovatsion rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarga muvofiq bosh maqsadlarni belgilashni taqozo etadi. Taktika esa ulkan samaradorlik bilan ushbu maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan joriy maqsadlar va aniq chora-tadbirlarni belgilashni taqozo etadi.
Taktik vositalar – bu tadqiqot va loyihaviy-konstruktorlik ishlanmalarni moliyalashtirish, moddiy-texnik va axborot ta’minoti, kadrlarni saralash, innovatsion rivojlanish chora- tadbirlarini amalga oshirish uchun huquqiy va tashkiliy shart- sharoitlarni yaratish.
Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish borasida to‘siq bo’layotgan asosiy muammolar nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: |