Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?
Download 1.2 Mb.
|
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’yoriy-xuquqiy yo‘na!ishlar
- Investitsiyalar joylashuvini barqarorlashtirish qanday amalga oshiriladi
Iqtisodiy yo‘nalish!ar:
• mintaqa iqtisodiyotini tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish va texnik-texnologik jihatdan modemizatsiyalash; • xorijiy investitsiyalami raqobatbardosh yuqori texnologik bilimlar iqtisodiyotiga yo‘naltirish asosida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish; • bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish va kengaytirish; • tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va eksportni rag‘batlantirish. Me’yoriy-xuquqiy yo‘na!ishlar: • korporativ boshqaruv sohasidagi yondashuvlami tubdan o‘zgartirish va ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish; • institutsional islohotlar asosida xorijiy investitsiyalami tartibga soluvchi davlat va bozor institutlari sifatini oshirish; • xorijiy investitsiyalami faol o ‘zlashtirishda kadrlar sifatini hamda ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish; • mintaqada qulay ishbilarmonlik va tadbirkorlik erkinligini ta’minlash hamda investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish. Investitsiyalar joylashuvini barqarorlashtirish qanday amalga oshiriladi? Investitsiya bozorini rivojlantirish va barqarorlashtirish siyosati ishlab chiqaruvchilaming o‘z moliya resurslarini nazorat qilishlarida muammolar mavjudligini aniqlab beradi va ulaming yechimini topish yo‘llarini taklif etadi. Moliya tizimi va investitsiya bozorining barqaror rivojlanishiga birinchidan inflatsiya katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun moliya tizimida borayotgan islohot natijalarini baholash ijobiy makroiqtisodiy muhitni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. Resurslardan foydalanishda narxlar muhim rol o‘ynashi kerak va iqtisodiy agentlar o'z aktivlarini o‘stirishdan manfaatdor bo‘lganlaridagina investitsiya- larini sarflashga harakat qiladilar. Ikkinchidan, omonatchilaming ichki moliyaviy aktivlami jalb etishni talabga nisbatan past darajada foydalanishiga sabab, foiz stavkasi va valuta kursi bo'yicha narx- navoning o‘sishidir. Bu albatta, moliyaviy aktivlaming o‘sishiga ham salbiy ta’sir etmoqda. Moliya tizimining barqarorligi islohotning muvaffaqyatli borishi, qayta moliyalash jarayonining qanday amalga oshirilayotganiga bog‘liq. Bu o‘z navbatida budjet xarajatlarini kamaytirish yoki hukumatning moliya bozorini shakllantirish jarayonini qo‘llab- quvvatlashga boigan ehtiyojini kamaytiradi. Moliya tizimini isloh qilish ko‘p jihatdan mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir etuvchi foiz stavkalari miqdoriga ham bog‘liq. Foiz stavkalari o‘z navbatida moliya bozorining rivojlanishiga bog‘liq. Investitsiya bozoridagi raqobat bozoming muhim tarkibiy qismlari hisoblangan moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab va takliflaming o‘zgarishiga munosabat bildirishga majburlovchi mexanizm yoki vosita bo‘lib hisoblanadi. Foiz stavkasi darajasi va tarkibi moliya sohasining rivojlanishiga va moliya resurslarining joylashuviga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar foiz stavkalari bozomikidan past bo‘lsa, bu milliy valutadagi jamg‘armaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada u talablar majmuini boshqarib turishga ham ta’sir etib, moliyaviy vositachilik samaradorligiga salbiy ta’sir etadi. Aksincha, agar foiz stavkalari bozordagidan yuqori boisa, u holda ular makroiqtisodiy beqarorlik darajasining yuqoriligini aks ettiradi yoki moliyaviy tartibsizlikka olib keladi. Shunday qilib, foiz stavkalari tahlili, shuningdek shakllanayotgan investitsiya bozorining real shart-sharoitlarini hisobga olgan holda ulami o‘zgartirish dasturi investitsiya bozorining asosiy tarkibiy qismidir. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling