Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Investitsiya bozorini qanday shakllantirish mumkin?


Download 1.2 Mb.
bet46/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Investitsiya bozorini qanday shakllantirish mumkin?

Bozor munosabatlari sharoitida investitsiyalar bozori, ssuda kapitallar bozori va qimmatli qog‘ozlar bozori bilan birgalikda yagona moliya bozorini ham tashkil etadi. Investitsiya bozori faoliyatiga uzoq muddatli, hamda qisqa muddatli omillar o‘z ta’sirini ko‘r- satadi. Investitsiya bozori rivojlanishidagi asosiy omillar ishlab chiqarish ko'lami, uning davriy tebranishlari, mamlakat iqtiso­ diyotining rivojlanish darajasi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashishi bilan bog'liqdir.
Investitsiya bozori bozor iqtisodiyotida mablag‘lar aylanishini tashkil etishning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u qimmatli qog‘ozlar, pul va investitsiya qo‘yish kabi ko‘rinishlarda amaliyotda qoilaniladi.
Investitsiya bozori bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish jarayonini va jamiyat a’zolarining iste’mol talablarini ta’minlaydi. Uning vazifasi bir joyga jamlanadigan va qayta taqsimlanadigan moliyaviy-iqtisodiy resurslar hajmi, ular tushumining barqarorligi, rivojlangan institutsional tuzilmaning mavjudligi hamda mamlakat iqtisodiy ahvolining barqa- rorligiga bogiiq boiadi.
Investitsiya bozori mamlakat ichkarisida va tashqi muhitda resurslaming mamlakatlararo qayta taqsimlanishida ichki, xalqaro hamda vositachilik vazifalarini bajaradi. Uning mexanizmi orqali vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘lari safarbar qilinadi, ular ssuda kapitaliga aylantiriladi va halq xo‘jaligi tarmoqlari orasida qayta taqsimlanadi. Investitsiya bozori bir tarmoqdagi ortiqcha investit- siyaning yoki ko‘proq, daromad olish yo‘lining tarmoqqa oqib oiishini ta’minlaydi hamda u ayrim tarmoqlar rivojlanishini yaxshilash uchungina emas, balki iqtisodiy o‘sishni ta’minlash manfaatlari yo‘lida ishlab chiqarish nisbatlarini boshqarish uchun ham xizmat qiladi.


  1. Moliyaviy islohotning asosiy maqsadi haqida fikringiz?

O‘zbekiston Respublikasida olib borayotgan moliyaviy islohotning asosiy maqsadi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ochiq tashqi siyosat barqaror boigan kuchli huquqiy-demokratik va fiiqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Bularning barchasi iqtisodiy islohotlar asosida amalga oshiriladi. 0 ‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi jarayonida iqtisodiy islohotning o‘ziga xos modeli yaratilgan boiib, uning muhim tarkibiy qismlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular quyidagilardan iborat:
• kishilaming farovonligi oshishini ta’minlaydigan munosib natijaga erishishga ijtimoiy yo‘nalganlik;
• iqtisodiyotni barqarorlashtirish muammosini hal etish va mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash bandligi bilan makroiqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi nisbatning teng boiishi;
• ishlab chiqarishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan boshqarishdan voz kechish, iqtisodiy maqsadga muvofiqligi, faoliyat turlari, ishlab chiqarayotgan mahsulotning hajmi va ro‘yxati, ishlab chiqarish xo‘jalik aloqalarining ko‘lamidan kelib chiqib, tovar ishlab chiqaruvchilaming o‘zlariga iqtisodiy erkinliklar berish;
• investitsiya siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlami tanlashda va xorijiy kapitalni jalb etishda zarur sharoitlami joriy etish orqali iqtisodiyotni tartibga solish. Iqtisodiy boshqaruvga manfaatlardan foydalanish, ishonchli ijtimoiy kafolatni ta'minlashda davlatning faol vazifasini ta’minlash;
• bozor iqtisodiyotini shakllantirishning barcha bosqichlarida birinchi navbatda aholining kam ta’minlangan qismini himoya qilish bo‘yicha kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; • bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida soliq davlat iqtisodiy siyosatini amalga oshirishning bosh tartibga solish omili bo‘lib qolishi kerak.



  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling