Qisqa va uzoq muddatli investitsiyalarni tushuntiring.
Investitsiya kiritish davri bo’yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli (ayrim adabiyotlarda qisqa, o’rta va uzoq muddatli) investitsiyalar farqlanadi.
Qisqa muddatli investitsiyalar deganda muddati bir yilgacha bo’lgan kapital qo’yilmalar tushuniladi (misol uchun qisqa muddatli depozitlar, jamg`armalar va h.), uzoq muddatli investitsiyalar esa - bir yildan ortiq muddatga kiritilgan kapital qo’yilmalardir.
Masalan, depozit sertifikati olti oy muddatga beriladi – bu qisqa muddatli qo’yilmalar vositasidir, obligatsiyalar 20 yilda qaytarish muddati bilan uzoq muddatli qo’yilmalar vositasidir. Lekin, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarni sotib olish va qisqa muddatdan, masalan olti oy o’tgandan so’ng, investor uzoq muddatli qurolni qisqa muddatli maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Ko’pincha investorlar ana shunday qurollarni tanlaydilar va o’z pullarini qisqa muddatlarga qo’yishni xohlaydilar. Masalan, yaqin olti oy mobaynida 23 investorga kerak bo’lmaydigan summaga, u olti oylik muddatga ega bo’lgan depozit sertifikati sotib olishi mumkin: qirq yoshga to’lgan investor pensiyaga chiqquncha pul yig’ish uchun biron-bir kompaniyani obligatsiyasini 20 yilga sotib olish mumkin. Odatda uzoq muddatli investitsiyalar kapital qo’yilmalar shaklida namoyon bo’ladi.
Chet ellik investorlarning investitsiyalarini O’zbekistan Respublikasi hududiga jalb etish qanday yo’llar bilan amalga oshiriladi?
Mamlakatimizda bugungi kunda xorijiy investorlar uchun qulay investitsiya muhiti barpo etilmoqda. Bu qulayliklar ular uchun yaratilgan turli hukumat kafolatlari va imtiyozlarda o‘z aksini topmoqda. Har bir mamlakatning investitsiya muhiti, birinchi navbatda, uning siyosiy barqarorligidadir. Xuddi ana shu omil chet ellik investorlaming boshqa mamlakatga uzoq muddatli shartnomalar asosida resurslami jalb qilish imkoniyatini kengaytiradi. 0 ‘zbekiston Respublikasi qulay investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha izchil chora- tadbirlami amalga oshirmoqda. Ulaming negizida ikkita asosiy omil yotadi:
- iqtisodiy barqarorlik;
- inflatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valuta-so‘mning toiov qobiliyatini oshirishgayo‘naltirilgan makroiqtisodiy siyosat.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalami samarali jalb etishning ustuvor yo‘nalishlarga:
Do'stlaringiz bilan baham: |