Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Innovatsion iqtisodiyotda intellektual mulkning o‘mi va ahamiyati


Download 1.2 Mb.
bet29/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Innovatsion iqtisodiyotda intellektual mulkning o‘mi va ahamiyati nimalardan iborat?

Innovatsion iqtisodiyotda inteliektual mulkning o‘mi va ahamiyati uning ko‘p funksionalligi bilan belgilanadi.
Inteliektual mulk:
• qiymat yaratishning hal qiluvchi omillaridan biri sanaladi;
• egalariga va foydalanuvchilariga sezilarli iqtisodiy foyda keltiradi;
• kompaniyaning uzoq muddatli raqobat afzalliklarini shakllantiradi;
• kompaniya kapitallashuv darajasining oshishiga xizmat qiladi;
• biznesni raqiblardan himoya qiladi;
• litsenzion daromad olish imkoniyatini beradi;
• ishlab chiqarish va sotishni nazorat qilish imkonini beradi;
• standartlami yaratishga yordam beradi.


  1. Intellektual mulk obyekti qiymatini hisoblashning qanday usullari
    mavjud?

Intellektual mulk obyektining qiymati uch yondashuv bilan, ya’ni daromadli, xarajatli, qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlanadi. Baholashning uch yondashuvidan birini qo‘llash mumkin bo‘lmagan taqdirda baholovchi tashkilot u yoki bu yondashuvni qo‘llash rad etilishini zarur ravishda baholash hisobotida asoslashi kerak.
Daromadli yondashuv — bu baholash obyektidan kutilayotgan daromadlarni aniqlashga asoslangan baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmuidir. Daromadli yondashuv intellektual mulk obyektidan foydalanishdan daromad (foyda) olish ehtimollari mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Intellektual mulk obyektidan foydalanishdan tushgan daromadlar intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqi topshirilgan huquq egasi tomonidan ma’lum davr uchun olinadigan pul tushumlari va pul to‘lovlari (kelgusida — pul oqimi deb yuritiladi) orasidagi farqdir.
Intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqi topshirilganligi uchun to‘lovlarning hajmi bitim taraflari barcha zarur ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda oqilona harakat qilgan paytda kelib chiqadigan eng ko‘p ehtimoliy mazmun asosida hisoblab chiqiladi va to‘lovlarning hajmida qandaydir favqulodda holatlar aks etmaydi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling