Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Intellektual mulk deganda nimani tushunasiz. 0‘z fikrlaringizni


Download 1.2 Mb.
bet27/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Intellektual mulk deganda nimani tushunasiz. 0‘z fikrlaringizni misollar yordamida tushuntirib bering?

Intellektual kapital. Inteliektual faoliyatning mahsuloti muallifning mutlaq mulki sifatida mualliflik huquqi bilan patentlanadi va mustahkamlanadi. Bu kapitaldan iqtisodiyotda qanday foydalanish yo‘nalishlarini va shakllarini belgilash huquqi muallifga tegishlidir.
Inteliektual mulk obyektlari xo‘jalik aylanmasiga korxonalaming moddiy aktivlari sifatida jalb etiladi hamda ulaming, shuningdek ushbu aktiv egalarming daromadlarmi ko‘paytiradi.
Intellektual mulk obyektlarini boshqarishda, vujudga kelgan muammolarga huquqiy jihatdan yondashuv borasida huquqiy kategoriyalaming o‘mi katta. Moddiy mol-mulkka egalik qilishda bo‘lgani kabi intellektual mulk ham egalik qilish, undan foydalanish va tasarruf etish huquqi mavjudligini belgilaydi. Biroq, himoya obyektlarining nomoddiyligi intellektual mulkning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatadi, ya’ni intellektual mulk qancha iste’mol qilinmasin, u tugamaslik tavsifiga ega bo‘lib qolaveradi. Agar siz biror bir mulkdordan moddiy buyum yoki ashyo olar ekansiz, ushbu vaziyatda u o‘z moddiy mulkidan ayriladi va mulk huquqi bevosita sizga o‘tadi. Mabodo siz o‘zgalaming intellektual faoliyati natijalariga egalik qiladigan bo‘lsangiz, siz o‘zingizga tegishli bo‘lmagan bilimlarga ega bo‘lasiz, bundan mavjud bilimlar kamaymaydi, tugamaydi va hatto o‘zining dastlabki egasini o‘zgartirmaydi ham.
Intellektual mulk masalalarini qarab chiqar ekanmiz, ko‘pincha intellektual mulkning bir qismi sifatida sanoat mulki tushunchasidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

  1. Intellektual huquq nima? Uning asosiy xususiyatlarini sanab bering?




  1. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi va “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida intellektual mulk huquqining qanday obyektlari ko‘rsatib o‘tilgan.

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mualliflik huquqining obyektlari boiib quyidagilar hisoblanadi: mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ulaming maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek, ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.
Mualliflik huquqi fan, adabiyot va san’at asariga mualliflik huquqi uni yaratish fakti bo‘yicha yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun asami ro‘yxatdan o‘tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya etish talab qilinmaydi.Asaming asl nusxasida yoki nusxasida muallif sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar boshqacha hoi isbotlanmagan bo‘lsa, asar muallifi hisoblanadi. Asar imzosiz yoki tahallus ostida chop etilgan taqdirda (muallifning tahallusi uning kim ekanligiga shubha qoldirmaydigan hollar bundan mustasno), asami chop etgan, asarda ismi-sharifi yoki nomi ko‘rsatilgan noshir, agar boshqa dalillar boimasa, muallifning vakili hisoblanadi hamda muallifning huquqlarini himoya qilish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash huquqiga egadir. Bu qoida bunday asar muallifi o‘z shaxsini oshkor etguniga va o'zining muallif ekanligini ma’lum qilguniga qadar amalda bo‘ladi.




  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling