Iqtisodiy o‘sishni qanday tuchunasiz?


Bozor munosabatlari rivojlangan Budjet tizimini boshqarish hamda ularning natijalarini ta’minlash qanday tizim orqali amalga oshiriladi?


Download 1.2 Mb.
bet26/62
Sana24.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1796479
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62
Bog'liq
Iqtisodiy o\'sish savollarga javoblar (1)

Bozor munosabatlari rivojlangan Budjet tizimini boshqarish hamda ularning natijalarini ta’minlash qanday tizim orqali amalga oshiriladi?

Bozor munosabatlari rivojlangan Budjet tizimini boshqarish hamda ularning natijalarini ta’minlash natijaviylikka yo‘naltirilgan Budjetlashtirish tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat Budjeti ijrosining yangi mexanizmini amaliyotga joriy etish bugungi kunda Budjet islohotlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Budjet tizimini samarali boshqarish zaruriyati Budjetmablag‘laridan 35 to‘g‘ri foydalanishda bosh mezonga aylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Budjettizimidagi o‘tkazilayotgan tub islohotlar davlat Budjeti ijrosini natijaviyligini ta’minlash hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda davlat Budjeti ijrosining natijaviyligini ta’minlash maqsadida ko‘pgina chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijaviylikka yo‘naltirilgan Budjetlashtirish amaliyotini joriy etish ham olib borilayotgan islohotlardan biri hisoblanadi.

  1. O‘zbekistonda o‘rta muddatli rejalashtirishga o‘tish shart sharoitlarini nimalar bilan izohlash mumkin?

O‘rta muddatli Budjetni rejalashtirishga o‘tish keyingi yillarda rivojlangan davlatlar va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida olib borilayotgan Budjet islohotlarining muhim elementlaridan hisoblanadi. O‘rta muddatli Budjet strategiyasiga o‘tish quyidagi zaruriyat bilan belgilanadi:
 bir yildan ortiq davrga mo‘ljallangan davlat dasturlarini moliyalashtirish va amalga oshirish davlat dasturlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan bog‘lanishni talab qiladi;
 ichki va tashqi resurslarning, jumladan investitsion resurslarning konsolidatsiyalanishi;
 davlat moliyasini rejalashtirish va boshqarish tartibini takomillashtirish orqali investitsion xarajatlarning bo‘lajak joriy xarajatlar bilan bog‘lash imkoniyati yaratiladi;
 davlat xarajatlari samaradorligini oshirish;
 Budjet jarayonining prognozi va shaffofligini ta’minlash.
O‘rta muddatli Budjet strategiyasi doirasida Budjet siyosatining yo‘nalishlari va chora-tadbirlari moliyalashtirish vositasiga aylanadi va o‘rta muddatli ustuvorliklarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Navbatdagi moliyaviy yil uchun Budjet har yili yangilanadigan va bir yil oldinga suriladigan o‘rta muddatli (odatda 3 yilga mo‘ljallangan) moliyaviy rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu Budjet siyosatining uzluksizligini, Budjet mablag’lari taqsimlanishining prognozini ta’minlaydi va shu bilan birga, davlat siyosati maqsadlari hamda ularga erishish sharoitlariga muvofiq tuzatishlar kiritish imkonini beradi. Bunda o‘rta 36 muddatli Budjet ijro hokimiyati organlarining prognoz tahliliy hujjati maqomini olishi mumkin. Bizning fikrimizcha, O‘zbekistonda o‘rta muddatli rejalashtirishga o‘tish shart sharoitlarini quyidagilar bilan izohlash mumkin:
 barqaror iqtisodiy o‘sish va uning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda saqlanib qolishi zarurligi;
 farovonlikni oshirishning o‘rta muddatli strategiyasini ishlab chiqish va o‘rta muddatga mo‘ljallangan boshqa milliy dasturlarning mavjudligi;
 yangi Soliq kodeksining qabul qilinishi va o‘rta muddatli istiqbolga mo‘ljallangan soliq siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish


  1. Download 1.2 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling