Innovatsiya-mahsulotlar va innovatsion-jarayonlar o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat?
Predmetiga ko‘ra innovatsiyalar: innovatsion-mahsulot (mutlaqo yangi yoki takomillashgan ko‘rinishdagi tayyor buyum yoki mahsulot bo‘lib yetarlicha katta investitsiyalarni talab etadi); innovatsion - jarayon (texnik, ishlab chiqarish yoki boshqaruv jihatdan takomillashtirish); innovatsion- servis (korxonadan tashqarida mahsulotlardan foydalanishga xizmat ко‘r sat ish bilan bog‘liq holda, masalan, kompyuterlaming dasturiy ta’minoti) ga boiinadi.
Innovatsion-jarayon va innovatsion - mahsulotlar o‘zaro uzviy bogiiq boiib, ular bir-birlariga o‘tib borishlari ham mumkin. Masalan, agar biror bir asbob-uskuna ishlab chiqilsa va undan tovarlar ishlab chiqarishda foydalanish nazarda tutilsa, bu — innovatsion jarayon, agar maqsad sotish boisa, bu - innovatsion mahsulot hisoblanadi. Joriy etish samaradorligiga ko‘ra innovatsiyalar quyidagicha tasniflanadi: tovaming iste’mol xususiyatlarini yaxshilovchi, resurslar tejalishiga imkon yaratuvchi va ekologik samara keltiruvchi innovatsiyalar.
Innovatsiyalarga xos bo‘lgan asosiy jihatlarni tushuntirib bering?
Xalqaro standartlarga muvofiq, innovatsiya quyidagi shakllarda mujassam bo‘lgan yangilikning yakuniy natijasi sifatida belgilanadi:
1. Bozorlarga kiritilgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar yoki xizmatlar.
2. Yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonlar.
3. Ishlab chiqarishni tashkil qilishning amalda qo‘llaniladigan yangi usullari.
Ko‘rib chiqilgan yondashuvlarni umumlashtirib, innovatsiyalar quyidagicha tuzilishi mumkin:
a) mahsulot yangiliklari (yangi mahsulotlar va xizmatlar);
b) innovatsion jarayonlar (mikro darajada - yangi texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni tashkil etish usullari; makro darajada - bozorlar tarkibini o‘zgartirish va yangi bozorlarni yaratish). Shunday qilib, iqtisodiy sohada yaratish faoliyatining yakuniy natijasi sifatida innovatsion mahsulotlar va innovatsion jarayonlar bizning o‘rganishimiz ob’ekti hisoblanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |