Iqtisodiy psixologiya va iqtisodiy xulq-atvor modellari
Download 34 Kb.
|
iqtisodiy psixologiya va iqtisodiy xu
Iqtisodiy psixologiya va iqtisodiy xulq-atvor modellari Iqtisodiy psixologiya yoki iqtisodiyotning psixologik jihatlarini tadqiq etish istiqbolli ilmiy izlanishlar maydonidir. Iqtisodiy psixologlar iqtisodiyotning hayotiy talqini; iqtisodiy qarorlar asosida yotuvchi omillar; shaxsiy, aynan, bir xillik va ommaviy iste’mol o’rtasidagi munosabatlar kabi mavzular bilan qiziqadilar. Tadqiqotlarni ijtimoiy psixologlar, kognitiv psixologlar (qaror qabul qilishga asosiy e’tiborni qaratgan holda), rivojlanish psixologlari (bolalarning iqtisodiy jarayonlar haqidagi tasavvuri rivojlanishiga e’tiborni qaratgan holda) o’tkazadilar. Garchi iqtisodiiy psixologiya dinamik sur’atda rivojlanayotgan bo’lsa-da, u fanlarning markazida turadi, deb da’vo qilish o’rinli emas. Zamonaviy akademik psixologiyada kognitiv, hisob-kitob va neyrologik yondashuvlar ustunlik qiladi. Tadqiqotlar, professorlik lavozimlari, jurnallarni tahrir qilish va institusional hukumatning boshqa indikatorlarida jamg’armalarni taqsimlashda ijtimoiy psixologiya bir chetda qolib ketadi. Biroq uning ichida ham iqtisodiy psixologiya endi vujudga kelayotgan soha hisoblanadi. Shu tariqa mazkur paragrafda hozirgi zamon psixologiya fanining periferiyasida joylashgan salohiyat ko’rib chiqiladi. Psixologiya an’anaviy ravishda zamonaviy hayotning moddiy sharoitlarini tahlil qilishdan oldin abstrakt tadqiqotlar natijalarini o’rganishni afzal ko’radi. Bulardan keyingisiga esa, zamonaviy psixologiya fani nazariyalarida deyarli e’tibor qaratilmaydi. Ushbu “mashhur” tanqidga qaramay (Parker, 1989), psixologik tadqiqotlarda laboratoriya usullari gegemoniyasi davom etmoqda. Zamonaviy iqtisodiy psixologiyada ikkita yondashuvni alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Ulardan birinchisi, sezilarli darajada iste’molning madaniy jihatlaridan uzoqlashib, asosan iqtisodiyot va psixologiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni ko’rib chiqadi. Ikkinchi yondashuv esa, madaniy yondashuvlar o’rtasidagi aloqaga yo’naltirilib, ommaviy iste’mol ijtimoiy psixologiyasini nisbatan kengroq fanlararo soha doirasida tadqiq etadi. Ikkala yondashuv yonma-yon bo’lishi sababli, ushbu bobda biz ularning har ikkalasini ham tahlilini ko’rib chiqamiz.
Mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, psixologik omil biznes jarayonining borishini o’zgartirib yuboradi. J.Katona tomonidan fanga kiritilgan shu va shunga o’xshash boshqa mulohazalarida qayd etilgan iqtisodiy psixologiya dasturi hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. U har qanday nazariy va metodologik nuqtai nazardan tahlil etilganda, obyektiv va subyektiv qarashlar o’rtasida aniq iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik chegaralarni nazarda tutadi. J.Katonadan so’ng ko’plab izlanishlar iqtisodiyotga oid ijtimoiy qabul qilish tadqiqotlariga o’z e’tiborini qaratgan. J.Katonaning fikriga ko’ra, ijtimoiy-psixologik jarayonlar omma yoki guruhlar darajasida emas, balki har bir shaxs darajasida amal qiladi. Iqtisodiy xulq-atvor har bir shaxsning xulq-atvori va qabul qilish yig’indisi sifatida tushuniladi. Bunday tasavvur o’z navbatida, iste’mol borasida olib borilgan tadqiqotlarda qaror qabul qilishning roli alohida ekanligini ta’kidlab o’tadi. Iqtisodiy psixologiya shakllanishiga sabab bo’lgan eng muhim nazariyalardan biri “Ko’rsatma va qaror qabul qilish nazariyasi”dir. Keyingi paytlarda olib borilgan ijtimoiy-psixologik izlanishlar doirasida “istaklarni shakllantirish davomida ko’rsatmalarning tutgan roli” masalasi tadqiq etilgan bo’lib, bu ishlar J.Katona dasturining yangicha zamonaviy o’qilishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi. Ushbu mazmundagi eng ta’sirchan yondashuv – Adzen va Fishbeyn (Ajzen and Fishbein, 1980) tomonidan taklif etilgan “asosli harakatlar nazariyasi” hisoblanadi. Mualliflarning fikricha, u yoki bu tarzda harakat qilish istagini shakllantirishda me’yoriy e’tiqod va ko’rsatma elementlarning qarama-qarshiligi kuzatiladi... Inson xarajatlar foydadan oshib ketadigan yoki ahamiyatga ega bo’lgan boshqa shaxslar tomonidan norozilik bildirilishi kutiladigan hollarda o’z ko’rsatmalarini amalga oshirish borasida izchil emaslikka yo’l qo’yishi mumkin. Asosli harakatlar nazariyasida biron narsani xarid qilish istagi xaridning ahamiyati va buning boshqalar tomonidan qanday baholanishi bilan belgilanadi... Asosli harakatlar nazariyasi erkin tanlovli tadqiqotlarga umumiy yondashuv sifatida o’zining psixologik jihatdan yaroqli ekanligini isbotlab berdi. U iqtisodiy qaror qabul qilishga ko’plab ko’rsatmaviy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlarning ta’sirini hisobga olishi mumkin, deb biladi. Bunday yondashuvning asosiy qimmati mavjud imkoniyatlardan birini tanlashga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash hisoblanadi. Adzen va Fishbeynning ta’kidlashicha, xaridorning xohish-istagiga shunday yondashish kerakki, bu qaror qabul qilishning shakllaridan biriday bo’lsin, ya’ni: “O’z mohiyatiga ko’ra xaridorning xulq-atvorida hech qanday kutilmagan narsa yo’q. Bu insonning odatiy harakatlari bo’lib, bir nechta muqobil variantlardan birini tanlashni qamrab oladi, uning asosida biror-bir yangi, hech narsaga o’xshamas sabab yotadi deb hisoblash mumkin emas”. Bu mualliflar o’z yondashuvidan xaridorlarning avtomobil va pivo markasini tanlashini aniqlashda foydalanishgan. Ular ko’rsatmalar va subyektiv me’yorlarni hisobga olgan holda xarid ehtimolini oldindan aytib berishning uddasidan chiqdilar. Qaror qabul qilishga ta’sir ko’rsatuvchi ayrim “tugal” samaralar aniqlandi, masalan, kishilar narsalarni o’zlari uchun xarid qiladilarmi yoki boshqalar uchunmi. Asosli harakatlar modeli iqtisodiy psixologiyada qaror qabul qilish bo’yicha tadqiqotlarda kamdan-kam hollarda tizimiylashgan ravishda qo’llanadi. Shunday bo’lsa-da, Katona dasturi doirasida xarajatlarni sarflash jarayonlarini o’rganish yetakchi hisoblanadi. Katona dasturi amaliy iqtisodiyotning “ko’rsatmalar nazariyasi” bilan birgalikda iqtisodiy psixologiyadagi “qaror qabul qilish modeli”ning yetakchi bo’lishiga olib keldi. Biroq, kishilar noaniqlik yoki tavakkal holatlarda ham qarorlar qabul qiladilar. Ko’pincha (ehtimol, har doim) ular xarajatlar, yutuqlar, cheklovlarni baholashni tahlil qilish uchun barcha zarur ma’lumotga ega bo’lmaydilar. Noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilinar ekan, insonlar to’laqonli maqsadga muvofiq hisoblangan tahlil kabi katta hajmda axborot talab qilmaydigan nazariy tekshirishda yangiliklar kashf etish jarayonida qo’llaniladigan mantiqiy usullar va metodik qoidalar majmui (evristika)dan foydalanadi. Tverski va Kanemanning (Tversky and Kahneman, 1981) izlanishlari shuni ko’rsatdiki, statistika axboroti bilan ishlar ekan, kishilar ko’pincha o’xshashlik va reprezentativlik kabi mantiqiy usullar va metodik qoidalar majmuiga tayanadi. Oxirgi yillarda bu yondashuv iqtisodiy psixologiyada ta’sirchanlik rolini yanada oshirib oldi. Psixologlar ham, iqtisodchilar ham ushbu yondashuvga asosan, kishilar o’z manfaatlari, ko’plab iqtisodiy sharhlar va tushunchalar, masalan, kelajakdagi daromadni bilish tamoyillari negizida qaror qabul qiluvchi iqtisodiy nazariyadagi oqilonalik asoslariga tanqidiy munosabatda bo’lishadi. Amaliy iqtisodiyot noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilish modeli sifatida Saymon (Simon, 1957) tomonidan taklif etilgan maqsadga muvofiq bog’lanish (bounded rationality) tushunchasidan foydalanadi. Modelga muvofiq, kishilar turli xildagi o’ziga xos mulohaza shakllaridan foydalanib, maqbullikka qaraganda ko’proq asoslanganlikka intilishadi. Agar biror-bir usul o’tmishda o’zining bunday vaziyatda samaradorligini isbotlagan bo’lsa, kishilar o’z qarorini takrorlash bilan qoniqadilar va yanada maqbulroq yo’lni izlamaydilar. Gute va boshqalar (Guth et al., 1992)ning fikriga ko’ra, amaliy iqtisodiyotda psixologiya va iqtisodiyot o’rtasidagi munosabatlarni turlicha talqin qiluvchi ikkita yondashuv mavjud. Amaliy iqtisodiyot nazorat qilinuvchi sharoitlarda iqtisodiy (qoidaga ko’ra moliyaviy) qarorlar qabul qilishni modellashtiruvchi bir qator texnikalarni o’z ichiga qamrab oladi. Ushbu usulning afzalligi mojarolarni hal etish, narx haqida kelishuvlar, altruizm holatlari, guruhlararo va shaxsiy munosabatlar o’rnatilishi vaziyatlari kabi psixologik jarayonlar keng doirasiga nisbatan qo’llanilishi bilan izohlanadi. Ilmiy tajribalarni o’tkazuvchilar qat’iy asoslangan ko’rsatkichlar bilan “o’yin” tashkil qiladilar. O’yinchilarning xulq-atvori qoidalar bilan cheklangan bo’lib, yuqori darajadagi foyda olishga yo’naltiriladi. Tadqiqotchilar sinovda ishtirok etayotganlarni o’yinda yana qatnashishga taklif etadilar. Maqsadga muvofiq xulq-atvordan og’ishni xarajatlar va foyda nisbatidagi o’zgarishlar funksiyasi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Agar cheklovlarga rioya qilgan holda yutuqning subyektiv ahamiyati o’rganiladigan bo’lsa, bunda xuddi o’sha iqtisodiy modellashtirish tamoyillari qo’llanishi mumkin. Biroq bunda kishilar o’zini o’yinda va real dunyoda qanday tutishi o’rtasidagi muvofiqlikni topish talab qilinadi. Bu tashqi yaroqlilik masalasiga qaraganda ko’proq iqtisodiy xulq-atvorning muayyan turlari haqidagi masaladir. i Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling