Iqtisodiy rivojlanish va inflyatsiyaga Pul emmissiyasi va
tashqi qarzning ta'siri.
Naqd pullarni muomalga emissiya
qilinishi iqtisodiyotda pul
massasining hajmini oshiradi. Muomalaga naqd pullarni chiqarish
esa mavjud pul massasi hajmini o‘zgartirmagan holda tijorat
banklari tomonidan amalga oshiradi.
Mamlakatda
iqtisodiy inqirozlar, tabiiy ofatlar va urushlar ro‘y
berganda davlatning xarajatlari juda ortib ketardi. Ushbu xarajatlar
davlatning topshirig‘i bilan muomalaga chiqariladigan qo‘shimcha pul
emissiyasi orqali hal etilar edi, bu o‘z navbatida qog‘oz
pullarning
qadrsizlanishiga va pul muomalasining izdan chiqishiga olib kelardi.
Shuning uchun ham qog‘oz pullar asl qiymatga ega
bo‘lmagan, o‘rinbosar pullar hisoblanib,
ularni doimiy ravishda
tartibga solib borish va tegishli nazoratni amalga oshirishni talab etadi.
Pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va
ularning ta’minlanganlik asoslari. Har bir mamlakat o‘zining milliy
valyutasini emissiya qilish tartibi va qoidalarini mustaqil ravishda
amalga oshiradi. Mamlakatda milliy
valyutani emissiya qilish,
muomalaga pullarni chiqarish va muomaladan qaytarib olish tartibini
Markaziy bank amalga oshiradi. Muomaladagi pul birliklari
Markaziy bankning barcha aktivlari va
mamlakatdagi moddiy tovar
qimmatliklar bilan ta’minlanadi.
Pul muomalasini tartibga solishning usullari.Mamlakatda pul
muomalasini tartibga solishning asosiy maqsadi milliy valyutaning
barqarorligini ta’minlashdan iborat. Markaziy bank pul muomalasini
tartibga solishning asosiy instrumentlari
sifatida majburiy zaxiralar
siyosati, qayta moliyalash siyosati, ochiq bozordagi operatsiyalari,
depozit siyosati va valyuta siyosatini amalga oshiradi.
Markaziy bank
ushbu instrumentlar orqali tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi
o‘zaro mutanosiblikni tartibga soladi. Bundan asosiy maqsad
mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat.