Iqtisodiy rivojlanish va inflyatsiyaga Pul emmissiyasi va tashqi qarzning ta'siri


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.12.2022
Hajmi1.07 Mb.
#1001142
1   2   3
Bog'liq
pul emissiyasi va tashqi qarz

Valyuta 
interventsiyasi –bu Markaziy bankning milliy valyuta kursi va pulning 
yalpi taklif va talabiga ta’sir etishi uchun moliya bozorida chet el 
valyutasini sotish va sotib olish bilan bog’liq operatsiyasidir. 
Markaziy bank depozit siyosati orqali mamlakat resurs 
bozori, tijorat banklari depozit siyosati va depozit operatsiyalari 
holatiga ta’sir ko’rsatadi. Odatda Markaziy bank tijorat banklari 
depozit operatsiyalari bo’yicha foiz stavkalarining eng yuqori 
darajasini belgilaydi. Shuningdek, tijorat banklari depozit siyosatini 
ishlab chiqish, depozit siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha asosiy 
mezonlarni aniqlab beradi. 
Xulosa 
o‘rnida 
ta’kidlash 
joizki, 
pul 
tizimi 
va 
uning 
elementlarini rivojlanish, shuningdek, samarali tashkil etilishiga 
qator omillar ta’sir qiladi. Bulardan asosiylari sifatida mamlakat 
iqtisodiyotining raqobatbardoshligi va barqarorligini ta’minlanganligi 
hisoblanadi.
Nominal pul nazariyasi vakillarining ta’limoti Germaniya 
tomonidan birinchi 
jahon 
urushini 
moliyalashtirish 
uchun 
muomalaga chiqarilgan katta miqdordagi emissiya jarayonida 
namoyon bo‘ldi. Biroq, ushbu ta’limotning haqiqatga yaqin emasligi 
Germaniyada 1920 yillarda yuz bergan giprinflyatsiya sharoitida 
isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan juda katta 
miqdordagi qog‘oz pullar juda tez muddatda 700 – 800 foiz 
darajasida inflyatsiyaga uchrashi natijasida mamlakatda pul – kredit, 
moliya tizimi izdan chiqdi. Buning natijasida ishlab chiqarishga 
bo‘lgan qiziqish pasayib, kishilar moddiy ne’mat yaratish hisobiga 
emas, balki mavjud moddiy ne’matlarni sotish hisobiga qo‘shimcha 
daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab chiqarish va 
qo‘shimcha moddiy ne’matlarni yaratish ma’lum darajadagi vaqtni talab 
etar, bu vaqtda esa ishlab topilgan daromad inflyatsiya natijasida 
o‘zining qiymatini yo‘qotar edi. 
Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatadiki, nominal pul nazariyasi 


iqtisodiyotning markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga 
mos keladi. Chunki ushbu tuzumda pulning nominal qiymati davlat 
tomonidan o‘rnatilib, uning amal qilishi ham to‘liq nazorat ostiga 
olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan ilgari surilgan 
ta’limot o‘zini oqlaydi. Ta’kidlash joizki, markazdan boshqarish 
tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog‘oz 
pullarning nominali davlat tomonidan o‘rnatilishi bilan birga, yaratilgan 
tovar moddiy qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan belgilanadi. Shu 
bilan birga, muomalaga emissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning 
harakati va amal qilish kabi barcha jarayonlar 
ham 
davlat 
tomonidan 
rejalashtirilib, 
ushbu 
rejaning 
bajarilishi to‘lig‘icha 
tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliyotga joriy etish 
va uning amal qilishining imkoniyati mavjud emas. Chunki davlat 
banklari tomonidan muomalaga emissiya qilingan pul belgilari 
tegishli talab va taklif asosida tovar moddiy qimmatliklarning 
bahosini belgilaydi. Uning sotib olish qobiliyatini mustahkam yoki 
zaif bo‘lishi davlatning nazdidan anchagina yiroqda bo‘lib, davlat unga 
ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday holat pulning 
miqdoriy pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. 
Muomalaga qo’shimcha pullarni chiqarish hisobiga davlat 
byudjeti taqchilligini 
qoplanishi 
iqtisodiyotda 
tovar 
va 
pul 
massasi o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Ya’ni, pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi, bunday 
xolatda milliy valyutaning sotib olish qobiliyati pasayadi va inflyatsiya 
darajasining ortishiga sabab bo’ladi. 
Inflyatsiya 
– 
pul 
muomalasi 
qonunining 
buzilishi, 
iqtisodiyotda 
tovar massasi hamda pul massasi o‘rtasidagi 
nomutanosiblik jarayonida vujudga keladi. Inflyatsiyani vujudga 
kelishiga qator omillar ta’sir qilib, ularni ichki va tashqi omillarga 
ajratish mumkin. 
Ichki omillar tarkibiga ortiqcha pul massasi vujudga kelishi, milliy 
valyutaga 
nisbatan 
ishonchning 
pasayishi, 
mamlakatning 


nomutanosib to‘lov balansi kabilarni kiritish mumkin. 
Masalan, 
banklarning 
asosiy 
faoliyat 
turlaridan 
biri 
muomalaga pulni emissiya qilishini oladigan bo’lsak, muomalaga 
emissiya qilingan pul massasi tovar massasi bilan ta’minlangan 
bo’lishi lozim. Aks holda, milliy valyutaning inflyatsiya darajasi oshishi 
bilan birga, uning sotib olish qobiliyati pasayib ketadi. Demak, 
muomalaga emissiya qilingan pullar tegishli tovar massasi bilan 
ta’minlangan bo’lishi lozim. Bu o’z navbatida iqtisodiyotda ishlab 
chiqarish va tovarlar aylanmasi samaradorligi ta’minlanganligini talab 
etadi. 
Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifatida 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. 
Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlashining 
asosida tovar ishlab chiqarish, yanayam aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak 
– kapital muomalasi va aylanishi yotadi. Jamiyatda kapital muomalasi 
va aylanishi doimo ham bir maromda amal qilmaydi, bular yuqorida 
ta’kidlanganidek qator omillar bilan izohlanadi. 
Kreditor 
berilgan 
kredit 
uchun 
iqtisodiy 
manfaatdorlik 
(foyda)ni foiz ko‘rinishida undirsa, kredit oluvchi kredit yordamida 
ishlab 
chiqarish 
jarayonining uzluksizligini 
ta’minlash 
orqali 
qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kredit 
munosabatlarida kreditor uchun kredit oluvchi shaxsning qanday 
shaxs ekanligi, qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi judayam muhim 
emas, asosiysi berilgan kredit o‘z vaqtida va tegishli foiz to‘lovi bilan 
to‘liq qaytishi muhim hisoblanadi. 
Qarz munosabatlarida esa qarz beruvchi uchun birlamchi 


masala shaxs hisoblansa, berilayotgan qarz summasi uchun tegishli 
manfaatdorlikni ustama to‘lov sifatida olishga umid bog‘lamaydi, ya’ni 
ko‘pchilik hollarda berilgan qarz uchun qo‘shimcha haq talab etilmaydi. 
Xulosa 
o‘rnida 
aytadigan 
bo‘lsak, 
bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida ishlab chiqarish munosabatlarining chuqurlashuvi, tovar 
– 
pul 
munosabatlarining mavjudligi, ishlab chiqarish siklining 
davriyligi, o‘zaro iqtisodiy manfaatlarning bir – biriga mos kelishi 
kreditning zarurligiga zamin yaratuvchi asosiy omillar bo‘lib 
qolaveradi. Kredit munosabatlari jarayonida ishtirok etuvchilar, 
mavjud ijtimoiy – iqtisodiy holat esa uning mohiyatini u yoki bu 
darajada yoki ko‘rinishda namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi. 
Savdo balansining manfiy qoldigʼi tashqi qarzlar jalb qilinishining 
ortishi hamda xalqaro pul oʼtkazmalari orqali kelib tushadigan 
mablagʼlar evaziga qoplanadi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan 
Oʼzbekiston suveren reytingi baholanishi mamlakat bilan bogʼliq 
xatarlarni 
muqobillashtirish 
orqali 
iqtisodiyotning 
investitsion 
jozibadorligini oshirishga va mamlakatga kirib kelayotgan oʼrta va uzoq 
muddatli investitsiyalar hamda kredit kanallari kengayishiga xizmat 
qiladi. Bu, oʼz navbatida, mamlakatga xorijiy kapital oqimlarining 
koʼpayishi va ularning narxi pasayishi natijasida iqtisodiyotdagi yalpi 
talabga boʼlgan inflyatsion bosim kuchayishiga hamda tashqi qarz ortib 
borishiga olib kelishi mumkin. Biroq ushbu resurslarning maqsadli va 
samarali oʼzlashtirilishi kelgusida iqtisodiy oʼsishni jadallashtirishga 
yordam beradi. Oʼz navbatida, mazkur holatning ichki valyuta 


bozoridagi talab va taklif darajasiga hamda milliy valyuta almashuv 
kursiga taʼsirini baholash qiyin boʼladi. Chunki xalqaro moliya 
muassasalaridan jalb qilinayotgan kreditlar, investitsiyalar va tashqi 
qarzlar boʼyicha valyuta oqimlari va ularning ichki valyuta bozorida 
ishlatilish muddatlari hamda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga 
boʼlgan talabning shakllanishi davrlaridagi nomutanosibliklar almashuv 
kursining turli yoʼnalishda tebranishlariga olib kelishi mumkin 
Bajardi: Omonov Sardorbek 


 


 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling