Iqtisodiy rivojlanish va inflyatsiyaga Pul emmissiyasi va tashqi qarzning ta'siri
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
pul emissiyasi va tashqi qarz
Mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish. Pul
oboroti o‘z tarkibiga naqd pulli va naqd pulsiz hisob – kitoblarni oladi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan pul oborotining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblar ulushiga to‘g‘ri keladi. Pul oborotining tarkibi, tartibi va nazorati Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Har bir mamlakatda pul tizimining tarkibi, amal qilish usullari va tartibi davlatning tegishli qonunlari asosida o‘rnatiladi. Pul tizimining mustahkamligi va uning barqarorligiga turli omillar ta’sir qiladi. a). Mamlakat Markaziy bankining pul – kredit siyosatini amalga oshirishdagi mustaqilligi. Ko‘pchilik hollarda Markaziy bank pul – kredit siyosatini amalga oshirishga hukumatning aralashuvi va taziyqi natijasida milliy valyutaning sotib olish qobiliyati zaiflashadi, mamlakat bank tizimiga aholining ishonchi pasayib ketadi. Buning natijasida pul tizimi nobaraqaror bo‘lib, Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul – kredit siyosati o‘zining tegishli samarasini bermaydi. b). Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustahkamligi va ishlab chiqarilayotgan tovarlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligi pul tizimining braqarorligini ta’minlashga bevosita xizmat qiladi. Chunki bozor munosabatlarining chuqurlashuvi mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy integratsiyani rivojlanishiga va iqtisodiyotning globallashuviga olib keladi. Ushbu sharoitda olib borilayotgan makro va mikroiqtisodiy siyosat tegishli samarani bermasa, mamlakatda importining hajmi eksportga nisbatan ortib ketishi kuzatiladi. Bu esa o‘z navbatida pul tizimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bo’lgan nisbatining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Markaziy bank o’zining vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda davlatning valyuta munosabatlari bo’yicha siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta siyosatining joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. Bularning ichida eng asosiylari sifatida mamlakatning to’lov balansi, hukumatning valyuta munosabatlari bo’yicha ichki va tashqi pul – kredit siyosati va milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashning tartibini ta’kidlash mumkin. Markaziy bank valyuta siyosatini olib borishda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 7. Tijorat banklariga xorijiy valyutalarda operatsiyalarni amalga oshirish uchun bir marotabalik va Bosh litsenziyalarni beradi hamda qaytarib oladi; 8. Vakolatli tijorat banklarining o’zlari va mijozlari nomidan chet el valyutalarini sotish va sotib olishning miqdorini, ya’ni ochiq valyuta pozitsiyalarini belgilaydi. Ochiq valyuta pozitsiyasi deganda, bankning tegishli chet el valyutasidagi aktivlarini uning majburiyatidan ortiqchaligi (uzun valyuta pozitsiyasi) yoki ushbu aktivlarning majburiyatdan pastligi (qisqa valyuta pozitsiyasi) tushuniladi. 9. O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutalarini sotish va sotib olishni tartibga solib boradi; 10.Tijorat banklarida chet el valyutasi va to’lov hujjatlari hamda boshqa qimmatliklar bo’yicha kassa operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning tartibini belgilaydi; 11.Vakolatli banklarda norezedentlarning O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisob – varaqlarining yuritish tartibini belgilaydi; 12. Vakolatli banklarda rezident va norezedent (yuridik va jismoniy shaxs)larga chet el valyutasida hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibini belgilaydi; 13.O’zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarning chet el valyutalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va kassa intizomiga rioya etishni tartibga soladi; 14.Investitsion loyihalarni erkin valyutalarda kreditlashning tartibini belgilaydi. Markaziy bank valyuta siyosatini amalga oshirishda valyuta interventsiyasidan keng miqiyosda foydalandi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling