Iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini ta’minlash sharoitida korxonada resurs tejamkorligini amalga oshirish yo’nalishlari


Resurslar milliy iqtisodiyotdagi o‘rni


Download 52.99 Kb.
bet3/7
Sana18.02.2023
Hajmi52.99 Kb.
#1210442
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQTISODIY RIVOJLANISHNING SAMARADORLIGINI TA’MINLASH SHAROITIDA KORXONADA RESURS TEJAMKORLIGINI AMALGA OSHIRISH YO’NALISHLARI

2. Resurslar milliy iqtisodiyotdagi o‘rni


Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni joylashtirish o‘ziga xos xususiyatga ega. Bu borada tadbirkor albatta foydali, qo‘shimcha daromadni ko‘zlaydi, davlat esa ish o‘rinlarini ko‘paytirish, mehnat resurslarini band qilish, ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilish, hududlarning rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirishga intiladi. Demak, bunday vaziyatda har ikki yo‘nalishni muvofiqlashtirgan holda masalani yechish talab etiladi.
Ishlab chiqarishni joylashtirish uchun eng avalo joy, ya’ni yer, maydon kerak. Biroq, buning uchun har qanday joy ham to‘g‘ri kelavermaydi. Qolaversa, hudud ham har qanday korxona yoki ekinlarni «istamaydi» va aksincha, xo‘jalikning barcha tarmoqlari ham to‘g‘ri kelgan joyga joylashtirilmaydi. Agar ishlab chiqirish yer, maydonning imkoniyati va sharoitidan qat’iy nazar, joylashtirilsa, u holda geografik nomuvofiqlik vujudga keladi, tabiatning xususiyati inkor etiladi, «soch teskarisiga taraladi». Ayni vaqtda xo‘jalik tarmoqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri, istalgan joyda tashkil etilsa, u ko‘zda tutilgan iqtisodiy manfaatlarga olib kelmasligi, ekologik muammolarga, ortiqcha transport harajatlariga sabab bo‘lishi aniq. Ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish tarmoqlarini joylashtirishda ham hudud, ham tarmoq xususiyatlari inobatga olinishi zarur.
Tabiatda, go‘yo yer maydonining muayyan joylari aynan qandaydir xo‘jalik tarmog‘ini joylashtirish uchun yaratilgandek. Boshqacha qilib aytganda, har bir joyning o‘ziga xos va o‘ziga mos funksiyasi mavjud. Demak, yerning o‘ziga xos qiymati bor va bu qiymat turli sharoitda turlicha. Mazkur masala bilan yer kadastri shug‘ullanadi. Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, hududning iqtisodiy, demografik, ekologik sig‘imlari bir xil emas. Odatda, aholi zichligi, ya’ni 1 km.ga necha kishi to‘g‘ri kelishi hududdan foydalanishning umumiy ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga hududning iqtisodiy salohiyatini ham hisoblash mumkin. Qishloq xo‘jaligida bu masala oson yechiladi, ya’ni bir gektar yer qancha mahsulot berishi aniq, ammo xo‘jalikning boshqa tarmoqlarida yer «hosildorligi» yoki xizmati kam e’tiborga olinadi. Vaholanki, har bir gektar maydonning qancha yalpi ichki mahsulot yoki milliy daromad yaratishini ham aniqlash e’tiborlidir.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, yer tabiiy boylik, resursdir. Lekin ko‘pincha yerga biz oddiy sharoit sifatida qarashga odatlanganmiz, ham misoli qutichadek (unga to‘g‘ri kelgan narsani solaveramiz). Ishlab chiqarish tarmoqlarini hududiy tashkil etishga turli omillar ta’sir qiladi. Modomiki, ta’sir etuvchi omillar ko‘p ekan, gap ularning ta’sir darajasi to‘g‘risida borishi kerak. Shu nuqtai nazardan muayyan tarmoq yoki korxona uchun bir yoki ikki omil hal qiluvchi ahamiyatga ega, qolganlari esa ikkinchi, uchinchi va hokazo darajali hisoblanadi, asosiy maqsad shu asosiy omilni aniqlashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
Umuman aytganda, har bir korxona yoki qishloq xo‘jaligi ekini uchun ma’lum miqdorda xomashyo, yer, suv, harorat, ishchi kuchi, texnika vositalari, elektr energiyasi, transport va boshqalar kerak. Bu omillarni shartli ravishda ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy omillar. Tabiiy o‘g‘itlar eng avvalo yer va uning ustki tuzilishi, qazilma boyliklar, iqlim, suv, harorat, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosi kiradi.
Bu xususda tabiiy geografik bilimlar zarur bo‘ladi.
Mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi, har bir tarmoqda ishlab chiqarish korxonalarining o‘sishi bilan birga qayta ishlashni tashkil etish orqali resurslar tejamkorligiga erishishi mumkin. Ammo, qayta ishlab chiqarish orqali ishlab chiqarilgan tovarlarning narxlarini birlamchi xamashyolardan tayyorlangan tovarlardan farqli hamda iste’molchilar uchun axborot belgisi bilan sotish zaruriyati to‘g‘iladi. Bunda, milliy iqtisodiyotdagi samaradorlik ko‘rsatkichini ta’minlash, resurslar tejamkorligiga erishish mumkin.
Barcha resurslar – tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag‘lari va boshqa resurslarning barchasi cheklangan miqdordadir.
Insonlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai tabiatning resurslari va boyliklaridir. Ular ... “Yer ostida, ustida, daryolari, ko‘llari, dengiz va okeanlari, hayvonat dunyosi bag‘ridadir. Sirtdan qaraganda, tabiiy resurslar bitmas-tuganmasdek tuyuladi. Biroq Yer yuzida million-million yillar davomida odamlar yashab, uning resurslari o‘zlashtirilib, iste’mol qilinib kelinayotgani, ba’zan tabiiy resurslar ayovsiz, vahshiylarcha, qayta tiklanmay tortib olinayotgani natijasida kamayib bormoqda, hatto ba’zi g‘oyat nodir resurslar, ko‘p iste’mol qilinayotganlari yo‘qolib ketdi yoki yo‘qolib bormoqda.
... bizning davrimizga kelib tabiiy resurslar g‘oyat cheklanib bormoqda. Insoniyat bu bilan so‘zsiz hisoblashishi kerak, aks holda kelajak hayotimiz xavf ostidadir”5.
Jahon hamjamiyatining bugungi ishlab chiqarish darajasini hisobga olgan holda qilingan bashoratlarga ko‘ra insoniyat 2500 yilga kelib, barcha metall zaxiralarini sarflab bo‘ladi. Bunda temir rudasi 250 yilga, aluminiy 570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo‘rg‘oshin 19 yilga yetishi taxmin qilinmoqda. Qolayversa, bugungi kunda ishlab chiqarishda qo‘rg‘oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikel, volfram, misdan foydalanish muammosiga duch kelinmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni energoresurslar: neft, gaz, ko‘mir bilan ta’minlash muammosi ham alohida muammo bo‘lib qolishi ehtimoldan holi emas6.
Mavjud resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi.
XXI asr − innovatsiyalar asri. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitida iqtisodiyot fani jamiyatda bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Iqtisodiy asoslab berilgan hisob-kitob va bashoratlar “Iqtisodiyot” fanining muhim tarkibiy qismi sifatida − korxona (firma)lar faoliyatida tavakkalchilik (risk) darajasini kamaytirishga, resurslardan foydalanishni optimallashtirishga hamda yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng maqbul yo‘llarni tanlashga imkoniyat tug‘diradi.

Download 52.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling