Iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini ta’minlash sharoitida korxonada resurs tejamkorligini amalga oshirish yo’nalishlari
Resurs tushunchasi va uning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni
Download 52.99 Kb.
|
IQTISODIY RIVOJLANISHNING SAMARADORLIGINI TA’MINLASH SHAROITIDA KORXONADA RESURS TEJAMKORLIGINI AMALGA OSHIRISH YO’NALISHLARI
1. Resurs tushunchasi va uning milliy iqtisodiyotdagi o‘rniShuni ta’kidlash lozimki, “iqtisodiyot” atamasi “iqtisod” atamasiga qaraganda kengroq ma’noga ega. Ikkinchisi birinchisining tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi davrda ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish sohalarida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish va ularni “uvol” qilmaslik (ulardan tejamli foydalanish) o‘ta dolzarb bo‘lib bormoqda. Barcha resurslar – tabiiy boyliklar, malakali ishchi kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, pul mablag‘lari va boshqa resurslarning barchasi cheklangan miqdordadir. Insonlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishning asosiy manbai tabiatning resurslari va boyliklaridir. Ular ... “Yer ostida, ustida, daryolari, ko‘llari, dengiz va okeanlari, hayvonat dunyosi bag‘ridadir. Sirtdan qaraganda, tabiiy resurslar bitmas-tuganmasdek tuyuladi. Biroq Yer yuzida million-million yillar davomida odamlar yashab, uning resurslari o‘zlashtirilib, iste’mol qilinib kelinayotgani, ba’zan tabiiy resurslar ayovsiz, vahshiylarcha, qayta tiklanmay tortib olinayotgani natijasida kamayib bormoqda, hatto ba’zi g‘oyat nodir resurslar, ko‘p iste’mol qilinayotganlari yo‘qolib ketdi yoki yo‘qolib bormoqda. ... bizning davrimizga kelib tabiiy resurslar g‘oyat cheklanib bormoqda. Insoniyat bu bilan so‘zsiz hisoblashishi kerak, aks holda kelajak hayotimiz xavf ostidadir”1. Jahon hamjamiyatining bugungi ishlab chiqarish darajasini hisobga olgan holda qilingan bashoratlarga ko‘ra insoniyat 2500 yilga kelib, barcha metall zaxiralarini sarflab bo‘ladi. Bunda temir rudasi 250 yilga, aluminiy 570, mis 29, rux 23, qalayi 35, qo‘rg‘oshin 19 yilga yetishi taxmin qilinmoqda. Qolayversa, bugungi kunda ishlab chiqarishda qo‘rg‘oshin, qalayi, rux, oltin, kumush, platina, nikel, volfram, misdan foydalanish muammosiga duch kelinmoqda. Yaqin yuz yil ichida ishlab chiqarishni energoresurslar: neft, gaz, ko‘mir bilan ta’minlash muammosi ham alohida muammo bo‘lib qolishi ehtimoldan holi emas2. Mavjud resurslardan oqilona foydalanib, aholining to‘xtovsiz o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, resurslar va mahsulotlarni to‘g‘ri taqsimlash yo‘llarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Iqtisodiyot tushunchasiga mamlakatdagi ishlab chiqarish holati, uning joylanishi va dinamikasi (harakati) ham kiradi. U mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlari bilan ham bog‘liqdir. Masalan, O‘zbekiston iqtisodiyotining hozirgi holati va darajasi uning xom ashyo ishlab chiqarishga yo‘naltirilganligi, asta-sekin bevosita pirovard (tayyor) mahsulotlar ishlab chiqarishga va o‘z aholisi hamda chet el ehtiyojlarini qondirishga o‘tila borayotgani bilan tavsiflanadi”3. “... paxta xomashyosining o‘zini to‘qimachilik va yengil sanoatning boshqa tarmoqlarida yanada chuqur qayta ishlashni ta’minlab. Chetga bo‘yalgan ipkalava, trikotaj polotno va matolar sotadigan bo‘lsak, keyinchalik tayyor to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar va dizaynni o‘zlashtirib olsak, katta samaradorlikka erishishimiz mumkin. Ana shu birgina misol bizda hali-beri ishga solinmagan qancha-qancha imkoniyatlar borligiga ishonch hosil qilish qiyin emas, ...”4. Iqtisodiyot tushunchasi insonlarning moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarishidagi, ularni ayirboshlash (sotish)dagi xo‘jalik faoliyatini ham anglatadi. Moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ularni ayirboshlash (sotish) tizimi qanchalik mukammal bo‘lsa mamlakatning iqtisodiy ko‘rsatkichlari va aholining turmush tarzi, resurslardan oqilona foydalanish darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. XXI asr − innovatsiyalar asri. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitida iqtisodiyot fani jamiyatda bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanib bormoqda. Iqtisodiy asoslab berilgan hisob-kitob va bashoratlar “Iqtisodiyot” fanining muhim tarkibiy qismi sifatida − korxona (firma)lar faoliyatida tavakkalchilik (risk) darajasini kamaytirishga, resurslardan foydalanishni optimallashtirishga hamda yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng maqbul yo‘llarni tanlashga imkoniyat tug‘diradi. Tejamkorlik hozirgi zamon talabi. Shuning uchun ham tejamkorlik va samaradorlik tamoyilining mohiyati − moddiy va mehnat resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish, eng kam xarajatlar bilan eng ko‘p natijalarga erishish, ishlab chiqarish zahiralaridan to‘liq foydalanishda ifodalanadi. Korxonalarda bu tamoyilning amal qilishi − korxona rahbari va barcha xodimlar (birinchi o‘rinda xom ashyo va materiallardan tayyor masulot yaratuvchi ishchilar)ning mehnat qoidasiga rioya etishiga bog‘liq. ”Samaradorlik – jamiyatning barcha a’zolari tomonidan olinadigan sifatli resurslar taqsimotining umumiy xarajatlarni maksimallashtirishga yo‘naltirilganligi”. Foydali qazilmalarning tabiatdagi miqdori, foydalanishdagi maqsadiga ko‘ra ma’danli va noma’dan foydali qazilmalarga bo‘linadi. Suyuq va gazsimon foydali qazilmalar alohida guruhni tashkil etadi. Konlarning geologik o‘rganilish darajasi, geologik tuzilmalari, foydali qazilmalari tarkibi va xossalarini o‘rganish darajasi, tog‘ ishlari miqdori va xarakteri hamda ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab, kon zaxiralari 4 toifaga bo‘linadi. Bular: A, V, CL, C2. A toifaga foydali qazilmalarning turlari va texnologik xossalari o‘rganilgan zaxiralari kiradi. Foydali qazilmalarning V toifadagi zaxiralari ruda jismlarining yotishi hollari, tabiiy turlari va sanoat navlari aniqlanib hisoblanadi. Bunday zaxiralar qidirib topilgan va chegaralangan bo‘ladi. C1 kategoriyaga kiritilgan foydali qazilmalar zaxiralari konlarning alohida uchastkalaridan olingan texnologik namunalarni o‘rganish asosida aniqlanadi, ammo rudalarning xillari, sifati va texnologik xarakteristikasi aniqlanmagan bo‘ladi. Zaxiralar geologik, sanoat ahamiyatiga molik va ekspluatatsiya turlariga bo‘linadi. Mineral resurslarga bo‘lgan talab vaqtga qarab o‘zgarib turadi va u jamiyatning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish ehtiyojlariga, shuningdek texnika taraqqiyotiga va iqtisodiy imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiy mineral moddalar ularga bo‘lgan ehtiyoj va amalda ulardan foydalanish usullari paydo bo‘lgandagina mineral resurslarga aylanadi. Texnika bilan qurollanganlik darajasi qancha yuqori bo‘lsa, foydali qazilmalar assortimenti shunchalik ko‘p bo‘ladi va mineral xomashyoning ko‘plab yangi turlari sanoat ishlab chiqarishga jalb etiladi. Masalan, sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan toshko‘mirdan faqat XVII asr oxiridan, neftdan XIX asr o‘rtalaridan, aluminiy, magniy, xrom va nodir elementlar ma’danlaridan va kaliyli tuzlardan XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan, uranli ma’danlardan esa XX asr o‘rtalaridan boshlab foydali qazilma sifatida foydalanib kelinmoqda. Download 52.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling