Iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini ta’minlash sharoitida korxonada resurs tejamkorligini amalga oshirish yo’nalishlari


Download 52.99 Kb.
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi52.99 Kb.
#1210442
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQTISODIY RIVOJLANISHNING SAMARADORLIGINI TA’MINLASH SHAROITIDA KORXONADA RESURS TEJAMKORLIGINI AMALGA OSHIRISH YO’NALISHLARI


IQTISODIY RIVOJLANISHNING SAMARADORLIGINI TA’MINLASH SHAROITIDA KORXONADA RESURS TEJAMKORLIGINI AMALGA OSHIRISH YO’NALISHLARI


MUNDARIJA


KIRISH 2
1. Resurs tushunchasi va uning milliy iqtisodiyotdagi o‘rni 3
2. Resurslar milliy iqtisodiyotdagi o‘rni 7
3. Ikkilamchi resurslardan foydalanishning 10
ijtimoiy –iqtisodiy ahamiyati 10
4. Ikkilamchi resurslarni klassifikatsiyasi, ulardan foydalanish va xalq xo‘jaligidagi axamiyati 13
5. Chiqindisiz ishlab chiqarishning iqitisodiy 18
axamiyati va asosiy yo‘nalishlari 18
Xulosa 21
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 23


KIRISH


Sanoat ishlab chiqarishida resurslar asosiy o‘rinni egallaydi. Ulardan iste’molchi uchun moddiy ne’matlar yaratiladi. Ishlab chiqarishni uzluksiz va sifatli ta’minlashda resurslar manbai zarur bo‘ladi. Shuning uchun ham har bir tarmoqning faoliyati mavjud resurslardan kelib chiqadi va barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash sharoitida resurslarning miqdori hamda ularning joylashuvi mamlakat iqtisodiyotida katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki bugungi bozor sharoitida iste’molchilarning talabi ortib bormoqda, ularning soni yildan yilga ko‘payib bormoqda. Ammo, resurslar qanchalik ko‘p bo‘lishidan qat’iy nazar ular chegaralangan va ularning ko‘p qismi tiklanmaydigan resurslarni tashkil etadi.
Mavjud resurslardan oqilona foydalanish bugungi bozor talabi va iqtisodchi olimlarning ko‘p yillik tahlillaridan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqilishi shart bo‘lgan eng muhim mavzulardan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki, har bir moddiy ne’mat yaratuvchi korxona uchun ma’lum turdagi resurslarni talab etadi. Hozirgi kunda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatuvchi sohalarning tez sur’atlar bilan rivojlanib borayotgani boshqa asrlarda iste’mol qilingan resurslardan ko‘ra ko‘p qismni tashkil etgan.
Industrial tarmoqning rivojlanishi o‘z navbatida resurslarning sarfini ham ko‘paytiradi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, hozirgi zamon iqtisodiyotida turgan muammolardan biri bo‘lib resurslardan oqilona foydalanish hisoblanib kelmoqda. Ayrim mamlakatlarning resurslarga doir siyosatida ko‘rish mumkinki, ishlab chiqarilayotgan tovarlarni ikkilamchi, ya’ni xujalik chiqindilarini qayta ishlab chiqarilishi evaziga o‘z faoliyatlarini tashkil etganlar. Bu albatta iqtisodiyotda resurslardan oqilona foydalanish uchun qulaydir. Ammo, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish korxonalarida fan-texnika taraqqiyotini qo‘llash ham resurslar tejamkorligini ta’minlaydi.
Sanoat tabiatda uchraydigan moddiy boyliklarni qazib chiqarish va tayyorlashni, ularni va qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni o‘z ichiga qamrab oladi.
Sanoat barcha milliy iqtisodiyot tarmoqlari uchun ishlab chiqarish kuchlarining asosiy elementlaridan biri hisoblangan jamiyatning tabiat ustidan hukmronligini birmuncha orttiradigan, texnika taraqqiyotini belgilaydigan, inson mehnatining unumdorligini oshirishga imkon beradigan, mehnat va ishlab chiqarish qurollarini yaratadigan sohadir.
Sanoat taraqqiyoti ishlab chiqarish kuchlarining bir tomonlama rivojlanishiga xotima beradi, mamlakat va uning ajralmas qismi bo‘lmish viloyatlarda tabiiy boyliklardan, xom ashyo va mehnat resurslaridan kengroq va har tomonlama foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Download 52.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling