Iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini ta’minlash sharoitida korxonada resurs tejamkorligini amalga oshirish yo’nalishlari


Ikkilamchi resurslardan foydalanishning


Download 52.99 Kb.
bet4/7
Sana18.02.2023
Hajmi52.99 Kb.
#1210442
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQTISODIY RIVOJLANISHNING SAMARADORLIGINI TA’MINLASH SHAROITIDA KORXONADA RESURS TEJAMKORLIGINI AMALGA OSHIRISH YO’NALISHLARI

3. Ikkilamchi resurslardan foydalanishning

ijtimoiy –iqtisodiy ahamiyati


Tabiiy resurslardan foydalanish “ tabiat - jamiyat ” tizimini o‘zaro bog‘lab turadigin asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Bu jarayonda tabiat va inson, ekologiya va iqitisodiyot murakkab, ko‘p omilli aloqada bo‘ladi va o‘zaro bog‘liq yaxlit tizimga birlashadi. Resurslardan foydalanish ularning zaxiralari kamayishi yoki tugashiga olib keladi, bu jarayonda ko‘plab chiqindilar paydo bo‘ladi, ular ko‘p miqdorda to‘planadi. Insoniyatning resurslardan oladigan, o‘z ehtiyojlari uchun sarflaydigan barcha mahsulotlari, bo‘limlari (oziq–ovqat, kiyim–kechak, mebel, mashinalar, materiallar) erta yoki kech chiqindilarga aylanadi.
Barcha chiqindi turlarini hisobga olganda ijtimoiy foydali mahsulot ishlatilgan tabiiy moddalar va energiyaning atigi 2% ni tashkil etadi, qolgan 98 % ni esa chiqindilar tashkil etadi. Shu sababli tabiat muxofazasi tadbirlari orasida xomashyo va materiallarni to‘la har tomonlama to‘liq qayta ishlash muhim axamiyatga ega. Chiqindilar miqdorini kamaytirishga imkon beruvchi texnologiyalarni keng qo‘llash va chiqindilarni eng ko‘p darajada qayta ishlash chiqitga chiqarishni maksimal kamaytirishni amalga oshirish ularning atrof tabiiy muhitga zararli ta’sirini oldini olishga xizmat qiladi. Chiqindilar bilan bog‘liq bo‘lgan hozirgi muammolar yechimini topish dolzarb masala hisoblanadi. Chiqindilar bir tomondan, tabiiy resurslardan to‘liq foydanilmayotganligini ko‘rsatsa, (ularni chiqitga chiqarmaslik mamlakat xomashyo bazasini kengaytirishga, tannarxni pasayishiga, resurslarni tejashga imkon beradi), boshqa tomondan, ular tuproq, suv havoni ifloslantiruvchi xavfli manba bo‘lib, katta yer maydonlarini bekorga band qiladi.
Chiqindilarning ko‘plab to‘planib qolayotganligi, miqdorining esa tez sur’atlarda ko‘payib borishi bu muammoning keskin qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda.
Ikkilamchi resurslardan foydalanishni tartibga solish tushunchasi ekologiya va tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti tushunchalari tutashgan chegaralarda shakllanayotganligiga bog‘liq holda uning tushunchalari tarkibi va yangi tizimi apparati rivojlanib bormoqda.
Chiqindilar keng ma’noda insoniyatning xo‘jalaik faoliyati, energiya olish, odamning hayoti va faoliyati jarayonida hosil bo‘ladigan, atrof– muhitga chiqaradigan xilma–xil qoldiqlar, o‘zining ist’emol xususiyatlarini yo‘qotgan mahsulotlar va buyumlar tashlandiqlari majmuasini o‘z ichiga oladi. Ularga maishiy – ro‘zg‘or chiqindilari, sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurulish va boshqa tarmoqlarning atmosfera, gidrosfera va litosferaga tushadigan chiqindilari, tashlanadigan gaz chiqindilari, neft va neft mahsulotlari oqavalari, og‘ir metallar va zaxarli moddalar, atom elektrostansiyalari chiqindilari va boshqalar kiradi. Chiqindilarni kamaytirish va yo‘qotish, ulardan maqsadga muvofiq foydalanish keng qamrovli muammoga aylangan.
Chiqindilar va ikkilamchi resurslar tushunchalari amaliyotda deyarli bir xil ma’noda qo‘llaniladi. Ikkilamchi resurslar moddiy va energetika resurslariga bo‘linadi. Ikkilamchi moddiy resurslarga xalq xo‘jaligida shakillanadigan ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari kiradi. Energetika ikkilamchi resurslari o‘ziga xos bo‘lib, ular xavoga chiqarilgan issiqlik energiyasi resurslari hisoblandi. Ularni chiqitga chiqarmasdan, xalq xo‘jaligida foydalanish mumkin. Shunday qilib ikkilamchi resurslar chiqindilar asosida olinadigan va bevosita yoki bilvosita xalq xo‘jaligida foydalanish mumkin bo‘lgan resurslar ma’nosini bildiradi.
Ikkilamchi resurslardan foydalanish masalasi bo‘yicha ko‘pgina maxsus adabiyotlarda va uslubiy qo‘llanmalarda “ chiqindi ”, “ tashlandiq ”, “ yo‘ldosh mahsulotlar ”, “ tashlama ” va boshqa atamalarni uchratish mumkin. Bu turdagi resurslarga bir qator avtorlar tomonidan kiritilgan aniqliklar har biri xaqida aloxida aniq tasavvur bermaydi. Shu sababli ikkilamchi resurslarni tizimga solishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.
1985 yil GOST 25916-83 “Ikkilamchi material resurs. Atamalar va aniqliklar.” qabul qilingunga qadar mamlakatning iqtisodiy va texnikaviy adabiyotlarida ikkilamchi resurslardan foydalanish bo‘yicha umumiy qabul qilingan atamalar mavjud emas edi. Shu sababli tushunchalarda noaniqlik yuzaga kelishiga, rasmiy xujjatlarda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishiga va shu masalada ish yurituvchi alohida ilmiy xodimlarning faoliyatida ham ana shu muammo mavjud bo‘lgan.
Bir qancha mutaxassislar “ikkilamchi xomashyo” tushunchasini aniqlashda ikki xil nuqtai nazar mavjudligini tadqiqotlar natijasida aniqlashdi.
Birinchi nuqtai nazar ikkilamchi xomashyoning iste’mol chiqindisi tushunchasini o‘z ichiga oladi, ishlab chiqarish chiqindisini esa alohida guruhga ajratilgan. U qayta ishlash uchun qo‘shimcha resurs hisoblangan.
Ikkinchi nuqtai nazardan kelib chiqib quyidagi ikkilamchi xomashyo shaklini keltiramiz: ikkilamchi xomashyo - bu ishlab chiqarish va iste’mol chiqindisi hisoblanib, uni qayta ishlash natijasida tayyor mahsulot olish mumkin.
Keyinchalik ikkinchi aniqlik amaliyotda ikkilamchi resurslardan foydalanishning rivojlanishi asos qilib olingan.
I.T.Ermatov chiqindi, qo‘shimcha mahsulot va ikkilamchi material resurslarni bir xil tushuncha deb hisoblamay, balki ularni quyidagi tartibda keltirishni taklif etadi:

  1. ikkilamchi material resurslar;

  2. qo‘shimcha mahsulot;

  3. foydalanilgan chiqindilar;

  4. chiqindilar;

  5. tashlandiqlar.

Uning fikri bilan biz hisoblasha olmaymiz. Chunki, barcha ishlab chiqarish chiqindilari, iste’mol chiqindilari, qo‘shimcha va yo‘ldosh mahsulotlar ikkilamchi material resurslar tarkibiga kiradi. Bu aniqlikni bizning iqtisodiy va texnikaviy adabiyotlarda tasdiqlangunga qadar, shuningdek doimiy amaliyotda ikkilamchi xomashyo va ikkilamchi material resurslarning turli tushunchalaridan foydalanilgan, bu xolat alohida ko‘rsatkichlarni taqqoslab bo‘lmaydigan, ya’ni ulardan foydalanish xajmi va darajasining nomuvofiqligi asta-sekin bartaraf qilinmoqda.

Download 52.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling