Iqtisodiy rivojlanishning samaradorligini ta’minlash sharoitida korxonada resurs tejamkorligini amalga oshirish yo’nalishlari


Ikkilamchi resurslarni klassifikatsiyasi, ulardan foydalanish va xalq xo‘jaligidagi axamiyati


Download 52.99 Kb.
bet5/7
Sana18.02.2023
Hajmi52.99 Kb.
#1210442
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
IQTISODIY RIVOJLANISHNING SAMARADORLIGINI TA’MINLASH SHAROITIDA KORXONADA RESURS TEJAMKORLIGINI AMALGA OSHIRISH YO’NALISHLARI

4. Ikkilamchi resurslarni klassifikatsiyasi, ulardan foydalanish va xalq xo‘jaligidagi axamiyati


Chiqindilarning xajmi va xilma – xiligi ishlab chiqarishning xilma – xiligi va miqyoslari, yangi materiallarni qo‘lash bilan belgilanadi. Ular gazsimon, suyuq va qattiq ko‘rinishda bo‘lib, atmosfera, suv, tuproq va umuman tabiiy muhitni ifloslantiradi.
Turli chiqindilarning miqdori, tarkibi, xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va ularni ekologik – iqtisodiy taxlil etish uchun chiqindilar turkumlanishini ishlab chiqish muhim axamyatga ega. Chiqindilar to‘planishi xarakteri ko‘p jihatdan korxonalarda chiqindilarni hisobga olish va ulardan foydalanish samarasini belgilab beradi. Turkumlashlarni tuzishga turlicha yondashuvlar mavjud. Taxlil qilinadigan belgilarga ko‘ra chiqindilarni ko‘p turlarga bo‘lish mumkin. Masalan, agregat (chiqindilar majmui) xolatiga ko‘ra chiqindilar qattiq, suyuq, gazsimon, pastasimon turlarga bo‘linadi. Atrof – muhit xolati ta’siriga ko‘ra chiqindilarni o‘ta zaxarli, yong‘in xavfi bor, portlash xavfi bor, zaxarsiz turlarga bo‘lish mumkin. Turli vazirlik va tashkilotlarning chiqindilardagi xissasini taxlil qilish maqsadlariga chiqindilarni xosil bo‘lish manbalariga ko‘ra turkumlash mumkin.
Turli turkumlanishlarda xususiy misol tariqasida chiqindilarni yig‘ish va yo‘qotish bo‘yicha guruhlanishini keltiramiz:

  • sanoat chiqindilari ( chiqindilarda yig‘iladi );

  • korxonalarning maxsus chiqindilari ( maxsus ishlov va favqulotda extiyotkorlikni talab qiladigan chiqindilar – zaharli va boshqa noqulay xususiyatlarga ega);

  • korxonalar ishlab chiqarish maydonlarni tozalash chiqindilari ( kar’erlar, shaxtalar, konlar va korxonalar chiqindilari );

  • radioaktiv chiqindilar ( radioaktiv moddalar mavjud bo‘lgan chiqindilar ) va boshqalar.

Maxalliy xomashyolarning ayrim turlari chiqindilar hisoblanadi. Chiqindilarning xosil bo‘lishidan tortib to ularning qayta ishlash, atrof – muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar xosil bo‘lishini kamaytirish, ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanishgacha bo‘lgan jarayonlar bir – birlari bilan va boshqa qator omillar bilan uzluksiz bog‘langan. Ular murakkab, ko‘p omilli va o‘zaro bog‘liq yaxlit tizimni tashkil etadi.
Sabab – oqibat aloqalari zanjirini namoyon bo‘lishi nuqtai nazaridan chiqindi bilan bog‘liq muammolar yo‘nalishlarini (aspektlarni) quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: resurs, geoekologiya, ijtimoiy – iqtisodiy.
Resurs yo‘nalishi (aspekti) resurs zahiralarining, kamayishi, tugashi, ularning ko‘pchiligini foydanilgandan keyin tiklanmasligi va boshqalar bilan uzviy bog‘liqdir. Inson xo‘jalik faoliyatida resurslarning xosil bo‘lishi bir tomondan, tabiiy resurslardan yetarli darajada maqsadga muvofiq foydalanilmayotganligini, boshqa tomondan esa fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga, atrof – muhitga zararli ta’sirning kuchayishini ko‘rsatadi. Ularning asosiy sababi resurslardan foydalanish bilan bog‘liq.
Geoekologik yo‘nalish resurs yo‘nalishi bilan juda yaqin bog‘langan, lekin undan chiqindilar muamosini tahlil qilish nuqtai nazaridan farq qiladi. Bunda chiqindilarning tabiat majmualari, qismlari vazifasi, geokimyoviy sikllari tuzilmasi, geosferaning termodinamik parametrlari o‘zgarishlariga olib kelishi va uning oqibatlari o‘rganiladi. Birinchi navbatda, asosiy e’tibor chiqindilarning iqlim o‘zgarishiga olib kelishi, azon qatlamining yemirilishi, bioxilma–xillik, geografik tizimlar barqarorligining kamayishiga ta’sir va boshqalarning atrof–muhitga zararli ta’siri oldini olishning asosiy yo‘nalishlari ilmiy asoslab beriladi. Bu jarayonlar inson xo‘jalik faoliyatining faollashuvi oqibatida sodir bo‘ladi, lekin ularni resurslardan bevosita foydalanishi natijasi deb hisoblash masalasiga bir tomonlama yondoshish bo‘lishi mumkin. Masalan, ozon qatlamining yemirilishi sanoatda ozondan foydalanish oqibati bo‘lmay, balki atmosferaning chiqindilar bilan ifloslanishiga bog‘liqdir. Iqlimning o‘zgarishi, biosfera barqarorligining pasayishi insonning ushbu yo‘nalishdagi maqsadga yo‘naltirilgan ( resursdan foydalanish ) xarakatlari natijasida bo‘lmay, balki uning bilvosita resurs faoliyatining natijasi hisoblanadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalish asosiy e’tiborni chiqindilarga bog‘liq holda ijtimoiy-demografik, iqtisodiy, texnologik sabablarga va ularning resurslar kamayishi va atrof-muhit o‘zgarishlariga olib keladigan oqibatlariga qaratadi. Ular qatoriga cheklangan resurs bazasi sharoitida aholi sonining ko‘payishi va darajasi farqlar, potensial xavfli texnologiyaning rivojlanishi va boshqa ko‘plab muammolar kiradi. Bunda ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar – resurslar kamayishi – chiqindilarning ko‘payishi – geoekologik vaziyatning o‘zgarishi ( yomonlashuvi) zanjirining o‘zaro bog‘liqligi har tomonlama hisobga olinishi lozim.
Tabiiy va iqtisodiy resurslarning ko‘plab ishlatilishi, xozirgi tejamsiz texnologiyaning qo‘llanilayotganligi ko‘plab sanoat chiqindilari, ikkilamchi resurslarning to‘planib qolishiga olib kelmoqda. Biroq, resurslar cheklangan sharoitda bunday resurslarning ko‘mib tashlanishi, yo‘q qilib yuborilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Aksincha, ulardan foydalanishning texnologiyalarini yaratish maqsadga muvofiqdir.
Ikkilamchi resurs (mahsulot)lardan foiz hisobida foydalanish: ikkilamchi polimer materiallardan 21.3% gacha, ikkilamchi to‘qimachilik materiallaridan 63.2%, shina eritib 100% gacha, neft maxsulotlaridan 80% gacha, shisha chiqindilaridan 93%, yog‘ochdan 89% ga qadar foydalanish mumkin.
Sanoat chiqindilarining ma’lum qismi zaharli bo‘lib, ular odamga va tabiiy muhitga katta zarar yetkazadi. Ho‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan materiallarning 52 xilidan 20ga yaqini zaxarli hisoblanadi. Tabiatga antropogen manbalardan tabiiy manbalarga nisbatan qo‘rg‘oshin 18.3 marta, kadmiy 8.8 marta, rux 7.2 marta ko‘p chiqaralayotir, bunda xam ifloslanishning xajmi, xam uning to‘planishi miqdori tez o‘sib bormoqda. Sanoat tabiatda mavjud bo‘lmagan va tabiatga katta zararli ta’sir ko‘rsatadigan 60 ming nomdagi kimyoviy moddalarni ishlab chiqarayotir. Chiqindilar xajmining ko‘payib borishi ularni zararsizlantirish, ko‘mib tashlash, qayta ishlashga ko‘p mablag‘ va katta yer maydonlarini ajratishni taqozo etadi.
Shu bilan bir qatorda chiqindilarning ko‘pchilik turlari, shu jumladan, qattiq maishiy chiqindilar, o‘zining sifati va tarkibiga ko‘ra qimmatli texnik xomashyo xisoblanadi. Chiqindilarda, masalan, makulatura ( og‘irligi bo‘yicha 40 % gacha ), oziq – ovqat chiqindilari ( 24 – 40 % ), to‘qimachilik chiqindilari ( 4 – 5 % ), qora va rangli mettallar ( 2 – 5 % ), oyna ( 4 % ), yog‘och
( 3 % ), polimer materiallar ( 1 – 2 % ) bor. Bu chiqindilarni qayta ishlash xar yili ko‘p miqdorda ikkilamchi resurslarni ( qora va rangli metallar, organik o‘g‘it kompostlari va boshqalar) ishlab chiqiarishga imkon beradi. Lekin bu muammo yechimini topish katta qiyinchiliklarni bartaraf etishni, birinchi navbatda qattiq chiqindilarni to‘plash va qayta ishlash, chiqitga chiqarish poligonlari, korxonalarini loyixalashtirish, qurish, ishga tushirish uchun katta investitsiya talab qiladi.
Iqtisodiyot amaliyotida resurs sikllarining rivojlanish qonuniyatlari ikkilamchi resurslardan foydalanish tamoyillari orqali amalga oshiriladi. Ularga quyidagi tamoyillar kiradi:

  1. Chiqindilardan foydalanishning ilmiylik tamoyili, ob’ektiv qonuniyatlarni bilib olishga, eng yangi ilmiy va texnika yutuqlariga asoslanishni ko‘zda tutadi.

  2. Tizimli yondashuv tamoyili chiqindilarga ularning xosil bo‘lishi, ularni to‘plab olib ketish, saqlash, tashish, ko‘mib tashlash, qayta ishlash, chiqitga chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha ekologik – iqitisodiy faoliyatni ularning tabiiy muxitga ta’siri, tabiatning javob reaksiyasi nuqtai nazaridan xar tomonlama baxolashni ko‘zda tutadi. Tizimli yondoshuvga ko‘ra ko‘rsatilgan tadbirlar bir - biridan ajratilgan xolda ko‘rilmasligi, shu asosda resurslardan xar tomonlama foydalanishga erishish lozim.

  3. “ Resurs – chiqindi - resurs ” siklidan optimal foydalanish tamoyili ikkilamchi resurslardan foydalanish bo‘yicha bir vaqtning o‘zida ekologik va iqtisodiy yondashuvlarga asoslanib eng maqbul qaror qabul qilish va uni amalga oshirishni bildiradi. Bu tamoyilga asosan resurslardan foydalanish va tabiat muxofazasi muammolarini bir – biriga bog‘liq xolda optimal yo‘nalishda xal etish talab etiladi.

  4. Ishlab chiqarishda chiqindilar xosil bo‘lishi va to‘planishining kamayib borishini xisobga olish zarurati tamoyili dastlabki xomashyodan to‘la xar tomonlama foydalanishning amalga oshirilishini xisobga olishga asoslanadi. Bu tamoyil mavjud resurslardan tejash va texnologik jarayonlarning takomillashtirish asosida foydalanishni taqozo etadi. Chiqindilar xosil bo‘lishi jarayonida tabiiy muxit va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni garmonizatsiyalash ( uyg‘unlashtirish) tamoyili tabiiy – texnik, geotexnik yoki ekologik – iqitisodiy tizimlarni barpo etish va ularni maqsadga muvofiq eqspluatatsiya qilishga asoslanadi. Ularning majmuasi ishlab chiqarish va u bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan tabiiy muxit qismi yoki tabiat majmuasi o‘rtasidagi munosabatlarni, bir tomondan yuqori ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga erishish, boshka tomondan esa tabiiy resurslarni eng ko‘p asrash va qayta tiklash asosida uyg‘unlashtirishga asoslanishi kerak.

  5. Ikkilamchi resurslardan xar tomonlama foydalanish tamoyili dastlabki xomashyodan maksadga muvofiq foydalanish va uni chuqur qayta ishlashni talab qiladi. Xududiy ishlab chiqarish majmualari, korxonalarning shakllanishi va rivojlanishi chiqindisiz yoki kam chiqitli ishlab chiqarishga asoslanish kerak. Bu tamoyilni amalga oshirish “ chiqindilar yaratadigan xo‘jalik ”dan “ yopiq siklli xo‘jalikka ” o‘tishni talab qiladi.

Respublikada “O‘zbekiston metallurgiya kombinati ”xissadorlik ishlab chiqarish birlashmasi to‘liq ikkilamchi resurs – temir – tersakda (metall lom) ishlaydigan korxonalar tarkibiga kiradi. 2001 yilda korxona 600 ming tonnaga yaqin ikkilamchi metall xomashyosidan foydalangan va undan qiymati 30 mlrd. so‘mlik metollurgiya maxsulotlarini ishlab chiqargan. 1998 yilda korxona 357 ming tonna po‘lat, 322 ming tonna prokat ishlab chiqargan. Olmaliqdagi “Ammofos” ishlab chiqarish birashmasi fosfogips qattiq chiqindisini qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan.

Download 52.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling