Shu sababli, korxona bu ikki mahsulot turidan o‘rtacha foydaga erishish yo‘lini ishlab chiqadi.
Buning uchun Buning uchun
R1 o‘yinchining A strategiyasida chastotani noma’lum X bilan belgilaymiz. Mazkur holatda V strategiyadagi chastota esa (1-X) miqdorga teng bo‘ladi.
Endigi navbatda quyidagi hisob-kitoblarni amalga oshiramiz:
19500X+12300(1-X)=13400X + 17950(1-X)
117500X=56500
X=0,48 (1-0,48)=0,52
19500*0,48 + 12300*0,52=15756
13400*0,48 + 17950*0,52=15766
(200 + 250)*0,48 +(270+170)*0,52 = 236 kurtka + 208 palto
Demak korxona shuncha assortimentdagi mahsulot ishlab chiqarishi uning omillar ta’sirida tushumning va daromadning bir xilligini ta’minlash imkoniyatini beradi.
Xo‘jalik faoliyatining tahlili: ichki moliyaviy tahlil, tashqi moliyaviy tahlil Tashqi moliyaviy tahlil Tashqi moliyaviy tahlilning ahamiyatli jihatlari quyidagilar bilan xarakterlanadi:
-tahlil subyektlari va axborot foydalanuvchilarining ko‘pligi;
-tahlilchilarning maqsadi va qiziqishlarining turli-tumanligi;
-hisobga olish va hisobotlashning normativ qoidalari, tahlil etishning rasmiy jihatlarini belgilanganligi;
-tahlilning faqat chop etiladigan moliyaviy hisobot shakllaridagi axborotlar bazasiga tayangan holda o‘tkazilishi;
-qo‘yiladigan analitik masalalarning cheklanganligi;
-axborot foydalanuvchilar uchun korxona faoliyati yuzasidan tahlil natijalaridan foydalanishning maksimal ochiqligi.
ICHKI MOLIYAVIY TAHLIL Ichki moliyaviy tahlilning o‘ziga xos jihatlari:
-tahlil subyektlarining tor guruhi;
-tahlil natijalari faqat ichki talablarga, korxona boshqaruvi yuzasidan yo‘naltirilganligi;
-teran moliyaviy tahlilni o‘tkazishda axborotlarning keng doirasidan foydalanish imkoniyatini yuqoriligi;
-tahlilni o‘tkazish bo‘yicha normativ metodikalar bilan birgalikda aniq reglamentlari (tartiblarning) belgilanmagan usullaridan foydalanish imkoniyatlari;
-aniq boshqaruv qarorlarini tayyorlash yuzasidan chuqur moliyaviy tahlilni o‘tkazishning imkoniyatligi;
-boshqaruv apparati talablaridan kelib chiqqan holda analitik ishni tashkil etilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |