“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Institutsionalizmning umumiy tavsifi . T.Veblen institutsionalizm asoschisi.
Asosiy adabiyotlar:
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,15,16,17. Qo’shimcha adabiyotlar: 1,2,3,4,5,7,9,10. 158 10-MAVZU. INSTITUTSIONALIZM. Reja: 1. Institutsionalizmning umumiy tavsifi. T.Veblen institutsionalizm asoschisi. 2. J.K.Gelbreytning “Yangi industral jamiyat kontseptsiyasi”. 3. Institutsionalizmning asosiy muammosi va masalalari. “Klivergentsiya kontseptsiyasi”. “Xalq kapitalizmi”, “Industrial jamiyatdan keyingi jamiyat”, “Iqtisodiy o’sish bosqichlari”. Muammoli savollar: Anti monopol chora-tadbirlarni qo’llanishiga nima sabab bo’ladig’ Anti monopol tadbirlarga nimalar kiradig’ “ Bekorchilar sinfi” vakillari deb nimalarni aytish mumking’ Institutsionalizm ta’limotini ilgari suruvchilar qanday vosita va dastaklarga asoslanadilarg’ “Yangi industrial jamiyat kontseptsiyasi”ning mohiyati nimadag’ Qanday nazariya kapitalizm va sotsializm afzalliklariga asoslanadig’ 1. Institutsionalizmning umumiy tavsifi. T.Veblen institutsionalizm asoschisi. XIX asrning oxiri XX asrning boshida yuzaga kelgan konkret-tarixiy sharoit ta’sirida AQSh sotsial-iqtisodiy jihatdan dunyoda eng rivojlangan mamlakatga aylandi. Aynan Amerikada birinchi bo’lib erkin raqobatga asoslangan iqtisodiyotning monopolistik iqtisodiyotga o’tishi bilan bog’liq bo’lgan muammolar ancha keskin shaklda namoyon bo’la boshladi. Bu AQShda ilk bor antimonopol chora- tadbirlarning ishlab chiqilishiga, ularning XIX asrning oxirida mamlakatda qo’llanishilshiga asosiy sabablardan biri bo’ldi. Keyinchalik dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar bunday chora-tadbirlardan keng qo’llana boshladi. XX asrning boshida AQSh iqtisodchi-olimlari iqtisodiyotda kuchayib borayotgan monopolistik tendentsiyalarni tahlil qilgach va o’z mamlakatining «antitrest» siyosatiga ta’sir ko’rsatgach, iqtisoiyot ustidan sotsial nazorat qilish kontseptsiyasiga asos soldi. Ularning nazariyasi hozirgi kunda iqtisodiy fanda sotsial institutsional yoki oddiy qilib aytganda institutsionalizm deb ataluvchi yangi yo’nalishni boshlab berdi «Institutsionalizm» atamasi asosida «institut» tushunchasi yotadi, u institutsionalistlar tomonidan iqtisodiyotda va undan tashqaridagi rivojlanishda asosiy kuch sifatida ko’riladi. Institutsionalizm tarafdorlari «institut»larga xar hil kategoriya va tushunchalarni (masalan, davlat, oila, tadbirkorlik, monopoliyalar, xususiy mulkchilik, kasaba uyushmalari, din, ahloq va shu kabilar), mamlakatdagi an’ana, urf-odat, etika, huquqiy qoidalar, ijtimoiy psixologiya va asosiysi - iqtisodiyot evolyutsiyasini kiritadilar. 159 Institutsionalizm – bu ma’lum ma’noda iqtisodiy nazariyadagi yangi klassik yo’nalishga muqobildir. Agar yangi klassiklar A.Smitning bozor xo’jaligi mexanizimining takomilashganligi va iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblashi to’g’risidagi tezisiga va «sof iqtisodiy fan» ga amal qilsalar, institutsionalistlar esa moddiy omillar bilan birga iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi deb ruxiy, ma’naviy, huquqiy va boshq omillarni hisoblaydilar. Boshqacha aytganda, institutsionalizm o’zi tahlil qiladigan predmet sifatida sotsial-iqtisodiy rivojlanishning ham iqtisodiy, ham noiqtisodiy muammolarni ilgari surdi. Bunda tadqiqot ob’ekti institutlar-birlamchi yoki ikkilamchi turlarga ajratilmaydi va bir- birlariga qarshi qo’yilmaydi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling