“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
154 Pul massasi va iqtisodiy tsiklar. M. Fridmen Anna Shvarts bilan birga yozgan «Qo’shma Shtatlarning monetar tarixi (1867-1960 yil)» asarida katta hajmdagi materiallar yordamida pul massasining ko’chayishi bilan iqtisodiy tsikl fazalari o’rtasida bog’liqlik borligini ko’rsatib berdi. U pul massasi o’sishning tezlashuvi yoki sekinlashuvini kuzatib, deyarli 100 yil mobaynida AQSh ning barcha xo’jalik dinamikasi pul massasi harakati bilan aniqlanib kelingan, degan xulosaga kelgan. Pul massasining o’sish sur’atining o’zgarishi ijtimoiy mahsulot o’sishida o’zgarish keltirib chiqaradi. Pul massasining yuqori o’sish cho’qqisi ishlab chiqarishning o’sishini, pul massasining quyi nuqtasi ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi. Shunday qilib, pul massasi (muomaladagi pul miqdori) iqtisodiy hayotga iste’molchilar va firmalar sarf- xarajatlari orqali bevosita ta’sir ko’rsatadi. Pul taklifi o’sishi uning «arzonlashuviga» olib keladi (foiz stavkasi pasayadi). Kredit olish foydali hisoblanadi, investitsiya tovarlariga bo’lgan talab kengayadi. Kapital qo’yilmasining ortishi bilan yalpi ichki mahsulot ko’payib boradi, ish bilan bandlik ham oshadi. Pul taklifining ko’payishi bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishlar faqat miqdor ko’rsatkichlarida o’z ifodasini topmaydi. Mahsulotlarning bahosi oshib boradi, lekin ularning oshib borishi bir hil tarzda bo’lmaydi. Turli tovarlar guruhlari o’rtasidagi nisbatlar o’zgaradi. Taklif ishga tushadi: u oldin-arzon tovarlarga, undan so’ng yangi tovarlarga, keyinchalik xizmat ko’rsatishga o’tadi. Baholarning o’zgarishi tarkibiy o’zgarishlarga olib keladi, natijada esa o’zoq muddatli barqaror rivojlanish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Baholarning o’zini-o’zi tartiblab turishi va pullarning sotib olish qobiliyatining tenglashuvi natijasida pul sektori bilan tovar sektori o’rtasida zaruriy aloqa o’rnatiladi. Demak, monetaristlar pulning bosh funktsiyasi - iqtsodiy rivojlanishning moliyaviy asosi va muhim harakatlantiruvchi kuchi bo’lib xizmat qiladi degan qoidaga asoslanadi. Pul massasiing ko’payishi banklar tizimi orqali resurslarning tarmoqlar o’rtasida taqsimlanishiga ta’sir ko’rsatadi, texnika taraqqiyotiga «yordam beradi», iqtisodiy faollikni qo’llab - quvvatlashga imkon beradi. Pul dastaklaridan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Pul massasi bilan iqtisodiy o’sish o’rtasida muvozanat bo’lishi zarur. Shu bois M. Fridmen monetar qoidalarni qonun yo’li bilan belgilash taklifi bilan chiqdi, unga ko’ra pul taklifi har yili yalpi ichki mahsulot o’sishi mumkin bo’lgan sur’atda oshishi, ya’ni pul taklifi barqaror ravishda yiliga 3-5% ga ko’payishi lozim. Agar pul massasining o’sish su’ati yalpi ichki mahsulotning o’sish su’atidan past bo’lsa, unda qisqa muddatli davrda ishlab chiqarish pasayadi, lekin o’zoq vaqt o’tishi bilan iqtisodiy o’sish o’zining «tabiiy» holatiga keladi. M. Fridmen fikri bo’yicha, Buyuk turg’unlik davri eng avvalo federal rezerv tizimining (FRT) iqtisodiyotda pul miqdorining kamayib ketishini bartaraf etishga qurbi etmaganligi bilan bog’liq (fond bozorining sinishi va banklarning xonavayron bo’lishi sababli). Pul massasining etishmasligi esa talabga salbiy ta’sir ko’rsatdi, real 155 ishlab chiqarish hajmi esa pasayib bordi. Bu erda shu narsani aytish kerakki, monetaristlarning tanqidi behuda bo’lgani yo’q, u keyinchalik o’z foydasini ko’rsatadi. 1987 yil 17 oktyabrda fond bozori sinishi ko’zatildi. Ammo FRT va boshqa markaziy banklarning qat’iy hatti harakati tezda o’z samarasini berdi, rag’batlantiruvchi pul siyosati amalga oshirildi. Foiz stavkasi pasaydi, bu bank ishidagi sarosimani to’xtatdi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling