“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
«Xalq kapitalizmi».
Urushdan keyingi yillari institutsionistlar o’zlari oldin taklif qilgan «boshqaruvchilar inqilobi» va «jamoa kapitalizmi» kontseptsiyalarini davom ettirdilar. Mazkur kontseptsiyaga binoan hozirgi zamon g’arb mamlakatlarida hokimiyat ayrim shaxslar qo’lida emas, balki jamoalar, eng avvalo texnokratlar va menejerlar qo’lida bo’ladi. Bu mulkning juda ko’p mayda aktsionerlar o’rtasida bo’linib ketishi bilan va ishlab chiqarish jarayonining qiyinlashi bilan bog’liq. Institutsionalistlar tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy fandagi boshqa yo’nalish – iqtisodiy rivojlanish nazariyasidir. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiy o’sishning texnikaviy-xo’jalik omillariga (texnikaning rivojlanishi darajasi, ijtimoiy mahsulotdagi investitsiyalar ulushi va b.) qaratilgan. 40-yillari «xalq kapitalizmi» kontseptsiyasi shakllandi, unda XIX asr oxiridan boshlab kapitalistik tizimda yuz bergan o’zgarishlar qayd etiladi. Yirik korporatsiyalar va davlat tomonidan bozorning tartibga solinib turilishi bozordagi beqarorlikni va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozini bartaraf etishga imkon beradi. Aktsiyalarning keng tarzda tarqalishi yollanma ishchilarni kapital egalariga aylantiradi, bu hol asta-sekin kapitalistlar bilan yollanma ishchilar o’rtasidagi qarama-qarshilikka barham beradi. Davlatning faol qayta taqsimlash siyosati, keng aholi qatlamining mulkchilikda va kichik biznesda qatnashishi, yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlari tufayli umumiy farovonlik darajasining oshishi - bular hammasi sotsial guruhlar o’rtasidagi tafovutni yo’qotadi, sinfiy ixtilof asosini bartaraf etadi. Mazkur o’zgarishlar jamiyatning sotsial-psixologik holatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi va iqtisodiy rivojlanishga imkoniyat yaratib berdi. Bu xususida 164 R.Xeylbruner tasdiqlaganidek: «kapitalizm yangi tizim tufayli ancha diqqatga sazovor va hech qachon boshidan kechirmagan uzoq muddatli iqtisodiy o’sish yo’liga o’tdi… Ushbu tizim tufayli sanoati rivojlangan mamlakatlarda aholining keng qatlamini o’z ichiga olgan mislsiz rivojlanish qo’lga kiritildi». Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling