“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


J.K.Gelbreytning “Yangi industral jamiyat kontseptsiyasi”


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

2. J.K.Gelbreytning “Yangi industral jamiyat kontseptsiyasi”. 
Institutsionalistlar asta-sekin boshqa iqtisodiy maktablar talqin qila boshlagan 
iqtisodiy muammolarni tahlil qila boshladilar. Lekin bunda ular o’z tahlilini har xil 
siyosiy va sotsial madaniy institutlarni hisobga olgan holda olib bordilar. Asosiy 
e’tibor ijtimoiy samaradorlik va ijtimoiy xarajatlar tushunchasiga berila boshladi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin sof institutsionalizm bir oz susaydi, ammo Jon 
Kennet Gelbreyt (1909 yil tug’ilgan) asarlarida bir muncha o’zgargan shaklda 
qaytadan tiklandi. Uning «Yangi industrial jamiyat» nomli asosiy asari iqtisodiyotda 
«texnostruktura»ning tahlili va roliga bag’ishlangan. Texnostruktura deganda
J.K.Gelbreyt fikricha, texnalogiya, boshqaruv, moliya bo’yicha olimlarni, 
konstruktorlarni, mutaxassislarni o’z ichiga oluvchi jamiyat qatlamlari va umuman 
olganda, yirik korporatsiyalarning normal ishlashini ta’minlash uchun kerak bo’lgan 
barcha narsalar tushuniladi. 
J.K.Gelbreyt fikriga ko’ra, hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti hatti harakati 
murakkab texnikalarni ishlab chiqaruvchi yirik korporatsiyalar bilan aniqlanadi. 
Zamonaviy korporatsiyalarda real iqtisodiy hokimiyat kapital egalariga emas va hatto 
menejerlarga ham emas, balki texnalogik bilim egalari – texnostrukturaga tegishli 
bo’ladi. Texnostruktura vakillari ishlab chiqarish to’g’risida o’ziga xos professional 
bilimga va qaror qabul qilish uchun zarur bo’lgan axborotlarga ega. Albatta, rasmiy 
jihatdan muhim qarorlar, qoidaga ko’ra, kompaniyaning etakchi menejerlari – 
direktor va uning o’rinbosarlarining alohida huquqi hisoblanadi. Lekin barcha 
qarorlarni qabul qilish deyarli 100 foiz axborotlarga bog’liq. Axborotlar esa 
texnostruktura «nazorati» ostida bo’ladi. 
Texnostrukturaning hukmronlik qilish sababini J.K.Gelbreyt tarixiy 
o’xshashlik nuqtai nazaridan asoslab berishga harakat qiladi. Industrial jamiyatgacha 
bo’lgan davrda asosiy ishlab chiqarish omili er hisoblangan, negaki u ancha noyob 
resurs sifatida bo’lgan. Shuning uchun real hokimiyat er egalariga qarashli bo’lgan. 
Buyuk geografik kashfiyotlar va sanoat to’ntarilishi natijasida er resurslari o’zining 
noyoblik xususiyatini yo’qotadi va ishlab chiqarishning hal qiluvchi omili kapital 
kelib chiqadi. Hokimiyat kapital egalari qo’liga o’tadi. Zamonaviy jamiyatda eng 
noyob resurs – axborot, fan-texnika bilimi. Shuning uchun real hokimiyat 
texnostruktura qo’lida. 
T.Veblen o’z nazariyasida, texnokratiya jamiyatda oldingi qatorlarda bo’lish 
kerak deb aytgan bo’lsa, J.K.Gelbreyt esa, u amalga oshirildi deb tasdiqlaydi. 
162 


Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining barcha eng muhim hodisalarini 
J.K.Gelbreyt zamonaviy texnika taraqqiyotining to’g’ridan-to’g’ri va bevosita natijasi 
deb tushuntiradi. Texnika va texnalogiya, uning fikriga ko’ra, hozirgi zamon 
kapitalizmi uchun xarakterli bo’lgan yangi iqtisodiy belgilarni vujudga keltiradi. 
Ulardan eng muhimi rejalashtirishdir. Korporatsiyalarni boshqaruvchi texnostruktura 
ularning ish faoliyatini bir necha yil oldinga rejalashtiradi. Rejalashtirish va bitimlar 
tizimi (xom ashyo, asbob ukunalar, ilmiy va konstruktorlik ishlamalarni etkazib 
berish bo’yicha) barqarorlikni keltirib chiqaradi, raqobatni esa bartaraf etadi. Chunki 
reja raqobat bilan unchalik «chiqisha olmaydi». Shuning uchun hozirgi zamon 
iqtisodiyotida muttasil va har tomonlama korporatsiyalararo shartnomalar tuzuladiki, 
ular bozorning boshqarilib turilishini, barqaror bo’lishini ta’minlaydi. Stixiyali bozor 
va erkin raqobat faqat darsliklarda qolib ketadi, zamonaviy rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodiyoti esa, uzoq muddatli rejalashtirish asosida texnostruktura bilan boshqarilib 
turiladi. 
J.K.Gelbreyt o’zining keyingi asarlarida texnostrukturaga nisbatan tanqidiy 
fikrlarni aytgan. U infrastrukturani «bozor tizimini» eksplutatsiya qilishda (mayda va 
o’rta biznesni), davlat amaldorlari bilan qo’shilib ketishda, qurollanish ketidan 
quvishda, tabiiy resurslardan foydalanishdagi isrofgarchilikda, bozorga ta’sir 
ko’rsatishning monopolistik uslublarini qo’llashda ayibladi. Yirik korporatsiyalar 
davlat mashinasi bilan uzviy bog’langan va undan naf ko’radi: qulay buyurtmalarni 
va soliq imtiyozlarini oladi, raqobat kurashida siyosiy mexanizmdan foydalanadi. 
J.K.Gelbreyt davlat va jamiyat tomonidan texnostruktura faoliyati tartibga solinib 
turilishini qayd qilib o’tadi. 
U shuningdek mayda va o’rta tadbirkorlikni va sotsial texnostrukturani (uy-joy 
qurilishini, ijtimoiy transportni, tibbiy xizmatni, qishloq xo’jaligini, san’atni) 
davlatning qo’llab quvvatlashini talab qilib chiqdi. «Bozor tizimida» bahoni va ish 
haqini bevosita tartiblash, uning fikricha, tadbirkorlarda va ishchilarda kelgusidagi 
baho va daromadlarga bo’lgan ishonchini o’yg’otadi. Bu ishlab chiqarish va xususiy 
investitsiyalarning barqarorlashuviga olib keladi. Davlatning aralashuvi eng avvalo 
«bozor tizimi» zarar ko’radigan inflyatsiyani to’xtatish uchun ham zarur. Hukumat 
korporatsiyalar bilan nufuzli kasaba uyushmalarining o’zaro ta’sir ko’rsatish 
jarayoniga aralashuvi va yirik biznesdagi baho va mehnat haqi darajsini bevosita 
nazorat qilib turishi kerak. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling