ham, sotsializm ham ayni bir xil muammolarni hal qilishga, ularni hal etishning bir
xil uslublarini qo’llashga intiladi.
Konvergentsiya
texnikada, iqtisodiyotda, siyosatda, sotsial sohada kuzatiladi.
Ya.Tinbergan hozirgi paytda hech qaerda «sof kapitalizm» yo’q deb hisoblaydi. Bu
borada fikr yuritgan J.K.Gelbreyt texnika taraqqiyotini kapitalizm va
sotsializmning
yaqinlashuvi negizi sifatida ilgari suradi. U konvergentsiya
moyilligini yirik ishlab
chiqarishning o’sishida, jami talabning davlat tomonidan tartibga solinib turishi va
hakozolarda ko’radi. «Biz, - deb xulosa qiladi Gelbreyt, - go’yo turlicha bo’lgan
ikkita industrial tizimning konvergentsiyasi hamma eng
muhim sohalarda sodir
bo’layotganligini ko’rib turibmiz».
Iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solib turishni birinchi o’ringa qo’ygan
A.Bergson «har ikkala tizim unchalik xilma-xil emas va keyinchalik ular o’rtasidagi
tafovut yanada ko’proq kamayib borishi mumkin», deb yozadi.
Amerika sotsioligi P.Sorokin barcha asosiy yo’nalishlar bo’yicha
tabiatshunoslik va texnika, ijtimoiy fanlar, maorif, san’at, din,
nikoh va oila, iqtisodiy
tizim, ijtimoiy munosabatlar, siyosiy tizim sohalarida kapitalizm bilan sotsializmning
yaqinlashuvini targ’ib qildi. Uning fikricha, kapitalizm va sotsializmning o’zaro
konvergentsiyasi oqibatida ulardan farq qiladigan qandaydir oraliq jamiyat yuzaga
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: