“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

1. Monetarizm kontseptsiyasi. 
M.Fridmen va uning “monetar” 
nazariyasi. 
 
Monetarizm iqtisodiy ta’limotlar tarixida keng tarqalgan mashhur va nufuzli 
oqimdir. Bu oqimning atoqli namoyandasi Chikago universitetining professori, 
iqtisod sohasida Nobel mukofoti sohibi Milton Fridmen (1912) hisoblanadi. Hozirgi 
zamon monetarizmiga asos solgan, bir guruh iqtisodchilar qalamiga mansub bo’lgan 
«Pulning miqdoriy nazariyasiga oid tadqiqotlar» nomli asar 1956 yili M.Fridmen 
muharrirligi ostida chop etildi. Bernar Iv va Koll Jan-Kold ta’rifiga ko’ra, 
monetarizm (monetary - pul) – bu iqtisodiyotdagi tebranma harakatda pul hal 
qiluvchi ahamiyatga ega, deb tasdiqlovchi iqtisodiy fandagi oqim. Monetarizm – 
nafaqat pul to’g’risidagi ta’limot. Bu maktab vakillarining diqqat markazida pul 
kategoriyasi, pul-kredit dastaklari turadi; ammo ularni pul mexanizmi, bank tizimi, 
pul-kredit siyosati, valyuta munosabatlari shunchaki qiziqtirmadi. Monetaristlar 
ushbu jarayonlarni pul muassasasi bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi bog’liqlikni 
aniqlash uchun tadqiqot qildilar. Monetarizm keynschilar ta’limotiga muqobil 
nazariya sifatida yuzaga kelgan va erkin bozor iqtisodiyoti nazariyasi hisoblanadi. 
M.Fridmen – erkin bozor tarafdori. Uning tasdiqlashicha, erkinlik va xususiy 
tadbirkorlik o’rtasida ichki bog’liqlik mavjud. Faqat xo’jalik erkinligi sharoitida 
siyosiy erkinlikka, iqtisodiy samaradorlikka va tenglikka erishish mumkin. 
Iqtisodiyotda nima qilish kerakligini millionlab kishilardan ko’ra davlat 
amaldorlarining yaxshi bilishi dargumon, deydi M.Fridmen. Davlatning xo’jalik 
jarayonlarga aralashuvi iqtisodiyotning o’zini-o’zi tartiblash tizimini buzushga olib 
keladi. Shuning uchun davlat pul va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlagan 
holda, pul muomalasini nazorat qilish bilan cheklanmog’i lozim. 
150 



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling