“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

 
Pul bozori va foiz stavkasi. 
Keynscha modelda baholar o’zgaruvchan emas. Shuning uchun pul 
massasining ko’payishi ishlab chiqarish darajasiga baholarning o’sishi orqali emas, 
balki foiz stavkasi orqali ta’sir ko’rsatadi. Agar yangi klassiklar pul massasi 
makroiqtisodiy jarayonlarga faqat «to’g’ri» ta’sir ko’rsatish mexanizmini, Viksell - 
ham «to’g’ri» ham «egri» mexanizmlarini tadqiqot qilgan bo’lsalar, J.M.Keyns esa 
e’tiborni faqat «egri» mexanizmga qaratdi. 
Foiz stavkasi ikkita sababga ko’ra o’zgarishi mumkin: yo kishilarning o’z 
aktivlarining bir qismini pul shaklida ushlab turishga bo’lgan xohishiga nisbatan 
ularning psixologik kayfiyatidagi o’zgarish oqibatida (pulga bo’lgan talab egri 
chizig’ining siljishi), yoki pul massasining o’zgarishi natijasida (pul taklifi egri 
chizig’ining siljishi). Agar foiz stavkasi R1 darajada o’rnatilgan bo’lsa (3-rasmga 
qarang), unda uning R2 darajaga pasayishi faqat pulga bo’lgan talab egri chizig’i 
chapga (D2) siljigandagina, yoki pul taklifi egri chizig’ining o’ngga (S2) siljishi 
natijasida sodir bo’ladi. 
144 


R S1 R 
S2 
D2 D1 
R1 
R1
R2 R2 
M1 M2 M I1 I2

 
 
 
3-rasm 4-rasm 
Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib, pul taklifi miqdori foiz stavkasiga va 
demak, investitsiyalar hajmiga ham ta’sir ko’rsatadi deyish mumkin. Masalan, 
muomaladagi pul miqdorining M1 dan M2 ga o’sishi foiz stavkasini R1 dan R2 ga 
pasaytirdi va investitsiyalar darajasini I1 dan I2 ga oshirdi (4-rasmga qarang). 
Ammo foiz stavkasi juda past bo’lganda pulga bo’lgan talab mutlaqo elastik 
holatda bo’ladi, negaki odamlar barcha boshqa aktiv turlariga qaraganda naqd pulni 
afzal ko’radilar. J.Robinson bu vaziyatni «likvidlik tuzog’i» deb atagan. Bunday 
vaziyatda pul emissiyasi befoyda, negaki foiz stavkasini pasaytirish mumkin bo’lmay 
qoladi. Iqtisodchilar, J.M.Keynsning o’zi real hayotda likvidlik tuzog’ining amal 
qilish mumkinligiga ishonganmi yoki bunday vaziyatni mushohada (o’y – xayol) deb 
hisoblaganmi, xanuzgacha baxslashib kelmoqdalar. 
J.M.Keyns asarida likvidlik tuzog’ining ikki tushunchasini topish mumkin. 
Birinchidan, foiz stavkasi past bo’lganda (va demak, obligatsiya qiymati yuqori 
bo’lganda) qimmatli qog’ozlar bozori ishtirokchilari uning oshishini kutadilar 
(obligatsiyalar qiymatining pasayishini). Shuning uchun ular bugungi kunda qimmat 
obligatsiyalarni sotib olmaydilar va o’z aktivlarini likvidli shaklda saqlaydilar 
(chayqovchilik sababi). Ikkinchidan, past foiz stavkasi pulni qimmatli qog’ozlar 
ko’rinishida saqlash xatarini qoplamaydi va ehtiyotkorlik sababidan kelib chiqqan 
holda odamlar o’z jamg’armalarini xavfsiz bo’lgan naqd pul ko’rinishida ushlab 
turishni afzal ko’radilar. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling