1-jadval.
Milliy daromad (Y)
Iste’mol (C)
Jamg’arma (S)
0 100 200 300 400
50 100 150 200 250
-50 0 50 100 15
Ushbu vaziyatni grafik kurinishida aks ettirish mumkin. 1-rasmdagi to’g’ri
chiziq (C+I=Y) samarali talab va milliy daromad teng bo’lgan vaziyatni ko’rsatadi
(barcha daromad sarflanadi). C+I chizig’i samarali talab dinamikasini kursatadi.
Muvozanat E1 nuqtada yuzaga keladi. Bu nuqta Y1 milliy
daromad darajasiga mos
keladi. Tula ish bilan bandlikni ta’minlovchi milliy daromad miqdori esa Y2ga teng.
Iqtisodiyot o’zining ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasiga erishishi uchun C+I
egri chizig’i E2 nuqta darajasiga ko’tarilishi kerak.
C+I
S1
S+I=Y
S
E2
C+I
E2
E1
E1
I
Y1 Y2 Y Y1 Y2 Y
1-rasm
2-rasm
Bu vaziyatni jamg’arma – investitsiyalar grafigidan (2-rasm) ko’rish mumkin.
Milliy daromaddan avtonom bo’lgan investitsiyalar egri chizig’i va milliy daromad
darajasi bilan aniqlanuvchi jamg’armalar egri chizig’i E1 nuqtasida kesishadi.
Ijtimoiy mahsulotning keyinchalik yana ko’payishi jamg’armaning o’sishiga olib
keladi. Bundan tashqari J.M.Keynsning asosiy
psixologik qonuniga muvofiq,
daromadlarning o’sib borishi bilan jamg’armaga bo’lgan moyillik oshib boradi, ya’ni
milliy daromadning jamg’ariladigan qismi ko’payadi.
Investitsiyalar esa ishlab
chiqarish darajasiga bog’liq emas. Shuning uchun, iqtisodiyot E2
nuqta bilan
xarakterlanadigan vaziyatga tushub qolsa, unda jamg’arma
bilan investitsiyalar
o’rtasida bo’ladigan uzilish shunga olib keladiki barcha mahsulotlar realizatsiya
qilinmay qolishi mumkin. Bu ishlab chiqaruvchilarni
ishlab chiqarish darajasini
pasaytirishga majbur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: