“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

94 


Kapital va foyda. 
 
J.S.Mill jamg’arish natijasida vujudga keladigan mehnat mahsulotlari 
zahirasini kapital deb atagan. Ishlab chiqarish faoliyati kapital miqdori bilan 
chegaralanadi. Kapitalning har bir ko’payishi ishlab chiqarishning kengayishiga olib 
keladi. Uning fikricha, investitsiyaning asosi sifatida kapitalning tashkil topishi ish 
bilan bandlik doirasini kengaytirish imkoniyatini beradi va agar «boylarning unumsiz 
xarajatlari» hisobga olinmasa ishsizlikka barham berilishi mumkin. 
Ammo, J.S.Millning ta’kidlashicha, kapitalning rivojlan-ishiga boshqa 
cheklanishlar xos. Ularning biri- kapital daromadlarining kamayishidir. Uni J.S.Mill 
kapitalning me’yorli unumdorligining pasayishi sababli kelib chiqadi, deb 
tushuntiradi. Masalan, qishloq xo’jaligi mahsulotlari miqdorini ko’paytirish ushbu 
miqdor ekvivalentiga nisbatan ko’proq mehnat sarflash evazigagina bo’lishi mumkin. 
Boshqacha bo’lishi aslo mumkin emas. 
Umuman foyda to’g’risidagi savolni tushuntirib berishda J.S.Mill D.Rikardo 
qarashlariga asoslanadi. O’rtacha foyda normasining vujudga kelishi shunga olib 
keladiki, ya’ni foyda ishlatilayotgan kapitalga mutanosib bo’ladi, baho esa – 
xarajatlarga. «Sarf-xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lgan joyda 
foyda ham bir xil bo’lishi uchun, narsalar bir-biriga mutanosib tarzda ishlab chiqarish 
xarajatlari bo’yicha ayriboshlanishi kerak; ishlab chiqarish xarajatlari bir xil bo’lgan 
narsalar bir xil qiymatga ega bo’lishlari kerak, shuning uchun faqatgina bir xil 
xarajatlar bir xil daromad olib keladi». 
J.S.Millning yozishicha, rentaga o’xshagan, maxsus ko’rinishga ega bo’lgan 
foyda amal qiladi. Gap amalda nisbatan ustunlikka ega bo’lgan ishlab chiqaruvchi 
yoki savdogar to’g’risida boradi. Modomiki, uning raqobatchilari bunday ustunlikka 
ega emas ekan, unda «u mahsulot qiymatini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish 
xarajatlariga qaraganda kam xarajat sarflab bozorga tovar chiqarishi mumkin. Bunda 
ustunlikka ega bo’lgan kishi renta oluvchiga o’xshab ketadi». 
Foydaning vujudga kelish sababini J.S.Mill xuddi, A.Smit va D.Rikardoga 
o’xshab, tushuntiradi: «Foyda ayriboshlash natijasida emas…, balki mehnatning 
unumdorlik kuchi natijasida vujudga keladi… Agar mamlakatdagi barcha 
mehnatkashlar tomonidan yaratilgan mahsulot, ish haqi ko’rinishida mehnatkashlar 
iste’mol qiladigan mahsulotdan 20 foiz ko’p bo’lsa, unda bahoning qanday 
bo’lishidan qat’iy nazar, foyda 20 foizni tashkil etadi». 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling