“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

95 


 
Pul, kredit va savdo inqirozi nazariyalari. 
Pulning mohiyatini J.S.Mill pulning miqdoriy nazariyasi va foiz nazariyasidan 
kelib chiqqan holda tahlil qiladi. U bu bilan o’zini pulning miqdoriy nazariyasi 
tarafdori ekanligini ko’rsatadi. Bu nazariyaga muvofiq, pul miqdorining ko’payishi 
yoki kamayishi tovarlar bahosining nisbiy o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. Ammo, 
uning tasdiqlashicha, faqat birgina pul miqdorining ko’payishi bahoning oshishiga 
olib kelmaydi, agar pul zahirada saqlanayotgan bo’lsa yoki agar uning miqdorining 
ko’payishi oldi-sotdi miqdorining ko’payishiga (yoki yalpi daromadga) muvofiq 
kelsa. 
Foiz normasi ssuda fondiga bo’lgan talab va uning taklifi bilan aniqlanadi. 
Ssudaga bo’lgan talab investitsiyaga bo’lgan talabdan, davlat talabidan va unumsiz 
iste’mol uchun er egalari talabidan tashkil topadi. Ssuda taklifi jamg’armadan, bank 
biletlaridan va bank depozitlaridan tashkil topadi. Pulning miqdori o’zi foiz 
normasiga ta’sir ko’rsatmaydi, ammo pul miqdorining o’zgarishi foiz normasining 
o’zgarishiga olib keladi. 
Foyda normasidan qat’iy nazar, ssuda fondi talabi va taklifidagi o’zgarishalar 
sababli foiz normasi o’zgarib turiladi.
Ammo muvozanat nuqtasida foizning bozor normasi kapitaldan keladigan foyda 
normasiga tenglashishi kerak. Shuning uchun pirovard natijada foiz normasi real 
ta’sir etuvchi kuchlar bilan aniqlanadi. 
J.S.Mill foiz stavkasi miqdorini mamlakatga oltinning kirib kelishi va undan 
chiqishini boshqarib turuvchi «Yum qonuni»ning amal qilishiga bog’lab tushuntiradi. 
Uning ko’rsatib berishicha, mamlakatga oltinning kirib kelishi foiz normasini 
pasaytiradi, agar u baho oshishiga olib kelsa ham. Foiz normasining pasayishi 
bilanoq, qisqa muddatli kapitallar chet mamlakatlarga oqib o’tadi, bu esa valyuta 
kursini tenglashtiradi. Shunga muvofiq Markaziy bank hisob-kitob foizini oshirib va 
bu bilan bozor foizining o’sishiga yordam bergan holda, o’z zahiralarini himoya 
qilishi mumkin. Foiz normasining o’sishi xorijiy kapitallarni jalb qiladi, ichki 
veksellarga bo’lgan talab oshadi, ularni oltinga almashtirish qulay bo’ladi va valyuta 
kursida teskari o’zgarish yuz beradi. Natijada uning tengligi kelib chiqadi. 
J.S.Millning fikricha, inflyatsiya foiz normasini oshiradi. Bahoning oshishi 
qarzning real miqdorini pasaytiradi va shuning uchun debitorlarning foydasiga va 
kreditorlarning zarariga ishlaydi. 
So’ngra J.S.Mill kreditning tabiati va uning iqtisodiyotdagi rolini tadqiqot 
qilishga o’tadi. Bu erda J.S.Mill o’zini A.Smit va D.Rikardo g’oyalarini 
ommaviylashtiruvchi oddiy iste’dod egasi sifatida emas, balki chuqur o’ziga xos 
tadqiqotchi ekanligini namoyon etadi: «Kredit mamlakatning ishlab chiqarish 
resurslarini ko’paytirmaydi, lekin kredit tufayli ular ishlab chiqarish faoliyatida 
ancha to’liq ishlatiladi». Kredit manbai bo’lib ayni chog’da unumli iste’molda 
bo’lmagan pul shaklidagi kapital hisoblanadi. Foiz to’lash evaziga kredit beruvchi 
asosiy instrument sifatida depozitli banklar tashkil topadi. Bunda bank krediti bahoga 
taklifning o’sishi qanday ta’sir ko’rsatsa, xuddi shunday ta’sir ko’rsatadi. 
96 


Kredit to’lovga qobil talabni kengaytirgach va sub’ektlarning istaklariga ta’sir 
ko’rsatgach, savdo kon’yukturasini keskin o’zgartirib yuboradi. Qachonki baho 
oshishi kutilsa savdogarlar bundan foyda olishga bo’lgan o’z moyilliklarini namoyish 
etadilar. Agar bunda bahoning oshishi yuqori va uzoqqa cho’ziladigan bo’lsa, unda u
boshqa chayqovchilarni ham o’ziga tortadi. Ular tovarlar xaridini kuchaytiradilar, bu 
esa beriladigan ssuda miqdorini ko’paytiradi, bahoni oshiradi. Bir oz vaqt o’tgandan 
keyin bahoning o’sishi to’xtaydi va tovarlarni o’z qo’llarida ushlab turganlar foydani
realizatsiya qilish vaqti kelganini his qiladilar va ularni sotishga kirishadilar. Baho 
pasaya boshlaydi, tovar egalari katta zarar ko’rmaslik uchun bozorga shoshiladilar, 
bunday vaziyatdagi bozorda xaridorlar unchalik ko’p bo’lmaganligi sababli, baho 
oldin oshganiga qaraganda ancha tez pasayib boradi. 
Shunga o’xshagan bir oz tebranishlar kredit yo’q paytda ham bo’lib turadi. 
Ammo pul miqdori o’zgarmagan chog’da bir xil tovarlarga bo’lgan ajiotaj talab 
boshqa tovarlarning bahosini pasaytiradi. Lekin kreditdan foydalanilganda iqtisodiy 
sub’ektlar qo’shimcha pul manbaiga ega bo’ladilar. Bunday vaziyatda chayqovchilik 
barcha tovarlarni birdaniga qamrab olishi mumkin. Natijada savdo inqirozi kelib 
chiqadi. 
Savdo inqirozi uchun «chayqovchilikning jonlanishi ta’sirida oldin oshgan 
baholarning tez pasayib borishi tipik hol hisoblanadi. Baholar qaysi nuqtadan 
oshishiga boshlagan bo’lsa, shu nuqtagacha pasayishi mumkindek tuyuladi yoki 
iste’mol va taklif o’zini oqlaydigan darajagacha pasayadigandek bilinadi. Ammo 
ularning pasayishi ancha chuqur bo’ladi, negaki har bir kishi zarar ko’rayotgan 
paytda, ko’pchilik esa bankrotlikka uchragan davrda, hatto ishonchli va atoqli 
firmalar o’zlari o’rganib qolgan kreditni zo’rg’a olishlari
mumkin. Bunday vaziyat shuning uchun sodir bo’ladiki, hech kimda qarzga bergan 
mablag’ini o’z vaqtida qaytarib olishga ishonch bo’lmaydi. Favqulodda sharoitda 
bunga vahimachilik kelib qo’shiladi. Pul qisqa muddatga deyarli har qanday foiz 
to’lash sharti bilan qarzga olinadi, darhol pul to’lash sharti bilan tovarlarning 
sotilishidan ko’riladigan har qanday talofotga e’tibor berilmaydi. Demak, savdo 
inqirozi davrida baholarning umumiy darajasi shu qadar pasayadiki, oldingi 
inqirozgacha bo’lgan chayqovchilik davri mobaynida osha boshlagan darajadan ham 
past bo’ladi». O’z mohiyatiga ko’ra, bu iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta 
iqtisodiyotning pasayish dinamikasining pulli jihatlarining ifoda etilishidir.
Bu erda J.S.Mill S.Sismondi taklif qilgan iqtisodiy pasayish (inqiroz) 
tushunchasiga qo’shilmadi. Uning fikricha, inqiroz umumiy ortiqcha ishlab chiqarish 
natijasi hisoblanadi deyish, katta hatodir. «Bu faqat ortiqcha chayqovchilik xaridining
oqibatidir… Uning bevosita sababi kreditning qisqarishi hisoblanadi, bartaraf qilish 
vositasi esa – taklifni kamaytirish emas, balki ishonchni tiklashdir». Bu ma’noda 
J.S.Mill J.M.Keynsning o’tmishdoshidir. 
J.S.Millning tasdiqlashicha, konvertatsiyalashgan qog’oz valyutalar sharoitida 
oltinning chetga chiqib ketishi yuzaga kelishi sababli baholar uzoq vaqt oshishi 
mumkin emas. Biroq qog’oz pullar konvertatsiyalashmaganda (ularni oltinga 
almashtirish mexanizmi yo’q) baholarning oshishi chayqovchilik shov-
shuv(bum)ining kelib chiqishiga yordam berishi mumkin. U 1825 yilda inqirozga olib 
97 


keldi. Ammo keyingi 1847 yildagi inqiroz esa foiz stavkasining keskin o’sishi natijasi 
hisoblanadi. Savdo inqirozlari davrida «pul talabidan ko’ra,barcha tovarlarning 
ortiqchasi yuzaga keladi, ya’ni pul taklifi etishmasligi kelib chiqadi». 
J.S.Mill foiz stavkasining o’zgarib turishini batafsil ko’rib chiqadi. Jonlanish 
davrida kredit ko’payadi, foiz esa pasayadi. Pasayish davrida aksincha foiz stavkasi
oshadi. Ammo, qachonki bir necha yil inqirozsiz o’tsa, kapital qo’yish uchun esa 
yangi sohalar paydo bo’lmasa, qo’llanilishi kerak bo’lgan shu qadar ko’p bo’sh 
yotgan kapital jamg’ariladiki, bu foiz normasini ancha pasaytiradi. Ma’suliyati 
cheklangan aktsionerlik kompaniyalarning tashkil topishi, masalan, foizni oshiradi. 
Erkin kapital egalari ssuda bozorini to’ldirib turuvchi aktsiyalarni sotib olgach, 
«fondlardagi kapitalning bir qismini jalb qiladi va o’zlari o’sha fondlarning qolgan 
qismini olish uchun raqobatchiga aylanadi. Bu tabiiy ravishda foizning oshishiga olib 
keladi». 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling