3. Markscha iqtisodiy g’oyalarning tarixiy taqdiri.
Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan
biri sifatida iqtisodiy
ta’limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. Uning g’oyalari ko’pincha bevosita iqtisodiy
muammolar doirasidan chiqqan holda,
falsafiy, sotsialogik va siyosiy muammolar
bilan qo’shilib ketadi.
K.Marks 1818 yil 5 mayda Germaniyaning Trir shahrida tug’ilgan. Uning otasi
advokat, yahudiy bo’lib, 1824 yilda protestantlikni qabul qilgan.
Oilasi davlatmand,
madaniy oila bo’lgan. K.Marks Trir shahrida gimnaziyani tamom qilgandan keyin,
dastlab Bonndagi, so’ngra
Berlindagi universitetga kirdi, yuridik fanlarini, hammadan
ko’proq tarix va falsafani o’rgandi. 1841 yilda Epikur falsafasi to’g’risida
universitet
dissertatsiyasini topshirib, kursni bitirdi.
1842 yili K.Marks Bonnga ko’chib keldi va shu yilning oktyabrida «Reyn
Gazetasi»ning bosh muxarriri bo’ldi va Bonndan Kyolnga ko’chib o’tdi. 1843 yili
birdaniga bir qancha voqea sodir bo’ldi: u muxarrirlik qilgan gazeta yopildi,
nemis
baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga uylandi, Parijga ko’chib o’tdi.
Keyingi ikki yil (1844-1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariyani,
falsafani va
sotsialogiyani chuqur o’rganishning boshlanish davri bo’ldi. U G.Geyne, P.Prudon,
M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do’stlashdi.
K.Marks 1845-1848 yillari Bryuselda bo’ldi. O’sha yillari F.Engels bilan
hamkorlikni
davom ettirgan holda, uning bilan birga «Nemis idealogiyasi» va
«Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848 yili Germaniyaga Kyoln shahriga
keldi va «Yangi Reyn Gazetasi»ga rahbarlik qildi. U o’zining gazetasida 1849 yili
«g’llanma mehnat va kapital» asarini chop etdi. Shundan so’ng Germaniyadan surgun
qilindi va boshqa bu erga qaytib kelmadi. K.Marks
avval Parijga keldi, u erda bir oz
vaqt turgandan keyin Londonga borib umrining oxirigacha (1850-1883) shu erda
yashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: