“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
4. Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
102
4. Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi. K.Marksning asosiy ilmiy yutuqlaridan biri shundan iboratki, u ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyalar, ularni tashkil etuvchi elementlar, formatsiyalarning almashuv sabablari to’g’risida ta’limot yaratdi. U uch yirik (ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani) ijtimoiy taraqqiyot bosqichini ko’rsatib berdi. 1. Arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo’lgan jamoa. 2. Iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xususiy mulkchilikka asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish usuli. 3. Kommunistik formatsiya: kishining kishi tomonidan zulm va ekspluatatsiya qilinishi muammosini hal qiluvchi sinfsiz jamiyat. K.Marks ta’limotiga ko’ra, bir formatsiyadan ikkinchisiga o’tish sotsial inqilob orqali amalga oshadi, ya’ni «kapitalizm qobig’i portlaydi», eski ishlab chiqarish munosabatlari emirilib, sotsial tizimning yangi iqtisodiy bazisi shakllanadi. Agar industrial jamiyatning dastlabki bosqichlarida kapitalistik munosabatlar iqtisodiy o’sishni rag’batlantirsa, keyinchalik bu munosabatlar iqtisodiy o’sishning «kishaniga»aylanadi, zamon talabiga javob bera olmaydi. Uning nazariyasiga ko’ra kapitalizm halokatga yuz tutadi. Chunki u o’zining ichki ziddiyatlarini echishga qodir emas. Uningcha, kapitalizm o’rniga dolzarb muammolarni echa oladigan, sanoat tsivilizatsiyasi yutuqlaridan unumli foydalanish imkonini beradigan yangi, ancha takomillashgan jamiyat kelishi kerak. K.Marks ortiqcha ishlab chiqarish, ishsizlik va kambag’allikni stixiyali bozor iqtisodiyotining muqarrar hamrohi hisoblangan bo’lsa, kelajakda bo’ladigan ancha takomillashgan iqtisodiyot esa, ijtimoiylik asosida tashkil etilagan bo’lishi, yagona reja bo’yicha ishlashi kerak. Uning tasdiqlashicha bunday jamiyatda «oldindan ongli tarzda tuzilgan reja bo’yicha ijtimoiy ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun imkon tug’iladi». Shu narsani qayd qilib o’tish kerakki, kapitalizmning muqarrar halokati to’g’risidagi K.Marks dalillarida asosiy narsa jamiyatdagi sinflar o’rtasida daromadlar taqsimotining bozor printsipi buzilganligida emas, balki bu tizimning to’la ish bilan bandlikni ta’minlay olmasligi, mustamlakadagi ekspluatatsiyaga va urishlarga bo’lgan moyilligi hisoblanadi. U, sotsializm va kommunizmni ijtimoiy jihatdan ideal hisobladi, ularni noantagonistik kommunistik jamiyatning fazalari deb atadi. K.Marks nazariyasiga binoan, kommunizm – ishlab chiqarish vositalari bir butun umumxalq mulki hisoblangan, jamiyatning barcha a’zolari ijtimoiy jihatdan batamom teng bo’lgan sinfsiz tuzum. Ammo K.Marksning sinfsiz jamiyat ideallari tantanasiga bo’lgan qat’iy ishonchi, eng avvalo, klassik iqtisodiy maktabning sinflar nazariyasiga asoslanadi. U o’zini klassiklarning davomchisi hisoblagan holda, haqiqatan ham iqtisodiy o’sish muammosi bilan, xususan, farovonlikning va daromadlarning o’sishi, hamda daromadlarning mehnat, kapital va er egalari o’rtasida, ya’ni sinflar o’rtasida taqsimlanish muammosi bilan shug’ullandi. Lekin uning sinflar nazariyasidagi markaziy g’oya sinfiy kurash hisoblanadi. «Hozirga qadar o’tgan hamma jamiyatlar 103 tarixi, - deb yozadi K.Marks, – sinflar kurashi tarixidir. Hur va qul, patritsiy va plebey, pomeshchchik va krepostnoy, usta va xalfa, qisqasi zolim va mazlum o’rtasida doim antagonizm bo’lib keldi; ular har doim goh yashirin, goh ochiq bir- biriga qarshi kurash olib bordi; bu kurash har safar butun jamiyatni inqilob asosda boshqatdan qurish bilan yoxud kurashuvchi sinflarning umumiy halokati bilan tugadi». Markscha, o’zining kuchayib borayotgan ziddiyatlari bilan kapitalistik jamiyat ham istisno hisoblanmaydi: turmush darajasi muttasil pasayib boryotgan sanoat ishchilari sinfi kapitalizm «go’rkoviga» aylanib boradi. K.Marksning bashorati to’g’ri chiqmaganligini hayotning o’zi ko’rsatdi. Kapitalizm yangi real hayotga moslasha bildi va ancha yuqori iqtisodiy o’sishni ta’minlay oldi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling