“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

 
 
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish sxemasi. 
«Iqtisodiy jadvalga» yuqori baho bergan K.Marks, o’zining takror ishlab 
chiqarish sxemasini ishlab chiqdi. A.Smit, J.B.Sey ijtimoiy mahsulotni daromadlarga 
bo’lib (moddiy sarflarni mavhumlashtirgan holda) ko’rsatgan bo’lsa K.Marksda esa 
ijtimoiy mahsulot uch qismga bo’linadi: doimiy kapitalga (s) – moddiy sarflarga 
(amortizatsiya, xom ashyo, yoqilg’i va boshqalar qiymati), o’zgaruvchi kapitalga (v) 
– ishchi kuchini sotib olishga bo’lgan sarflar va qo’shimcha qiymatga(m). 
Takror ishlab chiqarish muammosini echib berishda K.Marks iqtisodiyotni ikki 
bo’linmaga bo’ladi. I bo’linma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, II 
bo’linma iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish. Keyin u oddiy va kengaytirilgan 
107 


takror ishlab chiqarish o’rtasidagi farqni ko’rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab 
chiqarish» o’zgarmas bo’lib, unda sof investitsiya nulga teng. Oddiy takror ishlab 
chiqarish bir xil hajmda, o’zgarmas bo’lib qolishi uchun qanday shartlar bo’lishi 
kerakg’ K.Marks buning uchun quyidagi shartlarni ko’rsatib beradi. Oddiy takror 
ishlab chiqarishda I bo’linmaning barcha mahsuloti har ikkala bo’linmadagi kapitalni 
qoplash uchun sarflanishi kerak: I (c+v+m)= Ic+IIc. Shu bilan birga II bo’linma 
mahsuloti ish haqi fondi plyus mulkdan keladigan daromadga – sof milliy mahsulotga 
teng (ekvivalent) bo’lishi kerak: II (c+v+m)=I (v+m)+II (v+m). Bu ikkala 
tenglamadan natijada I (v+m)=Ic kelib chiqadi, ya’ni I bo’linmaning sof mahsuloti II 
bo’linmada yil davomida iste’mol qilinggan kapitalni qoplash uchun zarur bo’lgan 
talab miqdoriga teng bo’lishi kerak. Agar I (c+v)>Ic bo’lsa, unda doimiy kapitalni 
qoplash uchun investitsiya sarflari miqdori amortizatsiya ajratmalaridan oshib ketadi, 
ya’ni sof investitsiya ijobiy bo’ladi. Lekin amortizatsiya jamg’armalari iste’mol 
qilingan kapitalni qoplashga ishlatilmasa ishlab chiqarishning pasayishi kelib chiqadi. 
Keltirilgan dalillar ancha puxta makroiqtisodiy o’zaro bog’liqlik borligini tasdiqlaydi. 
Keyin K.Marks kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahlil
qiladi. Uning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sxemasini fan-tarixidagi iqtisodiy 
o’sishning birinchi matematik modeli hisoblash mumkin. Lekin uning kamchiliklari 
yo’q emas. Xususan, u «kengaytirilgan takror ishlab chiqarish»ning bir tekisda 
rivojlanib borishining shartlarini aniq ko’rsatib bermagan. Bundan tashqari, u sur’at 
o’zgarmagan iqtisodiy o’sishni tahlil qiladi, bunday vaziyatda esa, o’sish Q (mahsulot 
miqdori)da hech qanday o’zgarish bo’lishini taqozo etmaydi. K.Marks ko’rsatib 
bergan iqtisodiy o’sishning zarur bo’lgan shartlari: I bo’linmaning milliy daromadi 
ushbu bo’linmadagi ishchi va tadbirkorlarning ehtiyojlarini qondirish uchun II 
bo’linmadan sotib olinadigan iste’mol buyumlaridan ko’p bo’lishi kerak – milliy 
daromadning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirishga ketadi, ya’ni I(v+m)>IIs. 
Shunday qilib, I bo’linmaning mahsuloti yil boshidagi har ikkala bo’linmaning ishlab 
chiqarish vositalariga bo’lgan talabidan ko’p bo’lishi kerak, ya’ni I(c+v+m)>Ic+IIc. 
Shunga muvofiq, jamiyatning barcha milliy daromadi iste’molga sarflanmaydi, ya’ni 
I(v+m)+II(v+m)>II(c+v+m). 
Takror ishlab chiqarishning bunday talqini ayrim masalalarga oydinlik 
kiritishda qo’llanishi mumkin. Lekin umuman olganda u shu qadar cheklanishlarga 
asoslanganki, bu undagi barcha dalillarni kuchsizlantiradi. g’piq iqtisodiyot; barcha 
mahsulotlar «normal bahoda» sotiladi; har ikkala bo’linmada kapital aylanish tezligi 
bir xil; faqat kapitalistlar jamg’aradi; texnika taraqqiyoti yo’q; real ish haqi doimiy; 
bir ishchiga bo’lgan real mahsulot doimiy va boshqalar. Bundan tashqari ikki 
bo’linmadan iborat bo’lgan model o’zgaruvchan real iqtisodiyotni tahlil qilishda 
ishonchli vosita hisoblanmaydi. Kapital hamda iste’mol buyumlarini yaratuvchi 
ko’pchilik tarmoqlar u yoki bu model kategoriyasiga to’la kirmaydi. Masalan, tosh 
ko’mir qazib olish, transport, ximiya. Buning ustiga, bunday tarmoqlar ichida kapital 
va iste’mol buyumlari
kategoriyalarga bo’linishi vaqti-vaqti bilan talab strukturasidagi o’zgarishga qarab 
almashib turiladi. Natijada kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning markscha 
shartlari deyarli o’z kuchini yo’qotadi. Shunday bo’lsada tenglama K.Marks tizimida 
108 


alohida rol o’ynaydi. U iqtisodiy o’sish bir tekisda borishi mumkin emasligi, ishlab 
chiqarishning tsiklli bo’lishi to’g’risida fikr yuritishga imkon beradi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling