“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

 
119 


 
Buyumlarni taqsimlash va ayirboshlash. 
Har xil ehtiyojlarni qondirish uchun buyumlar qanday taqsimlanishi kerakg’ 
Faraz qilaylik, bitta Z buyumning o’zi uchta – A, V va S ehtiyojlarni qondirishi 
mumkin. Bu erda A ancha muhim ehtiyoj, S esa unchalik ahamiyatli bo’lmagan 
ehtiyoj. Demak, ehtiyojlarning har birini qondirish uchun Z buyumi birligining 
me’yorli foydaliliklari har xil (mazkur sxema «Menger jadvali» deyiladi, 1-jadvalga 
qarang).
1-jadval 
A V S 
4
3 3
2 2 2 
1 1 1 
Faqat bitta Z buyum birligiga ega bo’lgach, odam uni A ehtiyojni qondirish 
uchun foydalanadi, negaki bu vaziyatda uning me’yorli foydaliligi eng yuqori – 4 
shartli birlikka teng. Z buyumning keyingi ikki birligi V va S ehtiyojlarni qondirishga 
ishlatiladi. Agar kishida 6 ta buyum birligi bo’lsa, unda ularning uchtasini u A 
ehtiyojni qondirishga ishlatadi, ikkitasini – V ehtiyojga, bittasini esa – S ehtiyojga 
ishlatadi. Bunda ehtiyojlarning umumiy qonqishi 16 shartli birlikka teng (barcha 
me’yorli foydaliliklarning yig’indisi). Bu erda shu narsani bilish qiyin emaski
buyumlarning boshqacha taqsimlanishi inson uchun ancha kam qimmatli bo’lardi. 
Shunday qilib, qandaydir bir buyum birliklari har xil e’htiyojlar o’rtasida ratsional 
taqsimlanganda me’yorli foydaliliklar baravarlashadi: 
MUa=MUb=MUs 
Bozorda tovarlarni xarid qilishda umumiy foydalilikni maksimallashtirish 
uchun ularning narxini ham hisobga olish kerak. Bunda xaridor qimmat tovar o’rniga 
arzonroq tovarlardan ko’proq olishi va bu bilan u xarid qilingan tovarlarning har 
biriga sarflangan har bir pul birligidan bir xil qoniqish hosil qilishi mumkin. 
Gossenning ikkinchi qonuni me’yorli foydaliliklarning baravarlashuvini ifodalaydi, 
ya’ni bu qonunga muvofiq bir pul birligiga olingan har bir tovarning me’yorli 
foydaliliklari tengligi amal qilishi kerak. Boshqacha aytganda, go’sht yoki baliq sotib 
olishga sarflangan har bir oxirgi pul birligi, o’z foydaliligi bo’yicha, makaron yoki 
kartoshka sotib olishga sarflangan oxirgi pul birligiga teng bo’lishi kerak. 
Iste’mol muvozanatining bunday shartini quyidagicha ifodalash mumkin: 
n
n
P
MU
P
MU
P
MU
P
MU
=
=
=
=
...
3
3
2
2
1
1

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling