“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Keynschilikning paydo bo’lishi. J.M.Keyns ta’limoti


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

1. Keynschilikning paydo bo’lishi. J.M.Keyns ta’limoti. 
Jon Meynard Keyns (1883-1946) - hozirgi zamonning buyuk olimi-
iqtisodchisi. Uning dunyoqarashi o’zi oldin bilim olgan, keyin o’qituvchilik qilgan 
Kembridj universitetida shakllandi. U bu erda ikkinchi bir atoqli olim Kembridj 
iqtisodiy maktabining asoschisi A.Marshall qo’lida ta’lim oldi. Ammo uning izidan 
bormadi, o’ziga xos yo’nalishda nazariya yaratdi. 
Birinchi jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda u pul muomalasi 
muammosiga alohida e’tiborni qaratdi va oltin standartni tartiblanadigan valyuta 
bilan almashtirish g’oyasini ilgari surdi. Bunday tadbirning amalga oshirilishi 
davlatning makroiqtisodiy jarayonga ta’sir ko’rsatish dastagiga ega bo’lish imkonini 
beradi. J.M.Keyns pul birligini mustahkamlashning ashaddiy tarafdori bo’lgan. U 
shunday yozadi: «Ulyanov Lenin kapitalistik tizimni yo’qotishning eng yaxshi usuli – 
bu inflyatsiya vositasida uning valyutasini obro’sizlantirish va kuchsizlantirish deb 
tasdiqlagan edi. Lenin mutlaq haq bo’lgan. Amal qilib turgan jamiyatni to’ntarishning 
bundan nozik va to’g’ri usul yo’q». 
Ingliz iqtisodchisi inflyatsiyaning «inflyatsiya solig’i» (pul qadrsizlanganda 
uning egasi o’z jamg’armasi qiymatining bir qismini yo’qotadi) va jamg’armaning 
kamayishi kabi salbiy oqibatlarini ajratib ko’rsatib berdi. Jamg’arma darajasining 
pasayishi pirovard natijada investitsiyaga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada 
«kapitalning kemirilishi» sodir bo’ladi. Surunkali inflyatsiya sharoitida ishlab 
chiqarish faoliyati bilan, ayniqsa uzoq muddatli investitsiya loyihalari bilan 
shug’ullanish, oddiy qilib aytganda, befoyda: pul juda sekin aylanadi va o’zining 
sotib olish qobiliyatini yo’qotadi. Shuning uchun chayqovchilik faol tadbirkorlik 
131 


faoliyati sohasiga aylanadi. U turli bozorlarda baholar o’rtasidagi farq hisobiga 
foydani ko’paytirishga imkon beradi. 
J.M.Keyns o’z tadqiqotlari asosida bir qator asarlarni nashr etdi. Ular 
«Ehtimollar to’g’risida traktat» (1921), «Erkin tadbirkorlikning tugatilishi» (1926), 
«Pul to’g’risida traktat» (1930) va boshqalar. Uning «Ish bilan bandlik, foiz va 
pulning umumiy nazariyasi» nomli asosiy asari 1936 yili chop etildi. 
J.M.Keyns ilmiy ishlar bilan birga faol amaliy va siyosiy faoliyat bilan ham 
shug’ullandi. U yirik sug’urta kompaniyasining raisi, investitsiya kompaniyasining 
boshqaruvchisi, «Iqtisodiy jurnal» muharriri, davlat chinovnigi, moliya vazirligining 
iqtisod bo’yicha maslaxatchisi lavozimlarida ishladi. 
Buyuk turg’unlik davrining boshidan boshlab J.M.Keyns iqtisodiy inqiroz va 
ish bilan bandlik savollari bilan yaqindan shug’ullana boshladi. 1929 yili u ishsizlik 
muammolari bo’yicha iqtisodiy kengash raisi etib tayinlandi. Ikkinchi jahon urushi 
yillari (1940) u Britaniya xazinachiligi maslahatchisi qilib tayinlandi. 1941 yil uni 
AQSh hukumati bilan lend-liza kelishuvi bo’yicha materiallarni va boshqa moliyaviy 
hujjatlarni tayyorlash uchun ingliz hukumati delegatsiyasi tarkibiga kiritdi. 1942 yil 
Angliya banki direktorlaridan biri etib tayinlandi. J.M.Keyns 1944 yil Xalqaro 
valyuta fondi va Tiklanish va rivojlanish xalqaro bankini tashkil etish rejasini ishlab 
chiqqan Bretton-Vud valyuta konferentsiyasiga o’z mamlakatining bosh vakili qilib 
tasdiqlandi. Keyin esa ushbu xalqaro moliyaviy tashkilotlarining boshqaruv 
a’zolaridan biri etib tayinlandi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling