“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
3-Rasm Qisqa muddatli muvozanat amal qilib turgan ishlab chiqarish quvvatlari hisobiga o’sgan talabni qondirish uchun taklifni ko’paytirish imkonini beradi. Agar bozorda baliqga bo’lgan talab bir necha kun davomida ancha yuqori bo’lsa, unda 127 baliqchilar qo’shimcha ishchi kuchi, oshiqcha to’r va boshqa anjomlar hisobiga baliq tutishni ko’paytirishga harakat qiladilar. Natijada taklif Q 1 dan Q 3 ga oshadi (4-rasm). Baho qanday bo’ladig’ U pasayishga intiladi (P3 P S E2 P 3 P 1 E0 D2 D1 Q 1 Q 3 Q 4-rasm Uzoq muddatli muvozanatda taklif talabning oshishiga moslasha oladi, negaki uning uchun vaqt etarli bo’ladi. Bu davr ichida ishlab chiqarish quvvatini, ishlab chiqarishni tashkil qilish uslubini o’zgartirish, yangi korxonalarni ochish, yangi texnalogiyalarni qo’llash mumkin. Sotuvchilarga ustama foyda keltiruvchi yuqori talab (D 2 egri chizig’i) va shunga muvofiq yuqori narx (P 4 ) uzoq muddat saqlanib turgan sharoitda baliqchilar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida ishlab chiqarish quvvatini kuchaytirishga kirishadilar (yangi baliq tutish kemalari, omborxonalar va boshqalar quriladi). Bu tarmoqqa yuqori daromad tufayli yangi ishlab chiqaruvchilar kirib keladi. Taklif (Q 3 dan Q 4 ga) ko’payadi, baho esa (P 3 dan P 4 ga) pasayadi (5-rasm). P E3 S R 4 R 1 E0 D2 D1 Q 1 Q 4 Q 5-rasm Bu erda A.Marshall shunday xulosaga keladi: qisqa muddatli davrda bahoni shakllantiruvchi asosiy kuch talab (negaki taklif o’zgaruvchan emas), uzoq muddatli davrda esa taklif hisoblanadi. Tovar qiymati qisqa muddatli davrda haqiqatan ham eng avvalo xaridorlarning hatti harakati bilan aniqlanadi (marjinalizm). Lekin uzoq muddatli davr mobaynida baho o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari miqdoriga yaqinlashadi va taxminan bir xil darajada bo’ladi (klassik maktab). Klassiklarning bu 128 nazariyasi faqat uzoq muddatli davr mobaynida to’g’ri amal qilishini ularning o’zlari ham yaxshi anglamaganlar va bu haqda o’z tadqiqotlarida qayd qilib o’tmaganlar. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling