“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
Talab va taklif. A. Marshall talab va taklif qonunini va shunga muvofiq bahoni tahlil qilishga alohida e’tiborni qaratdi. U tahlilni talabdan boshladi: «Sotilishi ko’zda tutilgan tovar miqdori qancha ko’p bo’lsa, unga qo’yiladigan baho shuncha past bo’lishi kerak, negaki u o’z xaridorlarini topa olsin... Baho pasayganda talab qilinadigan tovarlar miqdori ko’payadi, baho oshganda esa - kamayadi. Bunda bahoning pasayishi bilan talabning oshishi o’rtasida qat’iy o’rnatilgan bir xil nisbat bo’lmaydi». O’z mohiyatiga ko’ra A.Marshall me’yorli foydaliliklar tengligi qonuniga asoslangan holda, foydalilik funktsiyasidan talab egri chizig’ini keltirib chiqargan birinchi iqtisodchi hisoblanadi. U quyidagi ko’rinishda aks ettiriladi: MU x /P x =MU y /P y =…MU e Bunda MU x – x tovarning me’yorli foydaliligi, R x – usha tovarning bahosi, MU e – pulning me’yorli foydaliligi. Bu qonunni uch xil ekvivalentli shaklda ifodalash mumkin. Iste’molchi o’z ehtiyojini qondirishni maksimallashtiradi, agar u 1) xarid qilingan barcha tovarlarning me’yorli foydaliliklarini tenglashtirsa; 2) iste’mol qilinadigan har bir juft tovarning me’yorli foydaliliklari nisbatini va baholar nisbatini tenglashtirsa; 3) muayyan bozor narxida sotib olingan har bir tovar pul qiymatining me’yoriy foydaliligini tenglashtirsa. Iste’molchi muvozanatga erishdi, R x bahosi esa pasayapti, deb faraz qilaylik. Unda MU x >P x MU e , va muvozanatni qaytadan tiklash uchun x tovarni ko’proq sotib olish kerak bo’ladi, MU x miqdorini kamaytirish maqsadida. Haqiqatan ham, tovarning bahosi pasaysa iste’molchi uni sotib olishni ko’paytiradi, negaki bunday tovarning bahosi pasayganda iste’molchi bir so’mga har qanday boshqa tovarga qaraganda ushbu x tovardan ko’proq foydalilik oladi. Me’yorli foydalilikning pasayishi x tovarning xaridi ko’paygan sari MU x pasayishini kafolatlaydi. Demak, iste’molchi o’zining daromadlari va narx darajasiga qarab ehtiyojini doimo maksimal qondirishga intilgan sharoitda talab egri chizig’ining teskari nishobligi vujudga keladi. Bu dalil isbotlar shu narsani ko’zda tutadiki, x tovarning narxi pasayishi natijasida individning daromadi ko’paymaydi, buning natijasida MU x ning miqdori moslashish jarayoni davomida doimiyligi saqlanib qoladi. Lekin individ o’zining barcha xarajatlarining me’yorli foydaliligini yana tenglashtirishi bilanoq, uning real daromadi oshadi. Bu saqlanayotgan pul mablag’larining me’yorli foydaliligini pasaytiradi va shu bilan barcha tovarlarning, jumladan x tovarning ham xaridini ko’paytirishga olib keladi. Bunday sharoitda daromad samarasi ijobiy hisoblanadi va 125 biz x ga teskari nishabli va talabning daromadga bog’liq bo’lgan ijobiy nishabli talab egri chizig’iga ega bo’lamiz. Bundan tashqari, bu erda foydalilik funktsiyalarining additivligi 1 taqozo etiladi: individ sotib olayotgan har bir tovarning foydaliligi boshqa tovarlarning foydaliligiga bog’liq bo’lmaydi. Haqiqatda esa ularning o’rtasida bog’liqlik amal qilishi mumkin bo’lib, bunday bog’liqlik natijasida u - miqdori ko’payganda MU x kamayadi yoki ko’payadi. Bu tahlilni yana ham murakkablashtiradi. Agar yuqorida aytilganlarni grafik ko’rinishida ifodalasak, unda koordinatlarda (baho, tovar miqdori) Marshall «kresti» kelib chiqadi: pastga yo’naltirilgan D talab egri chizig’i bilan yuqoriga yo’naltirilgan S taklif egri chizig’ining kesishishi. D egri chizig’i iste’molchi uchun mazkur tovarning me’yorli foydaliligining pasayish qonunini ifodalasa, S egri chizig’i me’yorli xarajatlarning oshib borishini ifodalaydi. Ularning kesishgan nuqtasi muvozanat bahoni bildiradi va ushbu baho xaridorlar sotib olishni, sotuvchilar esa sotishni xohlaydigan tovar miqdorini aniqlab beradi. Bu ikki miqdor faqat muvozanat baho paytida bir biriga to’g’ri keladi. Qachonki taklif bahosi talab bahosi bilan tenglashsa muvozanat baho vujudga keladi. Rasmdagi P 1 – muvozanat baho. Ushbu bahoda sotuvchilar bir xil Q , miqdordagi tovarni sotishni xohlaydilar, xaridorlar esa sotib olishni; P 1 0 Q 1 Q Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling