“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
121 3. Yangi klassiklar. Avstriya, Kembridj va Amerika maktablarining yangi klassik yo’nalishining kelib chiqishdagi roli. Iqtisodiy tahlil qilishning yangi uslubi klassiklarning iqtisodiy erkinlik printsipini asoslab berishga imkon berdi. Marjinalistlar davlatning iqtisodiyotga aralashmaslik qoidasi bosh mezon hisoblangan iqtisodiy fanda yangi klassik yo’nalishning boshlanishiga asos soldilar. Yangi klassiklarning tasdiqlashicha, bozor mexanizmi xo’jalik jarayonlarini o’zi tartiblashga, ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasida muvozanat o’rnatishga qodir. Erkin bozorning o’zaro ta’siri asosida shakllanadigan munosabatlarga davlatning aralashuvi esa muvozanatning buzilishiga, iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yangi klassik yo’nalish vakillari xususiy tadbirkorlik va bozor imkoniyatlari uchun kurashdilar. A.Smit an’analarini davom ettirgan holda, yangi klassiklar universal iqtisodiy qonuniyatlarni keltirib chiqarishga harakat qildilar. Yangi klassik fan ikkinchi jahon urushigacha asosan uch ilmiy maktab doirasida rivojlandi: avstriya, lozana (matematik) va kembridj. Avstriya maktabi (birinchi avlodi – K.Menger, ikkinchisi – F.Vizer va E.Bem- Baverk, uchinchisi – L.Mizes va F.Xayek) vakillari shak shubhasiz iqtisodiy liberializm tarafdori bo’lganlar, uni tarixiy maktab va sotsialistlar bilan bo’lgan kurashda himoya qildilar. Ular iqtisodiy tadqiqotda matematik apparatlardan keng foydalanishga shubha bilan qaradilar va o’z kontseptsiyalarini og’zaki shaklda ifodalashni afzal ko’rdilar. Lozana maktabi vakillari (ularga L.Volrasdan tashqari V.Pereto, G.Kassel, V.Leontev kabi atoqli iqtisodchilar ham kiradi) aksincha matematik dastaklardan juda faol foydalandilar. Umumiy muvozanat nazariyasi – «lozanaliklarning» asosiy yutug’idir. «Angliyaliklar» (birinchi avlod – S.Jvons, F.Edjuort va A.Marshall, ikkinchisining eng atoqli vakili – A.Pigu, uchinchi avlod – J.M.Keyns va J.Xiks) «lozanaliklarga» o’xshab tahlil qilishning matematik usullaridan faol foydalandilar, garchi ularga o’z metodologik qurilmasida uncha katta o’rin ajratmagan bo’lsa ham. «Avstriyaliklardan» farqli o’laroq, ular bozor mexanizmini ideal hisoblamadilar va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi jarayoniga ancha bosiq munosabatda bo’ldilar. Agar Angliya maktabining dastlabki vakili S.Jvons sarfli qiymat nazariyasini tanqid qilgan bo’lsa, A.Marshall esa klassiklarning qiymat nazariyasi yutuqlarini (eng avvalo rikardochilarning) o’zining ilmiy kontseptsiyasida foydalana oldi. Amerika iqtisodchilari o’rtasida yangi klassik yo’nalish izdoshlari ko’p bo’lgan. Undan tashqari bu erda J.B.Klarek va I.Fisherga o’xshagan fan rahnamolari ish olib borgan. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarda «amerika maktabi» tushunchasini uchratish mumkin. Metodologik jihatdan «amerikaliklar» «kembridj-liklarga» yaqin turadi. Ba’zi mualliflarning yagona anglo – amerika yangi klassik maktabi to’g’risida gapirishi ham bejiz emas. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling