“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


J.M.Keynsning “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi”


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

 
2. J.M.Keynsning “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” 
asaridagi asosiy g’oyalar. 
 
Ko’pchilik iqtisodchilarning aytishicha J.M.Keynsning «Ish bilan bandlik, foiz 
va pulning umumiy nazariyasi» XX asr iqtisodiy fanida burulish yasadi va ko’p 
jihatdan hozirgi davrda ham mamlakatlar iqtisodiy siyosatni ifodalaydi. 
Uning bosh va yangi g’oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy munosabatlari 
takomillashgan va o’zini -o’zi tartiblab turuvchi tizim hisoblanmaydi va shuning 
uchun faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi ish bilan bandlikni maksimal 
oshirishi va iqtisodiy o’sishni ta’minlashi mumkin. 
Haqiqatan ham 1929-1933 yillardagi buyuk turg’unlik davri klassiklarning 
bozor iqtisodiyoti o’zini-o’zi tartiblovchi iqtisodiyot degan g’oyasi ayni sharoitda 
noto’g’ri ekanligini ko’rsatdi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvining zarurligi va 
uning yordamida iqtisodiyotni tartiblash mumkinligini ilmiy jihatdan asoslab bergan 
buyuk iqtisodchi J.M.Keyns hisoblanadi. 
 
 
 
1.3. O’rganish predmeti va uslubi. 
J.M.Keynsgacha bo’lgan iqtisodiy nazariyada xo’jalik jarayonlarini tahlil 
qilishning mikroiqtisodiy yondashuvi hukumronlik qilib kelgan. Firmalarning 
samarali amal qilishi bir butun iqtisodiyotning samarali amal qilishi bilan deyarli bir 
narsa deb qaralgan. Xo’jalik faoliyatini milliy iqtisodiyot darajasida tahlil qilish faqat 
pul massasi va bahoning umumiy darajasining o’zaro aloqasi muammosigagina kelib 
taqalgan, xolos. Buning ustiga e’tibor faqat uzoq muddatli jihtlarga qaratilgan. 
J.M.Keyns birinchi bo’lib makroiqtisodiy uslubni qo’lladi, ya’ni xalq xo’jaligi yalpi 
miqdorlari (ijtimoiy mahsulot, yalpi jamg’arma, jami investitsiya, jami iste’mol 
xarajatlari va b.) o’rtasidagi bog’liqlik va nisbatlarni tadqiqot qildi. Makroiqtisodiy 
uslub ayrim firmalarning rivojlanish sharoitlari bir butun iqtisodiyotning rivojlanish 
sharoitlari bilan mos tushmasligini taqozo etadi. 
133 


O’rganish predmeti va uslubiy jihatdan J.M.Keyns iqtisodiy ta’limotidagi 
novatorlik, birinchidan, ana shu mikroiqtisodiy yondashuvdan ko’ra makroiqtisodiy 
tahlilga ustunlik berishida, ikkinchidan, «psixologik qonunga» asoslangan holda 
«samarali talab» atalmish (talabning davlat tomonidan rag’batlantirilishi) 
kontseptsiyasini asoslab berishida o’z aksini topadi. 
J.M.Keyns o’z tahlilining boshlang’ich nuqtasi qilib ish bilan bandlik 
muammosini tanladi. Chunki ishsizlik o’sha paytda nihoyatda ko’paygan edi. U 
yuqori rivojlangan bozor iqtisodiyotida hayotiy zarur muammolar (shu jumladan ish 
bilan bandlik muammosi) echimini taklifdan emas, balki talabdan qidirish kerak 
degan xulosaga keldi. Aynan iste’mol buyumlariga va ishlab chiqarish resurslariga 
bo’lgan talabning kamligi bahoning pasayishini va taklifning qisqarishini keltirib 
chiqaradi, bu esa ish joylarining kamayishiga olib keladi. Yalpi talabning yalpi 
taklifdan orqada qolib ketishi – bu kapitalistik jamiyatning surunkali kasalligidir. 
Yalpi talab harakati va ijtimoiy mahsulot miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi 
bog’liqlik keynschilik tadqiqotinig markaziy ob’ektini tashkil etadi. 
Agar yalpi talab kamaysa, unda u ishlab chiqarishning pasayishiga va 
mehnatga bo’lgan talabning qisqarishiga olib keladi. Buning natijasida majburiy 
ishsizlik vujudga keladi. Nega talab taklifdan orqada qolib ketadi, jami xarajatlar va 
jami daromadlarning doimiy muvofiqligini ta’minlovchi Sey qonuni amal 
qilmaydimig’ 
J.M.Keyns modelida jamg’arma va investitsiya, yangi klassiklar 
tasdiqlaganidek, foiz stavkasining o’zgarishi tufayli emas, balki, eng avvalo, milliy 
daromadning tebranishi tufayli tenglashadi. Jamg’arma foiz stavkasiga qaraganda 
ijtimoiy mahsulot miqdoriga ko’proq bog’liq. Investitsiya esa milliy daromaddan 
avtonom tarzda bo’ladi. Shuning uchun jamg’arma va investitsiyalarning tengligi 
ishlab chiqarish resurslaridan to’liq foydalanishni va to’la ish bilan bandlikni 
ta’minlashi shart emas. J.M.Keyns buning ustiga bozor tizimining eng zaif bo’g’inini 
ko’rsatib berdi: investor iqtisodiyotda kelajakda bo’ladigan vaziyatni mo’ljallab qaror 
qabul qiladi, jamg’aruvchi qo’lga kiritilgan daromad darajasidan kelib chiqqan holda, 
ya’ni iqtisodiyotning avvalgi holatiga qarab ish yuritadi. Shu boisdan jamg’arma va 
investitsiyalarning bir-biriga mos tushmasligi amal qiladi. 
J.M.Keyns fikriga ko’ra, inqiroz paytida davlat yalpi talabni pul-kredit va 
byudjet siyosati vositasi yordamida tartiblab turishi kerak. J.M.Keyns, eng avvalo, 
xususiy investitsiyalarni rag’batlantirishga asosiy e’tiborni qaratdi. Yalpi talabni 
rag’batlantirish vositasiga u real ish haqining o’sishini to’xtatishni (bu investitsiyaga 
sarflanadigan foydani ko’paytiradi), ssuda foizi darajasini pasaytirishni (foiz qancha 
past bo’lsa, investitsiya shuncha ko’p bo’ladi), eksportni ko’paytirishni, davlat 
xarajatlarining o’sishini (shu jumladan noishlab chiqarish uchun ham) kiritdi. 
«Piramidalar qurilishi, er qimirlashi, hatto urushlar boylikni ko’paytirishga xizmat 
qilishi mumkin», - deb yozadi J.M.Keyns. 
Shu bilan birga u odamlarning iste’molga bo’lgan moyilligiga ham katta 
e’tibor beradi. Yalpi talabni rag’batlantiruvchi vositalardan biri kambag’allar 
(jamg’armaydiganlar) uchun soliqni kamaytirish, boylar uchun esa soliq stavkasini 
oshirish (bu jamg’armani kamaytiradi) hisoblanadi. Shu bilan birga u o’zining 
134 


o’sha davrdagi «inqilobiy» metodologik tadqiqotiga asoslangan holda
o’tmishdoshlaridan farqli o’laroq va hukumronlik qilib turgan iqtisodiy ko’z 
qarashlarga qarshi ishsizlikni kamaytirishning asosiy sharti sifatida davlat yordamida 
ish haqini pasaytirishga yo’l qo’ymaslikning zarurligini, shuningdek insonning 
jamg’armaga bo’lgan moyilligi tufayli iste’mol daromadlardan ancha sekin o’sishini 
tasdiqlab berdi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling