“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
Renta nazariyasi.
K.Marks renta to’g’risida nazariya yaratdi. Uningcha, renta erga bo’lgan mulkchilikni realizatsiya qilish shaklidir. Er maydoni cheklanganligi, uning er egalari qo’lida bo’lganligi sababli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosi o’rtacha erdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab emas, balki eng yomon erdagi ishlab chiqarish xarajatlariga qarab, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining o’rtacha sharoitga qarab emas, balki eng yomon sharoitga qarab belgilanadi. Bu baho bilan yaxshi erdagi (yoki eng yaxshi sharoitdagi) ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi farq differentsial rentani bildiradi. K.Marks differentsial rentani tahlil qilib, bu renta ayrim er uchastkalarining hosildorligi bir-biridan farq qilganda, erga sarf qilingan kapital miqdori bir-biridan farq qilganda hosil bo’lishini ko’rsatib berdi. Differentsial renta ikki shaklda – differentsial renta I va differentsial renta II shaklida mavjud bo’ladi. Ijtimoiy ishlab chiqarish bahosini belgilovchi eng yomon erdagi mahsulotlarning ishlab chiqarish bahosi bilan eng yaxshi va o’rtacha erdagi mahsulotlarning individual ishlab chiqarish bahosi o’rtasidagi tafovut differentsial er renta I ning negizi hisoblanadi. Erga qo’shimcha ishlov berish evaziga olinadigan renta differentsial renta II ni tashkil etadi. K.Marks differentsial renta bilan birga absalyut rentaning ham amal qilishini ko’rsatib beradi. U, absalyut rentaning paydo bo’lishini qishloq xo’jaligida kapital uzviy tuzilishining ancha past bo’lishi bilan va erga bo’lgan xususiy mulkchilik bilan bog’lab tushuntiradi. Birinchi omil tufayli, uning fikricha, qishloq xo’jaligi mahsuloti qimmati uning «ishlab chiqarish bahosidan» hamisha ustun bo’ladi, ikkinchi omil ta’sir kuchiga ko’ra esa, foyda normasini o’rtacha darajaga keltiruvchi «kapital oqimi» mexanizmi qishloq xo’jaligida amal qilishi mumkin emas. Binobarin, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining o’z ishlab chiqarish baholaridan (qo’shimcha qiymatning o’rtacha foydadan) ortiqchasi kapitalistlar o’rtasida taqsimlanmaydi (sanoatdagi kabi) balki dehqonchilikda qoladi va er egalari tomonidan absalyut renta shaklida o’zlashtiriladi. M.Blaugning yozishicha, markscha absalyut renta nazariyasi qimmatning (qiymatning) bahoga aylanishi kelib chiqadigan uning qimmat nazariyasi doirasidan tashqarida hech qanday kuchga ega emas. J.S.Mill va K.Marks ijodi U.Pettidan boshlangan klassik iqtisodiy maktabning yakunlanganligini bildiradi. Mazkur maktabning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: 112 1. Inson faqat o’z foydasiga, o’z ahvolini yaxshilashga intiluvchi «iqtisodiy odam» sifatida ko’riladi. Axloq, madaniyat, urf-odat va shu kabilar nazarda tutilmaydi. 2. Iqtisodiy bitimda ishtirok etuvchi barcha tomonlar qonun oldida ham, shuningdek uzoqni ko’zlab ish yuritishda ham erkin va barobar. 3. Har bir iqtisodiy sub’ekt har qanday bozordagi baho, foyda, ish haqi va renta to’g’risidagi to’liq ma’lumotga ega. 4. Bozor resurslarning to’la harakatini ta’minlaydi: mehnat va kapital bir zumda kerakli joyga oqib o’tishi mumkin. 5. Ish haqi bo’yicha ishchilar sonining elastikligi birdan kam emas. Boshqacha qilib aytganda, ish haqining har qanday oshishi ishchi kuchining ko’payishiga olib keladi, ish haqining har qanday kamayishi esa, ishchi kuchining kamayishiga olib keladi. 6. Kapitalistning birdan bir maqsadi kapitaldan keladigan foydani maksimallashtirish hisoblanadi. 7. Mehnat bozorida pulli ish haqi mutlaq moslushuvchan bo’ladi(mehnat bozorida uning miqdori faqat talab va taklif nisbati bilan aniqlanadi). 8. Boylikni ko’paytirishning asosiy omili kapital jamg’arilishi hisoblanadi. 9. Raqobat takomillashgan bo’lishi, iqtisodiyot esa davlatning haddan tashqari aralashuvidan erkin bo’lmog’i kerak. Bunday sharoitda «ko’rinmas qo’l» resurslarning optimal taqsimlanishini ta’minlaydi. 10. Kapitalizm o’rniga dolzarb muammolarni echib berishga, sanoat tsivilizatsiyasi yutuqlarini eng yaxshi shaklda realizatsiya qilishga imon beruvchi jamiyat keladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling