“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

Iqtisodiy determinizm. 
K.Marksning iqtisodiy nazariyasi uning sotsiologik ko’z qarashlari bilan
ayniqsa ijtimoiy rivojlanish kontseptsiyasi bilan bevosita bog’liq. Keyingisining 
shakllanishi jarayonida u uch asosiy ilmiy manbaga: Smit-Rikardoning ingliz klassik 
siyosiy iqtisodiga, Gegel-Feyrbaxning nemis klassik falsafasiga va frantsuz utopik 
sotsializmiga asoslanadi. Markscha ijtimoiy rivojlanish sxemasida markaziy o’rinda 
iqtisodiy determinizm («tarixni materialistik tushunchasi») turadi. K.Marks ijtimoiy 
rivojlanishga va uning tarixiga tadbiq etilgan determinizmning asosiy qoidalarini
«Siyosiy iqtisod tanqidiga doir» asarida quyidagicha aniq va to’liq ifodalab 
beradi: 
«Kishilar o’z hayotlarida ijtimoiy jihatdan ishlab chiqarishda muayyan, zarur
o’zlarining irodalariga bog’liq bo’lmagan munosabatlarda-ishlab chiqarish 
munosabatlarida bo’ladilar, bu munosabatlar ularning moddiy ishlab chiqaruvchi 
kuchlari taraqqiyotining muayyan bosqichiga muvofiq keladi. Bu ishlab chiqarish 
101 


munosabatlarining yig’indisi jamiyatning iqtisodiy tuzulmasini, real bazisini tashkil 
etadi, yuridik va siyosiy ustqurma shu real bazis ustiga quriladi hamda ijtimoiy 
ongning muayyan shakllari shu bazisga muvofiq keladi. Moddiy hayotni ishlab 
chiqarish usuli umuman hayotning ijtimoiy, siyosiy va ruhiy jarayonlariga sababchi 
bo’ladi. Kishilarning ongi ularning borlig’ini belgilamaydi, balki, aksincha ularning 
ijtimoiy borlig’i ularning ongini belgilaydi. Jamiyatning moddiy ishlab chiqaruvchi 
kuchlari o’z taraqqiyotining ma’lum bosqichida mavjud ishlab chiqarish 
munosabatlariga yoki – buning yuridik ifodasigina bo’lgan – mulkchilik 
munosabatlariga zid bo’lib qoladi; ular shu paytgacha mazkur munosabatlar bag’rida 
rivojlanib kelgan edi. Bu munosabatlar ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanish 
shakllaridan ularning kishaniga aylanadi. Ana shu vaqtda sotsial inqilob davri 
boshlanadi. Iqtisodiy asos o’zgarishi bilan butun bir g’oyat katta ustqurmada ham 
ozmi-ko’pmi tezlik bilan tub o’zgarish yuz beradi… Ayrim odam haqida uning o’zi 
to’g’risidagi fikriga qarab xulosa chiqarish mumkin bo’lmagani singari, bunday 
o’zgarish davri to’g’risida ham shu davrning ongiga qarab hukm chiqarish mumkin 
emas. Aksincha, bu ongning sababini moddiy hayot ziddiyatlaridan, ijtimoiy ishlab 
chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasida bo’ladigan 
ixtiloflardan topmoq kerak… Burjua ishlab chiqarish munosabatlari ijtimoiy ishlab 
chiqarish jarayonining so’nggi antagonistik shakli hisoblanadi,… lekin burjua 
jamiyatning bag’rida rivojlanayotgan ishlab chiqaruvchi kuchlari shu bilan birga bu 
antagonizmni echish uchun moddiy sharoit yaratadi». 
Demak, K.Marksning nazariy kontseptsiyasida ishlab chiqarish shakli o’zining 
maxsus xususiyatiga, o’zining ichki mantig’iga ega. Ishlab chiqarishning rivojlanishi 
bilan yangi munosabatlar kelib chiqadi. Ishlab chiqarish munosabatlari yig’indisi 
jamiyatning moddiy bazisini tashkil etadi, unga jamiyat ustqurmasi: huquq, 
idealogiya, siyosat, din va boshqalar bog’liq bo’ladi. Huquq, siyosat, din bazis 
tomonidan boshqarilib turiladi. Ishlab chiqarish omillari yig’indisi jamiyatning ishlab 
chiqaruvchi kuchlarini tashkil etadi. Industrial tizimi ishlab chiqaruvchi kuchlarining 
muhim elimenti deb, K.Marks ishlab chiqarish vositalarini, eng avvalo, mehnat 
qurollarini, mashina va asbob-uskunalarni hisoblagan. Jamiyatning ishlab chiqaruvchi 
kuchlarining rivojlanishi (ya’ni hozirgi zamon tushunchasida iqtisodiy o’sish) ishlab 
chiqarish munosabatlarining (yoki sotsial-iqtisodiy tuzumning) takomillashuvini 
taqozo etadi. U o’z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga faol aks 
ta’sir ko’rsatadi, iqtisodiy o’sishiga imkon berishi yoki to’sqinlik qilishi mumkin. 
Ijtimoiy organizmning ikki tomoni o’rtasidagi o’zaro aloqa juda murakkab, ko’p 
qirrali va ziddiyatlidir. Iqtisodiyot yagona aniqlovchi omil hisoblanmaydi. 
Jamiyatda amal qiluvchi sotsiologik qonunlar ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan 
ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi hamda ideologik va siyosiy ustqurma bilan 
bazis o’rtasidagi muvofiqlik printsipini ifodalab beradi. Bunday muvofiqlik 
printsipining amal qilishi iqtisodiy o’sishga olib keladi, ishlab chiqarish 
munosabatlarining iqtisodiy o’sishiga to’sqinlik qilishi esa bunday printsipning 
buzulganligini bildiradi. Shu boisdan, K.Marks fikricha, ular ijtimoiy taraqqiyot 
dialektikasiga muvofiq o’z o’rnini boshqa progressiv ishlab chiqarish 
munosabatlariga bo’shatib berishi kerak. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling