“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy talimotlar tarixi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. J.S.Millning iqtisodiy ta’limoti metodologiyasi.
Muammoli savollar: Nima uchun J.S.Mill klassik iqtisodiy maktabni yakunlovchisi hisoblanadig’ Milli boylik tushunchasini qanday izohlagang’ Mill kapital tushunchasini to’g’ri ifodalay olganmig’ Pul. Kredit va savdo to’g’risidagi Mill fikrini qanday baholash mumking’ Nima uchun K.Marks ta’limoti o’z davridayoq qarishlikka duch kelgang’ Markenning asosiy xatosi qaerda ko’proq namoyon bo’ladig’ Kapitalistni asosiy maqsadi nimadan iboratg’ Marks ta’limotidan bozor iqtisodiyoti sharoitida foydalanish mumkinmig’ 1. J.S.Millning iqtisodiy ta’limoti metodologiyasi. Jon Styuart Mill (1806-1873) klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri hisoblanadi. Uning otasi Jeyms Mill iqtisodchi, D.Rikardoning yaqin og’aynisi bo’lib, o’g’lining tarbiyasi bilan jiddiy shug’ullangan. Shuning uchun Millga o’n yoshidayoq jahon tarixini, grek va latin adabiyotlarini ko’rib chiqishga to’g’ri kelgan. O’n uch yoshida u bir vaqtning o’zida falsafa, siyosiy iqtisod va boshqa fanlarni o’rganishni davom ettirgan holda Rim tarixini yozib chiqqan. J.S.Mill o’zining siyosiy iqtisod bo’yicha birinchi «Tajriba»sini 23 yoshida, ya’ni 1829 yil nashr etdi. 1843 yili unga shuhrat keltirgan «Mantiq tizimi» nomli falsafiy asari vujudga keldi. Asosiy asari beshta kitobdan iborat «Siyosiy iqtisod asoslari…» bo’lib, u 1848 yili chop etilgan. J.S.Mill bu asarida klassik maktabning juda ko’p kontseptsiyalarni rivojlantirdi va umumlashtirdi. Baho o’zgarishining talab miqdoriga bo’lgan ta’sirini (hozir bu yo’nalish talab elastikasi nazariyasi deyiladi), bozor muvozanatini o’rnatish mexanizmini, kredit operatsiyalarini, xalqaro savdo muammolarini, bozor iqtisodiyotida davlatning rolini tahlil qilishi J.S.Millning asosiy ilmiy xizmatlaridan hisoblanadi. J.S.Mill siyosiy yiqtisodni boylikning mohiyatini, uni ishlab chiqarish va taqsimlash qonunlarini tadqiqot qiluvchi fan sifatida ta’riflaydi. Shu bilan birga, 92 uning fikricha, taqsimot tarixiy xarakterga ega bo’lib, ishlab chiqarish qonunlari esa abadiy hisoblanadi. Ko’pchilak mutaxassislarning fikriga ko’ra, iqtisodiy fanning metodologiyasini takomillashtirish J.S.Millning asosiy xizmati hisoblanadi. U nazariy xulosalar faqat muayyan sharoitda to’g’ri bo’lishidan kelib chiqqan holda, har qanday nazariy sxemaning nisbiyligini doimo ta’kidlagan va ko’p omilli tahlilning zarurligini ko’rsatib bergan. Tadqiqot metodi J.S.Millning tavsiyasiga ko’ra, ikki asosiy narsaga asoslanadi: 1) xulosa va yakun, odatda, faqat muayyan sharoitda to’g’ridir; 2) ular har tomonlama (universal) bo’lishi mumkin emas. Iqtisodiy hayotda bitta emas, balki juda ko’p sabablar amal qiladi. Ularni anglash, asosini ajratib olish juda qiyin, lekin shunday bo’lsada ularni qo’shish emas, balki sabab va oqibatini bir-biridan ajrata bilish lozim. Iqtisodiy fanni rivojlantirish va boyitish – bu xulosalarni doimo almashtirib turish hamda sxema qabul qilishda (rasmiy tan olingan) qo’l kelmaganlarini uloqtirib tashlash emas, balki o’zgarib turuvchi sharoitlarni va o’zaro aloqalarning doimo hisob-kitob (uchyot) qilib turishdir. Bu turli kontseptsiya va qarashlarni, yondashuv va tavsiyalarni taqqoslash, bilimlarning meros bo’lib qolishligini saqlab qolishdir. J.S.Mill siyosiy iqtisodni iqtisodiy qonunlar to’g’risidagi fan sifatida tadqiqot etadi. U raqobat qonunini, talab va taklif qonunini, differentsial renta qonunini, xalqaro savdo qonunini va boshqa bir qator qonunlarni ajratib ko’rsatib berdi. Siyosiy iqtisod tayyor qoida yoki tamoyillar yig’indisi sifatida qaralishi mumkin emas. Amaliy qoidalar va konkret tavsiyalar nazariy qoida va xulosalarga asoslangan bo’lishi kerak. Ular sharoit va vaziyat o’zgarishi bilan o’zgarib turiladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling