“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/113
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1790375
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   113
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi-1

 
 
Bu erda: MU – ayrim tovarlarning me’yorli foydaliligi;
P – ularning narxi. 
Shunday qilib turli tovarlarning me’yorli foydaliliklari tenglashadi. Agar 1 kg 
apelsin 100 so’m, 1 kg ananas esa 300 so’m tursa, unda ananasning foydaliligi 
120 


apelsinning uch karra ko’paytirilgan foydaliligiga teng. Shunday taqqoslashga 
muvofiq bozorda alohida tovarlarning narxlari o’rnatiladi, nisbatlar shakllanadi
nisbiy narxlar tashkil topadi. Natijada pul birligiga olinadigan har bir tovarlarning 
me’yorli foydaliliklari tengligi kelib chiqadi. 
 
Ijtimoiy me’yorli foydalilik. 
Bozorda har bir sub’ekt o’ziga keragidan ortiqcha tovarlarini (sub’ekt uchun 
me’yorli foydaliligi nisbatan katta bo’lmagan) sotish va o’zi ehtiyoj sezgan tovarni 
(uning me’yorli foydaliligiga nisbatan yuqori) sotib olish yuzasidan ish yuritadi. 
Kishilarning manfaatlari to’qnashadi va iste’molchilar bilan sotuvchilarning sub’ektiv 
baholashi yagona ijtimoiy qiymatni keltirib chiqaradi. Agar bozorda faqat bitta 
sotuvchi (uning uchun sotilayotgan tovarning me’yorli foydaliligi, masalan, 100 pul 
birligiga teng) va bitta (300 pul birligiga teng) xaridor bo’lsa, unda narx 100 dan 300 
gacha bo’lgan chegarada tebranib turadi. Lekin bozor ishtirokchilari qancha ko’p 
bo’lsa, bozor qiymati chegarasi imkoniyatlari shuncha kam bo’ladi (Edjuort 
teoremasiga muvofiq). 
E.Bem-Baverk o’nta xaridor va sakkizta sotuvchi qatnashadigan ot bozorini 
misol qilib keltiradi. Har bir xaridor o’zining yuqori narx chegarasiga ega («undan 
qimmatiga olmayman»), har bir sotuvchi esa - quyi narx chegarasiga («undan kamiga 
sotmayman»). 2-jadvalga qarang. Bir ot uchun belgilangan narx 120 pul birlik 
bo’lganda bozorda 10ta xaridor va 2 tagina sotuvchi qoladi. Bunda talab taklifdan 
oshib ketadi va narx albatta ko’tariladi (xaridorlar o’r
tasida raqobat natijasida). 
Xaridorlar 
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 
Qimmat bo’l-
masin (pul 
birligidan) 
300 280 260 240 220 210 200 180 170 150 
Sotuvchilar 
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 
Arzon bo’l-
masin (pul 
birligidan) 
100 110 150 170 200 215 250 260
Agar narx, masalan, 250 pul birligi darajasida o’rnatilsa, unda bozorda 7 ta 
sotuvchi va 3 tagina xaridor qoladi. Taklif talabdan oshib ketadi. Endi sotuvchilar 
o’rtasida raqobat kelib chiqadi, ular narxni pasaytira boshlaydilar. Narx 215 pul 
birligidan sal pastga tushishi bilanoq, bu erda sotuvchilar bilan xaridorlar soni 
tenglashadi (oltitaga oltita). 
Shunday qilib, bunday bozorda bir otning narxi 210 va 215 pul birilgi o’rtasida 
o’rnatiladi. Ana shu narx, faraz qilaylik, 212,5 pul birligi, mazkur bozordagi pul 
birligiga nisbatan otning me’yorli foydaliligini ifodalab beradi: bu narxdan kamiga 
hech kim sotmaydi, bu narxdan yuqorisiga hech kim olmaydi. Ana shu ijtimoiy 
me’yorli foydalilikdir. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling